Urganchlik yosh oila a’zolari — [Azamat Sultonnazarov] va uning turmush o‘rtog‘i ^^Gulnoza Ro‘zmetova^^lar yaqinda shaharning Namangan ko‘chasidagi ko‘pqavatli uydan shinam xonadon sotib oldilar.
— O‘z uyimiz bo‘lishini orzu qilib yurgan edik. Prezidentimizning yoshlarga e’tibori va g‘amxo‘rligi tufayli orzuimiz ushaldi, - deydi ^^Gulnozaxon^^ quvonchini yashira olmay. - "Sanoatqurilishbank" aksiyadorlik-tijorat bankining Xorazm mintaqaviy filialiga ipoteka krediti so‘rab murojaat qildik. Arizamiz ijobiy hal bo‘ldi. Bizga 25 million so‘m miqdorida kredit ajratildi. Ana shu hisobdan uy-joyli bo‘ldik. Uy to‘yimizga yig‘ilgan qarindosh-urug‘lar biz, yoshlarni otalarcha qo‘llab-quvvatlayotgan Yurtboshimiz haqqiga qayta-qayta duolar qilishdi. Biz bugun juda baxtlimiz…
Bunday xursandchilik so‘zlarini bugun ko‘plab yosh oilalardan eshitish mumkin.
Prezidentimizning 2007-yil 18-maydagi "Yosh oilalarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Farmoni, chindan ham, mamlakatimiz yoshlari hayotiga katta quvonch olib kirdi. Jumladan, Xorazm viloyatidagi tijorat banklari davlatimiz rahbari- ning mazkur Farmonida belgilangan vazifalarni bajarishda faol qatnashmoqdalar. 2007-yilning o‘zida biz yuqorida eslagan "Sanoatkurilishbank" aksiyadorlik-tijorat bankining Xorazm mintaqaviy filiali moliyaviy yordamida 145 ta yosh oila yangi uylarga ko‘chib o‘tdi. "Yoshlar yili"da esa yana 152 ta yosh oila ana shu bankning ipoteka kreditlariga muyassar bo‘ldi. Tez kunlarda viloyatda navbatdagi 3 ta 32 ta xonadonli ko‘p qavatli uy foydalanishga topshiriladi. Shuningdek, viloyatda qariyb 200 nafar yosh o‘qituvchi- ning oilasiga yakka tartibda uy-joy qurishlari uchun yer uchastkalari ajratilib, ushbu bank filiali bu yosh o‘qituvchilarning uy-joyi qurilishiga ham yordam qo‘lini cho‘zdi.
Umuman Prezidentimizning yosh oilalarga doir Farmoni topshiriqlarini bajara borib, o‘tgan bir yarim yil ichida xorazmlik yoshlarga 1044 ta iste’mol kreditlari, 691 ta yosh oilaga ipoteka kreditlari ajratildi.