🔍

Article

OLMOQNING BERMOGʻI BOR

By Qudratilla NAJMIDDINOV, «Xalq so‘zi» muxbiri. • in 2009

Kundalik turmushimizda elektr energiyasining o‘ziga xos o‘rni bor. Xonadonimizni charog‘on, hayotimizni farovon qilayotgan, bir qarashda, ko‘zga tashlanmaydigan ne’mat har birimiz uchun birday qadrli. Afsuski, uni ishlab chiqarish, iste’molchilarga yetkazib berish bilan bog‘liq jarayon juda katta mehnat va mablag‘ talab etishini ko‘pincha o‘ylab ko‘rmaymiz. Aytaylik, foydalanilgan energiya uchun to‘lov o‘z vaqtida amalga oshirilyaptimi?

— So‘nggi paytlarda mazkur savolga ijobiy javob qaytarish ancha qiyin bo‘lib qoldi, — deydi “Namangan elektr tarmoqlari” ochiq aksiyadorlik jamiyati bosh direktori [To‘xtaboy Mullajonov]. — Chunki ulgurji iste’molchilarimiz, shuningdek, aholining ayrim qatlamlari orasida to‘lov intizomiga rioya qilmayotganlar hamon uchrab turibdi. Masalan, *^gan yilning o‘n bir oyi davomida iste’molchilarning buyurtmalariga asosan 104 083,5 million so‘mlik elektr energiyasi yetkazib berildi. Lekin o‘zaro hisob-kitoblardan ko‘ngil to‘lmaydi: umumiy debitorlik qarzlari yuqori. Aniqrog‘i, 2008-yil 1-dekabr holatiga ko‘ra, uning miqdori viloyat bo‘yicha 51629 million so‘mni tashkil etdi. Qarzdorlikning o‘sish iga ko‘proq kim sababchi bo‘lyapti? Ta’minotchilar bu masalada doimiy monitoring o‘rnatishgan va ahvolni jiddiy tahlil qilib borishadi. Tabiiyki, ikki tomonlama manfaatdorlik doirasida tuzilgan shartnomaga muvofiq, to‘lov intizomi buzilgan paytlarda keskin choralar ko‘rishga to‘g‘ri keladi. Ammo ayrim iste’molchilar bundan o‘zlariga yetarli saboq chiqarishmaydi. Chunonchi, viloyatdagi fermer xo‘jaliklarining elektr energiyasidan qarzi yil boshidagiga nisbatan 3053,4 million so‘mga ortdi. Yil yakunlangan bo‘lishiga qaramay. ular bu haqda o‘ylab ko‘rishgani ham yo‘q. Yoki “Cuvoqova” birlashmasi energiya ta’minotchilaridan 1734,7 million so‘m qarzdor. Muntazam ogohlantirishlar. hatto huquqiy idoralar aralashuviga qaramay, bu miqdorni kamaytirish qiyin kechyapti. To‘g‘ri, bir qator tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida noyabr oyida ko‘rsatilgan xizmatga nisbatan umumiy to‘lovlar miqdori 75,2 foiz, iste’molchi aholi bo‘yicha esa 100,5 foizni tashkil etdi.

Biroq bu — to‘lovlar masalasining bir jihati, xolos. Ayrim iste’molchilar o‘rtasida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari ham kuzatilmoqdaki, buni qanday izohlashga o‘ylanib qoladi kishi. Ay-taylik, o‘tkazilgan reydlar davomida 174 ta korxona, 656 ta xonadonda qonunbuzarlik holatlari aniqlandi.

Misollarga murojaat qilsak, Namangan shahrining [Temur Malik] ko‘chasi- da yashovchi [F. Abdunazarov] xonadonida moy ishlab chiqarish dastgohini ruxsatsiz va hisoblagichsiz tarmoqqa ulab, bemalol ishlatishayotgan ekan, Bu xatti-harakati uchun undan 1,6 million so‘m jarima undirib olindi. Kosonsoy shahridagi dehqon bozori hududida esa 10 ta savdo shoxobchasida energiyadan hisoblagichsiz, ya’ni o‘g‘rincha foydalanilayotganligi ayon bo‘ldi, Shunday beboshlikka Chortoq shahridagi “^^Dilbar^^" dorixonasi, Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi xususiy tadbirkor [R. Shodmonov] faoliyatida ham yo‘l qo‘yilganiga nima deysiz? Qonun barchaga barobar. Taassufki, energiya ta’minoti tizimining o‘zida ham ayrim nopok kimsalar uchrab qolayotgani achinarli- dir. Jumladan, Mingbuloq tumani elektr tarmoqlari tekshiruvchisi [X. Qurbonov] iste’molchilarning 50 ming so‘m mablag‘ini o‘zlashtirib yuborganligi uchun u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinib, ishi prokuraturaga havola etildi. Uning uch nafar hamkasbiga ham shunday chora qo‘llanildi. Davlatobod elektr tarmoqlari xodimi [A. Abdullayev] esa xususiy tadbirkor [M. Abdullaxonov]ning muzqaymoq sexi transformatoriga o‘rnatilgan maxsus saqlagichni uzib qo‘yganligi uchun o‘z lavozimidan bo‘shashiga to‘g‘ri keldi.

— Qish mavsumi boshlandimi, iste’molchilarning ko‘pchiligi nostandart isitish moslamalaridan foydalanishga kirishadi, — deydi aksiyadorlik jamiyati bo‘lim boshlig‘i [A. Ziyoyev].

— Vaholanki, katta quvvatga mo‘ljallangan bunday asboblar xavfliligidan tashqari, transformatorlarning zo‘riqishiga olib keladi. Xodimlarimiz tomonidan o‘tkazilgan reydlar davomida 622 ta nostandart isitish asbobi, 429 ta chulg‘am, 148 ta TEN olib qo‘yilib, ulardan foydalanayotgan 1553 iste’molchi ogohlantirildi.

Vazirlar Mahkamasining "Elektr energiyasidan foydalanganlik uchun hisob-kitob mexanizmini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori talablarining ijrosi nafaqat energetiklar, balki keng jamoatchilik kuchi bilan ta’minlanishi hammamizga ayon. Namangandagi tizim mehnatchilarining bu borada ko‘pchilikka tayanib, joylarda tushuntirish ishlarini keng yo‘lga qo‘yganining boisi ham shundan. Ular energiya ta’minotida ortiqcha uzilishlarning oldini olish bilan birga, o‘zaro hisob-kitoblarni takomillashtirish yuzasidan bir qator tadbirlarni amalga oshirmoqdalar. Bu debitorlik qarzlarini kamaytirish, tizimning moliyaviy holatini barqarorlashtirishga munosib hissa bo‘lib qo‘shilishi turgan gap.

Total words

553

Unique words

437

Annotated anthroponyms

9

Toponyms

0

TTR

0.790

Hapax

366

Distribution

Top frequency chart

Dataset