— Hayotga tiniq nigoh va teran mulohaza. Imkoniyatni vaqtida ilg‘ash va muammolarga kuyunchak munosabat. Qadamlarimizni xolis baholash barobarida bo‘lajak ishlar ko‘lamini idrok etish. Bu o‘lchamlar biz, Mahalliy kengash deputatlari va doimiy komissiyalar uchun qamrov mezoni bo‘lmog‘i kerak, — deydi xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman kengashi deputati [Jo‘ra Mengliboyev].
[Mengliboyev] raislik qilayotgan mahalliy byudjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiya faoliyatida shunday mezon kuzatilayotgani ibratli. Komissiya kengash o‘z sessiyalari muhokamasiga kiritiladigan masalalarini ko‘rib chiqish, qonunlar va qarorlar ijrosini amalga oshirishga ko‘maklashish barobarida "pishib” qolgan gaplarni o‘rtaga tashlaydi. Takliflari xususida jamoatchilik bilan, saylovchilar bilan kengashadi, biror xulosani qog‘ozga tushirishdan oldin ishning moliyaviy-iqtisodiy-ijtimoiy jihatlarini tahlil chig‘irig‘idan o‘tkazadi. Shu boisdan komissiyaning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bozorlar
faoliyatini takomillashtirish hamda nooziq-ovqat iste’mol tovarlari bilan savdo qilishni yanada yaxshilashga doir qarorlarining joylardagi ijrosini o‘rganishga oid tahlillari samarali kechdi. Bu o‘rinda doimiy komissiya o‘ziga taqdim etilgan ma’lumot-bildirishlar bilan chegaralanib o‘tirmadi. Masalaning ildiziga nazar tashladi. Mutaxassislarni maslahatga chorladi. Shu asnoda bozorning sanitariya ahvolidan tortib uning me’moriy saranjom-sarishtaligiga soya tashlab turgan chala qurilishlar, nobop inshootlar va boshqa holatlarni o‘rganib, o‘zining navbatdagi yig‘ilishida atroflicha ko‘rib chiqdi. Bu sa’y-harakat samara ko‘rsatdi. Bozor ma’murlarining “uyqusini ochdi”. Tadbirkorlarda tashabbus uyg‘otdi. Pirovardida savdo rastalari rekonstruksiya qilindi. Chorva mahsulotlarini sotish majmui qayta jihozlandi. Do‘konlar zamon talablariga mos qilib ta’mirlanib, bozordan odamlar nafaqat iste’mol xaltalari. balki ko‘ngillari ham to‘lib. quvonib chiqadigan bo‘ldilar. Komissiyaning tumanda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni, kasanachilikni rivojlantirishga qaratilgan faoliyati ham rasmiyatchilikdan xoli. Bu o‘rinda e’tibor banklarning tadbirkorlik subyektlariga ajratayotgan kreditlari va ularning qanday samara berayotganiga qaratildi. Kreditlashdagi ayrim sansalorlik va ajratilgan sarmoyaning maqsadli yo‘naltirilayotgani xususidagi kamchiliklar ko‘rsatib o‘tilib, ularni bartaraf etishni doimiy komissiya o‘z nazoratiga olishini uqtirdi. Kengashning agrar va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi ishlarida ham shunday izchillik ko‘zga tashlanadi, Komissiya raisi [Fayzi Mamatmurodov]ning fikricha, chigit ekilyapti, g‘alla qanday parvarish qilinyapti deganga o‘xshash kundalik yumushlar bilan o‘ralashib turganlari yo‘q. Aksincha, islohotlar g‘ildiragini bir me’yorda aylanishini ta’minlaydigan tub imkoniyatlar mohiyatini anglab, odamlarning tili uchida turgan muammolarga e’tiborni qaratish muhim. Yig‘ilishlarning birida doimiy komissiya qirg‘oq bo‘yi hududlarining ekologik holati, melioratsiya va irrigatsiya inshootlarini ta’mirlashdagi sustkashliklar hamda ayrim fermer xo‘jaliklarining ekin maydonlarini talon-toroj qilishi kabi noxush xatti-harakatlari haqida bong urdi. Xususan, komissiyaning tumandagi “Oqqapchig‘ay” xo‘jaligi yer maydonlarini qayta o‘lchovdan o‘tkazib, yerga xo‘jasizlarcha qaragan subyektlarga nisbatan qonuniy munosabat bildirish haqidagi so‘rovi hokimlik va tegishli idoralar tomonidan iliq kutib olindi.
Kengash tarkibida 6 ta doimiy komissiya bor. Biroq, ularning hammasi biz yuqorida tilga olgan komissiyalar singari hamisha ham qamrovni katta olib ishlayapti, deb ayta olmaymiz. Sanoat, transport, qurilish, aloqa va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish doimiy komissiyasi (raisi [Ergash Qahhorov])ning 2008 yilgi ish rejasiga sanoat sohasi bo‘yicha masala kiritilmagani taassuf uyg‘otadi. Vaholanki, sohaga investitsiya kiritish, modernizatsiyalash, yirik korxona- larda kasanachilikni yo‘lga qo‘yish borasida boshqalarga ibrat qilib ko‘rsatadigan yumushlar qatori muammolar ham oz emas.
— Doimiy komissiyalarimiz ishlarini va deputatlarimizning faolligini muvofiqlashtirish, shuning barobarida islohotlarni chuqurlashtirishga ko‘maklashish, o‘zini o‘zi boshqarish tizimlari bilan hamkorlikni yanada yaxshilashga e’tiborni kuchaytiryapmiz, — deydi tuman hokimligi tashkiliy-nazorat guruhi rahbari [Ismoil Oytemirov]. — Demokratik taomillarni takomillashtirib borish, ijtimoiy himoya, yangi ish o‘rinlarini tashkil etish kabi muhim yo‘nalishlarga "Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili" munosabati bilan qabul qilinadigan Dasturlarda qo‘yiladigan vazifalardan kelib chiqib yondashiladi. Islohotlar, bugungi katta-kichik ezgu yumushlar erkinligimizga, farovonligimizga kafolat ekanligini har bir kishi his etmog‘i, qadrlamog‘i, hissa qo‘shmog‘i lozim. Bu sharafli jabhada deputatlarimiz oldingi marralarda bo‘ladilar.