🔍

Article

Orden Egasini Topti

By T. Teshaboev. • in 1987

[Gitler]chi galalar sovet tuprogʻiga vahshiyona bostirib kirganda [Qodirali Mirzakarimov] $$Sovet Armiyasi$$ safida yigitlik burchini ado etardi. Urushning dastlabgi kunlaridan boshlab u 1- $$Ukraina$$ frontiga qarashli 333-diviziya sostavida janggi kirib dushmanlarga qaqshatgich zarba bera boshladi.
Epchil va chaqqon, jasur va qoʻrqmas bu yigit tez orada razvedka zavodida boʻlinma komandiri darajasiga koʻtarildi. Turli millat vakillaridan tarkib topgan boʻlinma razvedkachilari komandirlik tomonidan berilgan har bir topshiriqni muvaffaqiyatli uddalab, diviziyada e’tibor qozondilar. Qiyin operatsiyalar, <<til>>topib kelish mazkur boʻlinma zimmasiga tushardi.
-1945 yilning 1 apreli edi, deya eslaydi [Qodirali Mirzakarimov]. Tun. oʻchakishgandek yulduzlar ham koʻrinmaydi. Razvedkachilarimiz dushman soldat va ofiserlaridan <<til>> tutib kelishdek muhim topshiriq oldi. Ana shu <<til>>hangchilarimizning navbatdagi hujumida muhim rol oʻynardi. Artilleriyachi va pulemyotchilar dushman tomonidan boʻladigan xavf -xatardan koʻz-quloq boʻlib turdilar. Operasiya shiddat bilan amalga oshirildi. Bunda epchillik, tadbirkorlik qoʻl keldi. Razvedkachilar nemis ofiseri va soldatini asirga oldilar. Topib kelingan <<til>>hangchilarimizning olgʻa hujum boshlashlariga yoʻl ochib berdi.
Qoʻmondonlik razvedkachilaridan bir nechtasini muhim topshiriqni bajarishda koʻrsatgan mardlik va jasurliklari uchun 2 -darajali <<Shuhrat >>ordeni bilan taqdirladi. Ular orasida [Q. Mirzakarimov] ham bor edi. Lekin frontdagi betoʻxtov harakat bu mukofotni oʻz vaqtida egalariga topshirish imkonini bermadi. Bungacha Qodirali 3- darajali <<Shuhrat >>va ^^Qizil Yulduz^^ ordenlari bilan mukofotlangan edi.
U Ulugʻ vatan urishi yillarida $$Ukraina$$, $$Estoniya$$, $$Ruminiya$$, $$Polsha$$, $$Chexoslovakiya$$, $$Avstriya tuproqlari$$da ozodlik va tinchlik yoʻlida mardlik koʻrsatib jang qildi.
Urishdan gʻalaba bilan qaytgan [Qodirali Mirzakarimov] xoʻjalikda mardonavor mehnat qila boshladi. Oʻn yilga yaqin pochtaliyomlik qilib, xonadonlarga quvonch ulashdi. Hozir keksalik gashtini surayotir.
Ha, hech kim va hech narsa unitilmaydi! Yaqinda Fargʻona oblast $$Oxunboboev rayoni$$dagi [Aminjon Niyozov] nomli sovxozning <<Bolshevik >> boʻlimida yashovchi Ulugʻ Vatan urishi veterani, Oktyabr tengdoshi [Qodirali Mirzakarimov] hayotida unitilmas voqea roʻy berdi. Uning koʻksiga jangu jadalda topshirilmay qolib kegan 2-darajali <<Shuhrat >>ordeni rayon harbiy komissari oʻrtoq [N. Babushkin] taqib qoʻydi.

Total words

288

Unique words

241

Annotated anthroponyms

9

Toponyms

9

TTR

0.837

Hapax

213

Distribution

Top frequency chart

Dataset