🔍

Article

YER HAM MEHR ISTAYDI

By Oybek RAHIMOV, «Xalq so‘zi» muxbiri. • in 2009

Mutaxassislarning aytishicha, mamlakatimizda yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, irrigatsiya tizimining me’yorida ishlashiga erishish orqali ekin hosildorligini 20 foizga oshirish mumkin. Shu bois joylarda kollektor-drenaj tarmoqlarini ta’mirlash, ariq-zovurlarni tozalash ishlariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Prezidentimizning 2007-yil 29-oktyabrdagi "Yerlarning meliorativ holatini yaxshilash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoni bu borada dasturilamal vazifasini o‘tamoqda.

Xorazm viloyatida mazkur Farmon talablari asosida 2008-2012-yillarga mo‘ljallangan melioratsiya tadbirlari dasturi ishlab chiqilib, shu asosda ish olib borilmoqda. Gap shundaki, bu yerda yer osti suvlarining yuzaga yaqin joylashgani tufayli maydonlarning asosiy qismi sho‘rlangan, tuproqning mexanik tarkibi esa xilma-xil. Bunday sharoitda, tabiiyki, dehqonchilik taqdiri sug‘orish va zax qochirish tarmoqlarining texnik ishchi holatiga uzviy bog‘liq bo‘ladi, Boshqacha aytganda, mavjud melioratsiya tarmoqlarining me’yorida ishlashini ta’minlash uchun yengil tuproqli joylarda ikki yilda bir marta, og‘ir tuproqli joylarda uch yilda bir marta tozalash ishlarini amalga oshirish talab etiladi.

Shularni hisobga olib, viloyatda o‘tgan yilda 900 kilometrdan ziyod kollektor-drenaj tarmoqlarida ta’mirlash va tiklash, tozalash ishlari bajarildi. 13 ta nasos stansiyasi, 50 ta kuzatuv qudug‘i qo‘ldan chiqarildi. Bu maqsadlarga byudjet mablag‘laridan 4 mlrd. 206 mln. so‘m sarflandi. Shuningdek, fermer xo‘jaliklari hududidagi 502 kilometr uzunlikdagi kollektor-drenaj tarmoqlari ham tozalandi. Melioratsiya va boshqa suv xo‘jaligi ishlarini o‘z vaqtida bajarish maqsadida 5 ta ixtisoslashtirilgan davlat unitar korxonasi tashkil etildi. Ular tomonidan Hazorasp tumanidagi “Miltiqchi". Bog‘ot tumanidagi “Oqko‘l", Yangiariq tumanidagi “Tagan”, Yangibozor tumanidagi "Qilichniyozboy”, Gurlan tumanidagi “Shangi", Urganch tumanidagi “Atashev”, Xiva tumanidagi “Eski Qatag‘on” kollektorlarida tizimli ta’mirlash va tiklash ishlari nihoyasiga yetkazildi.

— Hukumatimiz qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga katta e’tibor bermoqda, — deydi Quyi Amudaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari [Qadamboy Quryazov].

— Jumladan, ixtisoslashgan davlat unitar korxonalari 50 ta yangi ekskavator, 8 ta buldozer, 4 ta transport traktori, 4 ta trayler, 4 ta avtokran bilan ta’minlandi. Tez orada yana 5 ta gidravlik ekskavator lizing asosida xarid qilinadi. Bu yil esa 15 ta ekskavator, 4 ta buldozer sotib olish rejalashtirilgan, Bu, o‘z navbatida, ekin maydonlarining meliorativ holati yaxshilanishiga, suv ta’minotida ijobiy o‘zgarishlar bo‘lishiga olib keladi. Prezidentimizning 2008-yil 20-oktyabrdagi ”Oziq-ovqat ekinlari ekiladigan maydonlarni optimallashtirish va ularni yetishtirishni ko‘paytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan, voha dehqonlari o‘tgan yili qo‘shimcha 2,2 ming gektar maydonga bug‘doy urug‘i qadadilar. Joriy yil bahorda esa 3,8 ming gektar maydonga sabzavot va poliz ekinlarini navbatida, tuproq unumdorligini oshirish masalasi kun tartibiga qo‘yilmoqda. Uni bajarish uchun viloyatda imkoniyatlar yetarli. Muhimi, amalga oshirilayotgan melioratsiya tadbirlari qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish hajmini ko‘paytirish, dehqonlar manfaatdorligini oshirishda muhim omil bo‘ladi. Yerga mehr ko‘rsatilsa, irrigatsiya tizimining me’yorida faoliyat ko‘rsatishi ta’minlansa, qishloq xo‘jaligida yutuqlar yanada salmoqli bo‘laveradi. Buni chuqur his etgan fermerlar va mutaxassislar qish kunlarida ham dala ishlarini jadal olib bormoqdalar.

Total words

411

Unique words

311

Annotated anthroponyms

1

Toponyms

0

TTR

0.757

Hapax

253

Distribution

Top frequency chart

Dataset