Prezidentimiz [Islom Karimov]ning 2005-yil 1-avgustda qabul qilingan "O‘zbekiston Respublikasida o‘lim jazosini bekor qilish to‘g‘risida"gi Farmoniga binoan, mamlakatimizda 2008-yil 1-yanvardan o‘lim jazosi bekor qilindi
Vatanimizda yangi yil el-yurtimiz hayotidagi muhim va unutilmas voqealar bilan boshlandi. 2007-yilning 23-dekabrida xolislik, ochiqlik va haqqoniylik ruhida o‘tgan Prezident saylovi, Yurtboshimiz Islom Karimovning xalqimizga yangi yil tabrigida ta’kidlanganidek, O‘zbekistonda erkin demokratik davlat. inson manfaati va huquqlarini ustun kuyadigan fuqarolik jamiyati barpo etish yo‘lida kapa maktab va yangi bosqich bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga muvofiq 2008-yilning dastlabki kunidan boshlab mamlakatimizda o‘lim jazosi bekor qilindi va umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan almashtirildi. Bundan buyon umrbod ozadigan mahrum qilish jazosi faqat ikki turdagi jinoyat, ya’ni javobgarlikni og‘irlashtiruvchi holatlarda qasddan odam o‘ldirish va terrorizm uchun tayinlanadi. Bunda jazoning mazkur turi xotin-qizlarga, 18 yoshga yetmagan va 60 yoshdan oshgan erkaklarga nisbatan tayinlanmaydi. Xorijiy ekspertlar va yurtimiz mutaxassislarining e’tiroficha, O‘zbekistonda o‘lim jazosini ko‘llashga doir jinoyat qonunchiligi siyosati jahonda kechayotgan jarayonlarga to‘liq mos, Konstitutsiyamiz mohiyatidan kelib chiqadigan insonparvarlik tamoyilini o‘zida to‘la aks ettiradi. Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, insonga, uning hayotiga hamisha buyuk ne’mat sifatida qarab kelgan xalqimizning ma’naviy qadriyatlari ham shuni taqozo etadi.
O‘lim jazosini bekor qilishga oid jarayon yurtimizda bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan sud-huquq islohotlarining yana bir samarasi ekanini alohida qayd etish o‘rinlidir. Bunda, Prezidentimiz Islom Karimov 2005-yil 1-avgust kuni imzolagan "O‘zbekiston Respublikasida o‘lim jazosini bekor qilish to‘g‘risida"gi Farmon mamlakatimizda insonning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari, avvalo, yashash huquqi samarali muhofaza etilishini ta’minlash yo‘lida muhim qadam bo‘lganini ta’kidlamoq darkor. O‘tgan davrda tegishli vazirlik va idoralar tomonidan ushbu Farmonda qo‘yilgan vazifalarning ijrosini ta’minlash borasida zarur chora-tadbirlar belgilanib, izchil amalga oshirildi. Prezidentimizning 2006-yil 29-iyunda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida o‘lim jazosi bekor qilinishi munosabati bilan qabul qilinishi lozim bo‘lgan qonunlar, normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoyishi bu borada amalga oshirilgan ishlar samaradorligi ta’minlanishida muhim omil bo‘ldi. E’tiborli jihati shundaki, jinoiy jazolarni yanada liberallashtirish borasidagi islohotlarning mohiyati, shu jumladan, o‘lim jazosini bekor qilish zaruratini fuqarolar ongu shuuriga singdirish borasida izchil targ‘ibot ishlari olib borildi. Zotan, insoniyat o‘z tarixining aksariyat qismida og‘ir jinoyatlar uchun o‘lim jazosini qo‘llab kelganligini nazarda tutsak, o‘lim jazosini bekor qilishda aholining fikrini albatta hisobga olish qanchalik muhim ekani yaqqol ravshan bo‘ladi. Qonunchilimizda jinoiy jazolar tizimidan o‘lim jazosi chiqarib tashlanib. uning umrbod va uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi bilan almashtirilishini taʼminlaydigan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Oliy Majlis Senati 2007-yil 29-iyunda ma’qullagan “O‘lim jazosi bekor qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun davlatimiz rahbarining qayd etilgan farmoni ijrosini ta’minlovchi asosiy me’yoriy hujjat bo‘lib, unda ana shu jazolarni tayinlash, ijro etish tartibi belgilab berildi. O‘lim jazosining bekor qilinishi davlatimizning bu boradagi siyosatining amaliy ifodasi bo‘lib, xalqimiz tomonidan insoniylik va bag‘rikenglikning yuksak namunasi sifatida katta xayrixohlik bilan kutib olindi. O‘zbekistonning bu boradagi dadil qadamini jahon jamoatchiligi ulkan tarixiy voqea sifatida e’tirof etmoqda. Prezidentimizning 2005-yil 8-avgustda imzolangan “Qamoqqa olishga sanksiya berish huquqini sudlarga o‘tkazish to‘g‘risida"gi Farmoni talablari doirasida 2008-yilning 1-yanvaridan e’tiboran qamoqqa olishga sanksiya berish huquqining sudlarga o‘tkazilganligi ham mamlakatimiz sud-huquq tizimida olib borilayotgan izchil islohotlarning amaliy samaralaridan biridir. Ma’lumki, sud-huquq tizimini yanada liberallashtirishning eng muhim vazifasi sudgacha tergov bosqichida fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini himoya qilish bo‘yicha sudlar vakolatlarini kengaytirish va sud nazoratini oshirishdan iborat. Bu borada, avvalambor, qamoqqa olishga sanksiya berish huquqini prokuratura organlaridan sudlarga o‘tkazish ustuvor ahamiyat kasb etadi. Insonning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini cheklash bilan bog‘liq protsessual majburlov choralarini qo‘llashga sanksiya berish huquqini sudlarga koskicha-bosqich va izchil o‘tkazish jarayoni ham, tabiiyki, muayyan tayyorgarliklar asosida amalga oshiriladi. Bunda, ayniqsa, barcha tashkiliy-huquqiy masalalarni puxta ishlab chiqish hamda sud tizimi va u bilan bog‘liq boshqa huquq-tartibot va prokuratura organlarining ushbu o‘zgartirishlarni kiritish uchun zarur tayyorgarlikka ega bo‘lishiga alohida e’tibor kuratildi.
Bir so‘z bilan aytganda, bu yangilik Yurtboshimiz tashabbusi bilan O‘zbekistonda sud hokimiyatining mustaqilligi va erkinligini mustahkamlashga qaratilgan aniq, qonuniy chora-tadbirlar tadrijiylik tamoyili asosida, izchillik bilan amalga oshirilayotganini yana bir bor tasdiqlaydi. Mamlakatimizda mutlaqo yangi sud-huquq tizimi shakllantirildi, mustaqil sud hokimiyatining huquqiy asoslari yaratildi.
Eng muhimi, mana shunday tarixiy voqealar haqida fikr yuritganda, mustaqillikning qadr-qimmati yanada yaqqolroq namoyon bo‘ladi. Zotan, faqat istiqlol sharofati bilan yurtimizda inson hayoti, huquqlari oliy qadriyat darajasiga ko‘tarildi. Inson huquq va erkinliklarini ta’minlashning konstitutsiyaviy, huquqiy va tashkiliy tizimi barpo etildi. Mamlakatimizni modernizatsiya qilish, jamiyatimizni yangilash borasida amalga oshirayotgan keng qamrovli demokratik islohotlarimizning asosiy g‘oyasi, asosiy maqsadi ham shu: "Islohot — inson uchun, uning manfaatlari uchun!"