🔍

Article

DADIL BOʻL, MUQADDAM! OCHERK

By Dilbar Mahmudova, Toshkent oblast Kalinin … • in 1987

Kolxoz mehmonxonasi, kiraverishdagi baland va keng oynavand ayvonga billyard oʻrnatilgan. Atlas koʻrpachalar toʻshalgan soʻri boʻm-boʻsh. Oʻng tarafda kolxoz klubiga kiriladigan eshik. Ayvonda yana boshqa bir eshik ham bor. Bizni oʻsha yoqqa boshlashda. Ostona hatlab kirsangiz bas, oʻzingizni koshona qasr ichida koʻrasiz. Peshtoqlaridagi lojuvard, xona shiflaridagi rango-rang gular tasviridan koʻz qamashadi. Yetmish kvadrat metrdan ortiqroq devor sathi gachdan gul oʻyib ishlashgan. Eshik tepasiga ustaning ismi-sharifi bitilib, 1980 yil deb yozib qoʻyilibdi.
Mehmonxona jihozlari ham chakki emas. Rangli televizor, yumshoq divan, kreslolar, xolodilnik… lekin mehmon e’tiborni bulardan ham jozibaliroq tuyulayotgan devordagi ganch tasvirlar, shiftdagi rangli jilolar yana oʻz ta’siriga tortadi…
-Mehmonxona qurilishini 33 kunda tugatib, koʻchib kirganmiz. Klubni qoʻshib hisoblaganda bu qurilishga 70 mingdan koʻproq mablagʻ ketgan,-deydi ogʻzining tanobi qochib rais [Abdurahmon] aka.
Suhbatdoshining kayfiyatidan hushyor tortibmi, rais darov qiyofasini oʻzgartirdi:
-Toʻgʻri, bunaqa dabdabali imoratlarxalqqa qimmatga tushdi. Kolxoz oʻtirib qoldi, -dedi u xomush boʻlib.
-Endi oʻzingizga keldingiz, -dedi Muqaddam. afsuski shu qurilishlarning boshida siz ham turgansiz. Oʻshanda kolxozda agronom vazifasida ishlardingiz. Lekin birontangiz, xususan, siz ham oldingi raisga xalqning turmush sharoitini yaxshilamay turib, bunday dabdabali imoratga na hojat, demadingiz.
Hozirgina uchrashib, suhbatlashganim ferma ishchilarining kuyinib aytgan gap -soʻzlari eshitilgandek boʻladi:
-Fermada ishlayotganimga chorak asr boʻlyapti. Chorak asrdan buyon bir xil sharoit. Oldinga bosish yoʻq, dedi buzoqboqar ^^Mavjuda Oʻrmonbekova^^. – Ishdan uyga kirib borsam, bolalarim: <<Oyijon, kiyim-boshlaringizni tezroq oʻzgartira qoling, ferma hidi kelyapti>>, -deb zorlanishadi. Uydagilardan uyalib ketaman. Fermada yuvinib -kiyinadiganxonalar boʻlsaku, yuvinib -taranib, ish kiyimlarimizni toza kiyimlarga almashtirib uyga borardik…
-Ferma -ikkinchi uyimiz. Lekin bu uyda na fayz va na tarovat bor. Sogʻuvchilar bundoq toʻplanib, bir piyola choy ustida suhbat qurib, gazeta -jurnal oʻqiydigan dam olish xonasi yoʻq. Zorlandi bidon yuvuvchi ^^Qurbonoy Turimova^^. Shuning uchun ham fermaga sogʻin payti pir etib kelamiz-u, sogʻin tugashi bilan yana uy-uyimizga pir etib uchib ketamiz. Bunda na leksiya, na suhbat va na uchrashuvlar oʻtkaziladi.

Total words

297

Unique words

254

Annotated anthroponyms

3

Toponyms

0

TTR

0.855

Hapax

227

Distribution

Top frequency chart

Dataset