TEMIRYO‘LCHILAR HAMKORLIGI
$$Leninobod viloyati$$ning $$O‘zbekiston$$ bilan chegaradosh $$Konibodom shahri$$da $$Tojikiston va O‘zbekiston temiryo‘lchilari$$ning do‘stona uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda $$Tojikiston jumhuriyati$$, bir-biriga qo‘shni $$Farg‘ona, Leninobod va Toshkent viloyatlari temiryo‘l bo‘limlari$$ boshliqlari qatnashadi.
Ushbu uch viloyat temiryo‘li ishini ko‘ngilli olib borish qo‘shnilarning hamkorligiga ko‘p jihatdan bog‘liq. Hozirgi iqtisodiy qiyinchiliklar og‘ir yukni va ko‘p sonli yo‘lovchilarni manzilga yetkazadigan qulay transportga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmasdan qolmadi. O‘zbek va tojik temiryo‘lchilari mavjud muammolarni birgalikda hal qilishga kelishib olishdi. Bu borada o‘zaro bitim imzolandi.
QALAM AHLI GA G‘AMXO‘RLIK
Dunyodagi eng qiyin kasb egalarini moddiy va ma’naviy jihatdan himoya qilish haqida Tojikistonda qayg‘uradiganlar ham topildi. Bu yerda jurnalistlarni ma’naviy jihatdan himoya qiluvchi Tojikiston xazinasi tashkil topdi. Ungа jumhuriyat qorako‘lchilik uyushmasi prezidenti, Tojikistonda tanikli ishbilarmon ayol M. Toshmatova raislik qilmoqda.
YANGI TOPILMALAR
Jumhuriyatning qadiim shaharlaridan biri Uratepa atrofida issiqlik va tovushdan saqlanadigan modda borligi aniqlandi. Bu – Tojikiston Fanlar akademiyasi olimlari uch yil davomida olib borgan ilmiy izlanishlarining natijasi bo‘ldi.
Ana shu qimmatbaho modda dunyoning ko‘p mamlakatlarida qadrlanadi. Hozir bu moddani tuproqdan ajratib olish va uni qayta ishlash choralari ko‘rilmoqda. G‘or jinslari tarkibini sinchkovlik bilan tekshirgan tojik olimlari ularda juda ko‘p miqdorda linzalar tayyorlash uchun ishlatiladigan moddalar ham borligini aniqlashdi.