$$Farg‘ona viloyati$$da joylashgan «Neft mahsulotlarini qayta ishlash» davlat ishlab chiqarish birlashmasida soliq qonunchiligiga rioya etilishi bo‘yicha tekshiruv o‘tkazgan $$O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi$$ xodimlari «Mingbuloq» neft konida ushbu birlashmagacha bo‘lgan qisqagina masofada yo‘qolgan vagon muammosiga duch keldilar. «Yo‘qolgan» vagonga 51 tonnadan oshiqroq neft mahsuloti yuklangan edi.
Biz bevosita shu ish bilan shug‘ullangan qo‘mitaning maxsus taft-nazorat boshqarmasi surishtiruv bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari To‘rajon ALIBOEVdan bu xususda batafsilroq so‘zlab berishni iltimos qildik.
— Qo‘mitamiz buyrug‘iga ko‘ra yuqorida siz tilga olgan birlashmada taftish-tekshirish ishlari olib borgan maxsus guruhimiz «yo‘qoldi» deb kelin gan, 1994 yilning 26 iyulida «Mingbuloq» neft konidan 154855-raqamli yo‘l-transport nakladnoyi bo‘yicha 70516950-raqamli vagon-sisternada yuborilgan 51 tonnayu 420 kilogramm neft mahsulotini ushbu birlashmada ishlovchi bir necha mansabdor shaxslar kirimga olmay o‘zlashtirib yuborganligini aniqladi.
Bu suiste’mollik qanday yuz bergan?
Aniqlanishicha, o‘tgan yilning 26 iyulida «Mingbuloq» neft konidan «Neft mahsulotlarini qayta ishlash» davlat ishlab chiqarish birlashmasiga (154855-raqamli yo‘l-transport nakladnoyiga ko‘ra) 50 ta vagon-tsisternada neft mahsulotlari yuborilgan. Bu tsisternalar 27 iyul kuni Kirguli tumanidagi «Oxunboboev» temir yo‘l stansiyasiga yetib keladi. Shu kuni bu vagonlardan 23 tasi 73691-raqamli poyezd sostaviga ulanib, 3718-raqamli hujjat bilan ishlab chiqarish birlashmasiga yetkazib beriladi. Qolgan 27 ta vagon ham o‘sha poyezd sostaviga ulanib, 3714-raqamli hujjat bilan (ertasi kuni, ya’ni 28 iyul ertalab) birlashmaga olib borib topshiriladi. Biroq, ishlab chiqarish birlashmasi xizmatchilari V. Zuev, V. Kox, U. Eshonov va Z. Tso ylar 27 iyul sanasi bilan 7-raqamli dalolatnoma tuzib, unda bir dona vagon-tsisterna, ya’ni 70516950-raqamli vagon 51 tonnayu 420 kilogramm neft mahsuloti bilan birlashmaga yetib kelmadi, deb ko‘rsatib o‘tadilar. Vaholanki, barcha vagon-tsisternalar dalolatnoma tuzilgan 27 iyul kuni emas, balki 28 iyul kuni birlashmaga to‘liq yetkazib berilgan.
51 tonna neft mahsuloti degani bu ancha katta raqam. Shuncha tonna neft mahsulotining yo‘qolishi uni yuborgan tashkilotni tashvishlantirmaganmi?
— «Mingbuloq» neft koni mas’ul xodimlarining vagon-tsisternani qidirib topish to‘g‘risidagi murojaatlariga birlashma xizmatchilari har gal 70516950-raqamli vagon birlashmaga kelmadi, deb rad javobi beraver ganlar. Oradan bir oydan oshiq vaqt o‘tib, masala respublika miqyosidagi tegishli idoralar tomonidan surishtirila boshlangach, birlashmaning 6-tsexi boshlig‘i P. Mansurov, uning muovini A. Akramov va 14-tsex boshlig‘ining muovini A. Isomovlar 70516950-raqamli vagon-tsisterna haqiqatdan birlashmaga o‘z vaqtida yetib kelgani va 31 iyul kuni undagi neft mahsuloti birlashmaning zaxiraxonalari ga to‘kib olinganini tasdiqlab, 9 sentyabr sanasi bilan dalolatnoma tuzganlar. Va o‘zlashtirilgan neft mahsulotlari 16 sentyabrdagina birlashmaga kirim qilingan.
Demak, «yo‘qolgan» vagon topilibdi. Tekshirish yakunlari bo‘yicha qanday choralar ko‘rildi? Chunki, respublikamizda neft mahsulotlari, yonilg‘ilar taqchilligi jiddiy sezilib turgan hozirgi sharoitlarda uning talon-toroj qilinishi juda tashvishlanarlidir.
— Biz o‘tkazgan tekshiruvimiz yakunlari bo‘yicha to‘plagan barcha ma’lumot, dalil va hujjatlarni rasmiylashtirib Farg‘ona viloyat prokuraturasiga topshirgan edik. Viloyat prokuraturasining bizga xabar qilishicha, ushbu ish yuzasidan 1994 yilning 10 noyabrida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat majmuining 130-moddasi 3-qismi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov ishlari olib borilmoqda va ishonchimiz komilki, aybdorlar qilmishlariga yarasha jazo oladilar.