Bozor iqtisodiyoti ta’minot bilan shug‘ullanadigan tijjorlar faoliyati tarzini mutlaqo o‘zgartirib yubordi. Sho‘ro saltanati zamonida ular faqat sotish bilangina kifoyalangan bo‘lsa, bugun xaridorgir mollarni topish, tashib keltirishdek tashvishlar ham ularning zimmasida. Muhbirimiz Denov tumanidagi «Parvoz» savdo-ishlab chiqarish hissadorlik jamiyati boshqaruvining raisi Damin MURODOV bilan ana shu haqda suhbatlashdi.
— Daminboy, tasavvur to‘liq bo‘lishi uchun, avvalo, korxona haqida batafsilroq tushuncha berib o‘tsangiz.
— Uchta jamoa xo‘jaligiga xizmat qilamiz. Bu hududda o‘ttiz to‘rt ming aholi istiqomat qiladi. O‘n bitta umumta’lim maktabiga savdo xizmati ko‘rsatish ham bizning zimmamizda. 43 ta do‘konimiz, bitta non va non mahsulotlari ishlab chiqaradigan korxonamiz va shuncha tikish-bichish tseximiz bor.
— Ushbu shoxobchalar aholini iste’mol mollari bilan ta’minlash ishiga qanday hissa qo‘shmoqda?
— Umuman olganda, bu boradagi ishlarimiz yomon emas. Shunday bo‘lsa-da, ta’minotdagi hozirgi daraja me’zon-o‘lchov bo‘lib qolmasligi kerak. Aynan shu hol zim-mamizdagi mas’uliyat hissini oshirmoqda. Chunki ilgari markazlashgan qat’iy ta’minotga o‘rganib qolgan edik. Bugungi kunda esa o‘zimiz yuguryapmiz. Xalqimizda: «O‘tirgan (qiz) o‘rnini topadi», degan maqol bor. Agar u biz, savdo xodimlariga nisbatan ishlatiladigan bo‘lsa, birozgina tahrir qilib:
— «O‘tirgan savdo xodimi o‘rnidan ajrab qoladi», deb o‘zgartirish kerak. Negaki, avvallari mahsulot ishlab chiqaruvchilarning o‘zlari bizga mollarni nasiya-ga olib kelib berishardi. Hozir esa o‘zimiz boramiz, oldindan kelishilgan narx asosida pulini to‘laymiz. Shundan so‘ng xarajat qilib, uni olib kelamiz. Mollar esa do‘konlarning peshtaxtalarida turib qolayotgani yo‘q. Biz asosiy e’tiborni oziq-ovqat ta’minotiga qarat-yapmiz. Aholi me’yorlanarni o‘z vaqtida olib turibdi. Bundan tashqari, to‘qqiz oyda korxonamizda 500 tonna non va turli shirinliklar tayyorlab, xalqimizga sotdik.
— Hamdo‘stlik mamlakatlari bilan aloqalar xususida ham to‘xtalsangiz.
— Biz Rossiyaning Kemerovo viloyati tijoratchilari bilan samarali hamkorlik qilyapmiz. U yoqda «Savdo uyimiz» ishlab turibdi. Kemerovodan qurilish ash-yolari, oziq-ovqat mahsulotlari, o‘quv qurollari olayapmiz. Hozir, bilasiz, temir yo‘l to‘lovlari haddan tashqari oshib ketgan. Shu bois biz savdo-sotiqda avto-ulovlardan foydalanyapmiz. Yaqinda uzum, piyoz, hurmo, anor singari mahsulotlarni ayirboshlash hisobiga 100 tonna shakar undir-dik. Uning yarmi yetib keldi. Bundan tashqari, Magnitogorsk, Moskva, Novosibirsk shaharlari bilan aloqalarimiz ham mustahkamlanib bormoqda. Yangi yilda Novosibirskda «Savdo uyimiz» ochiladi.