🔍

Article

DAVLAT MULKIGA KO’Z OLAYTIRUVCHILARGA SHAFQAT YO’Q

By Niyozali Umarov,Qashqadaryo viloyati davlat soliq … • in 1995

Viloyat bojxona xizmati xodimlari $$O‘zbekiston Respublikasi$$ Prezidentining $$«O‘zbekiston Respublikasi$$ning soliq va bojxona to‘g‘risidagi qonunlariga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish borasidagi chora-tadbirlar haqida»gi Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining «Tashqi iqtisodiy aloqalarni yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorini hayotga tatbiq etish yo‘lida keng miqyosli tashkiliy-amaliy ishlarni olib bormoqdalar.

Xususan, 1994 yilning o‘tgan 9 oyi mobaynida bojxona bojlari va boshqa turli xil to‘lovlarni undirish, ularning davlat xazinasiga o‘z vaqtida to‘liq tushishini ta’minlash, ruxsatnomalar asosida yuboriladigan hamda keladigan tovarlar, respublikamizdan ruxsatsiz olib chiqiladigan oziq-ovqat mahsulotlari ustidan nazoratni kuchaytirish yuzasidan muayyan tadbirlar amalga oshirildi. Natijada 10,5 million so‘mdan ortiq bojxona bojlari hamda huquqbuzarlardan jarimalar undirildi. Davlat chegarasidan yashirincha, boj to‘lamasdan mol o‘tkazish (kontrabanda), bojxona qoidalarini buzishga qarshi kurash bo‘limi xodimlari esa 11 marta savdo muomalasi buzilganligini aniqlab, aybdorlarga nisbatan 295 ming 354 so‘m miqdorida jarima soldi. Giyohvandlik moddalarini yashirib o‘tishga uringan shaxslardan 1243,5 gramm qora dori musodara qilindi.

...Qarshi shahar aeroportidan «Andijon–Qarshi–Moskva» reysi bilan Moskvaga uchayotgan fuqaro A. Qaytmazovning xatti-harakatlari bojxona xodimlarida shubha uyg‘otdi.

Uning yuklari sinchiklab nazoratdan o‘tkazilganda 1000 grammga yaqin nasha topildi. Tekshirish natijasida yana uchta xuddi shunday holat aniqlandi. Bu qonunbuzarlar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 216-2 moddasi bilan javobgarlikka tortildilar.

Ko‘rilayotgan tadbirlar, jazo choralariga qaramasdan, ayrim noinsonlar vaqtinchalik taqchillikdan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanishga harakat qilayotirlar. Ular yonilg‘i-moylash materiallarini, hatto me’yorlangan oziq-ovqat mahsulotlarini chetga olib chiqib, shaxsiy boylik orttirishga urinayaptilar.

Mana, ayrim misollar. 1994 yil 25 may kuni Shahrisabz shahri bojxona postida KamAZ-5320 rusumidagi 32-95 KFM raqamli avtomashina ushlanib, unda 600 kilogramm un, 100 kilogramm guruch borligi aniqlandi. Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro Abdukarim Mirzamalikov bu mahsulotlarni Kitob tumanidagi Jovuz qishlog‘i orqali Tojikistonga olib o‘tib, pullamoqchi bo‘lgan.

21 avgust kuni Nishon tumanidagi post xodimlari Qarshi temir yo‘l bo‘limi ta’minot xizmatiga qarashli 43-72 KFM raqamli GAZ-52 mashinasini to‘xtatishdi. Tekshirish davomida mazkur O‘RSning ombor mudiri Kuvon Davlatov 4179 so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlarini noqonuniy ravishda Turkmaniston Respublikasiga olib ketayotgani ma’lum bo‘ldi.

22 avgust kuni esa Dehqonobod tumanidagi 3-post xodimlari Tojikiston Respublikasiga otlangan KAMAZ-685 rusumli 41-79 SVC hamda 60-19 DBA raqamli ZIL-130 mashinalarini tekshirishganida, haydovchilar K. Begmirov va B. Shoymardonov bir tonnaga yaqin A-72 benzinini olib chiqib ketayotganliklari aniqlandi. Ularga jarima solinib, to‘plangan barcha hujjatlar ma’muriy tashkilotlarga oshirildi.

Haqli savol tug‘iladi: vijdoniga qurt tushgan bunday shaxslarni na mustaqil mamlakatimiz taqdiri, na fuqarolar ta’minoti qiziqtirar, zarracha o‘ylantirmas ekan, shu mahsulotlarning egalari bo‘lgan savdo va ta’minot tashkilotlarining rahbarlari, avtomashinalarning kira qilinishiga yo‘l qo‘yib bergan korxonalar ma’muriyati qayoqqa qarayapti? Ular shu jinoyatlarga sherik emasliklariga, topilgan harom foydaning bir qismi ularning kissalariga tushmasligiga kim kafolat beradi?

Viloyat hududida yil boshidan buyon noqonuniy yo‘llar bilan turli yuklarning olib chiqib ketilayotganiga oid 114 ta hodisa aniqlandi va umumiy qiymati 267 ming 65 so‘mlik turli xil mahsulotlar, jumladan, 16,5 ming so‘mlik oziq-ovqat asrab qolindi. Belgilangan tartiblarni buzgan fuqarolar ustidan 114 ta jinoyiy ish qo‘zg‘atildi hamda 112 kishi, jumladan, ikki mansabdor shaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi.

Ayrim rahbar xodimlar esa Respublika Vazirlar Mahkamasining ko‘rsatmasini o‘zboshimchalik bilan buzaётганliklarini sira kechirib bo‘lmaydi.
Qarshi temir yo‘l bo‘limiga qarashli «Qashqadaryo» stansiyasi rahbariyati bojxona idoralariga xabar qilmasdan va ularning ruxsatisiz Xitoy Xalq Respublikasidan keltirilgan 171 tonna 750 kilogramm, Litvadan sotib olingan 468 tonnaga yaqin mahsulotni Qarshi don kombinatiga berib yuborgan. Huddi shunday qonunbuzarlik hodisasi Koson temir yo‘l stansiyasi ma’muriyati tomonidan ham sodir etilgan. Ular Litvadan yuborilgan 6035 tonna soya yog‘ini bojxona xodimlari ruxsatisiz Koson yog‘ekstraksiya zavodiga «in’om» qilishgan. Bu noqonuniy harakat uchun har ikkala temir yo‘l stansiyasiga jarima solinib, davlat hisobiga kiritildi. Ana shu jarimaning loaqal bir qismi mazkur korxona rahbarlarining kissasidan undirulganda, ehtimol, ular bunday nomaqbul ishga qo‘l urmagan bo‘lishardi.

Prezidentimiz O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XVI sessiyasida so‘zlagan nutqida barcha moliyachilar, jumladan, soliq va bojxona xodimlari oldiga adolatni ta’minlash yuzasidan mas’uliyatli vazifalarni qo‘ydi. Biz bundan buyon ham ana shu topshiriqlarni bajarish yo‘lida kuch-g‘ayratimizni sarflayveramiz.

Total words

599

Unique words

446

Annotated anthroponyms

0

Toponyms

2

TTR

0.745

Hapax

359

Distribution

Top frequency chart

Dataset