🔍

Article

MUSTAQILLIK SHAROFATI

By F. Yo‘ldoshev,O‘zbekiston Respublikasi IIV xorijga … • in 1995

$$O‘zbekiston Respublikasi$$ mustaqillikka erishgan birinchi kundanoq uni ham siyosiy, ham iqtisodiy mustahkamlash yo‘li tutildi. Siyosiy mustaqillikning eng zarur ko‘rinishlaridan biri, bu davlatning o‘z milliy pasporti bo‘lishidir. $$O‘zbekiston xalqi$$ ham quvonchli voqea — o‘z pasportlariga ega bo‘lish arafasida turibdi.

Yangi milliy pasport dunyoning eng rivojlangan mamlakatlarida amalda bo‘lgan pasportlarni o‘rganish, ularning eng yaxshi jihatlarini respublikamiz shart-sharoitlariga moslashtirish hamda to‘ldirish natijasida yaratildi. Ilgari pasportlar qo‘lda to‘ldirilgan bo‘lsa, endilikda ulardagi yozuvlar zamonaviy talablarga javob beradigan mashinkalarda qayd etiladi. Biz buning uchun 300 dan ziyod xodimni ana shu mashinkalarda ishlashga o‘rgatdik. Ularga germaniyalik mutaxassislar va boshqarmamizning yetakchi xodimlari saboq berdi.

Hozir respublikamizning barcha viloyatlari va shaharlarida ana shunday texnik vositalar mavjud. Ular xalqimizga yangi yil tuhfasini qilib 1995 yilning yanvaridan boshlab milliy pasportlarni tarqatish uchun shay bo‘lib turibdi.

Respublikamizning birinchi milliy pasportlari dastavval kimlarga beriladi degan savol tug‘ilishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasida pasport tizimi to‘g‘risidagi Nizom»ni harakatga kiritish to‘g‘risidagi Farmonida aytilganidek, uni birinchi navbatda 16 yoshga to‘lgan yigit-qizlarga, pasportlarining harakat muddati tugagan, familiyasi, ismi, sharifini yoki millatini o‘zgartirmoqchi bo‘lgan, shuningdek, pasportini yo‘qotgan va xorijga chiqmoqchi bo‘lgan fuqarolarga beriladi.

Fuqarolarimizni milliy pasportlarni qayerdan olish qiziqtirsa kerak. Buning uchun har bir fuqaro o‘zi yashab turgan hududdagi ichki ishlar idoralariga murojaat etsa kifoya.

Ushbu pasportning afzallik tomonlari haqida gapiriladigan bo‘lsa, avvalo, fuqaro yangi pasport bilan chet ellarga bemalol bora oladi. Buning uchun ichki ishlar idoralari fuqaro pasportiga ikki yilgacha «dunyoning barcha mamlakatlariga chiqishga ruxsat etildi» degan shtamp bosib beradi.

Pasport 32 varaqdan iborat bo‘lib, unda fuqaro haqida batafsil ma’lumotlar yoziladi, shuningdek, uning bolalari, yashash joyi haqidagi to‘liq ma’lumotlar ham ko‘rsatiladi. Uning 21 beti esa chet mamlakatlarga chiqish uchun ruxsat vizalari uchun ajratilgandir.

Pasportning so‘nggi betida «Pasport O‘zbekiston Respublikasi mulkidir. Ushbu pasport egasi O‘zbekiston Respublikasi himoyasidadir» degan so‘zlar zikr etilgan. Bu esa vatandoshlarimizning siyosiy tomondan himoyalanganini bildiradi.

O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar idoralari xodimlari yurtimizning barcha fuqarolari kabi mamlakatimiz Prezidentining milliy pasportni joriy qilish haqidagi Farmonini ko‘tarinki ruh bilan qabul qildilar.

Ushbu tadbirlarni xotirjamlik bilan hamda sifatli amalga oshirish respublika ichki ishlar vazirligi rahbariyatining diqqat markazida turibdi.

Xulosa qilib aytish mumkinki, O‘zbekiston Respublikasi hayotidagi ulkan siyosiy ahamiyatga ega bo‘lgan bu tadbirlarni bajarish uchun bizda barcha imkoniyatlar, shart-sharoitlar mavjud. Ichki ishlar idoralari xodimlari buning uchun shay bo‘lib turibdi.

Total words

359

Unique words

252

Annotated anthroponyms

0

Toponyms

2

TTR

0.702

Hapax

201

Distribution

Top frequency chart

Dataset