Fabrika qoshida ikkita bolalar bogʻchasi va yaslisi, ishchilar oshxonasi, <<Mehribon>> atelesining filiali, poyabzal, soat va elektr asboblarni remont qiladigan ustaxonalar, ximchiska, savdo tarmoqlari ishlab turibdi. Ularning ish grafikalari smenalar almashishi va tanaffus vaqtlariga moslab belgilangan. Ayollar gigenasi, dam olish xonalari, sogʻlomlashtirish va meditsina punktlari, klub, kutubxona-ishchilar xizmatida.
180 kommunistni oʻz saflariga birlashtirgan 6 ta sex partiya tashkiloti, 17 ta partiya guruppasi, kasaba soyuz va Komsomol tashkilotlarini yangi urf -odatlarni turmush tarziga singdirish, oila marosimlarini yangicha oʻtkazish borasida aktiv faoliyat koʻrsatishyapti. Oilaviy shodiyonalar, toʻylar ortiqcha chiqimsiz va spirtli ichimliksiz, koʻngilli, sermazmun oʻtyapti.
Korxona rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari, shuningdek, ^^Z. Matjonova^^, ^^Sh. Masharipova^^, ^^Z. Abdurahmonova^^ kabi jamoatchilarimiz toʻy va boshqa marosimlarga bosh-qosh boʻlishadi, yosh oilalarning ehtiyojlariga sezgirlik bilan qarashadi. Tikuvchilardan ^^Fotima Olloberganova^^, ^^Klara Yoqubova^^, ^^Guliston Otajonova^^larning nikoh toʻylarida ularning ustozlari, mehnat veteranlari ishtirok etishdi. Yangi qurilgan oilalar turar joy sharoitini yazshilashga yordam koʻrsatildi.
Oilalarning eng muhim burchi muhabbatli, totli va sogʻlom turmush kechirish, munosib oʻg‘il-qizlarni tarbiyalab oʻstirishdan iborat. Bu ish faqat shaxsiy hayotga taalluqli boʻlib qolmay, mehnat kollektivi va jamiyat hayotining ham ajralmas qismi hisoblanadi.
Shuni hisobga olib, oilalar bilan aloqani mustahkamlashga katta ahamiyat berayotirmiz. Mehnat ilgʻorlarini sharaflashga, madaniy tadbirlarga, bayram shodiyonalariga ishchilarning oila a’zolari ham taklif qilinadi. Quvonchli kunda qutlash, kasallanganida undan hol soʻrash, sevinchiga ham, dardiga ham sherik boʻlish kishiga dalda bagʻishlaydi, koʻnglini koʻtaradi. Insoniylikka xos bu taomil bizda odat tusiga kirgan.
Ishchi nomini, sulola sharafini uiugʻlayotgan, onalari izidan borib, mehnatda dovruq taratgan qizlarimiz korxonaning kelajagi, munosib vorislaridir. ^^Muyassar Madaminova^^, ^^Maryam Hasanova^^, ^^Oltin Abdullaeva^^, ^^Zulfiya Yoʻldosheva^^ singari chevar qizlar onalari bilan yonma-yon mehnat qilmoqdalar. Kasbga mehr uygʻotgan, tikuvchilikning sir-asrorlarini oʻrgatgan onalaridan andoza olib, ishlab chiqarish ilgʻorlari safida borayotgan bunday oʻtyurak qizlar koʻp.
Ishchilarimiz oʻrtasida murabbiylik harakati tobora qizgʻin tus olmoqda. Mehnat veterani ^^Anbar Yusupova^^ koʻp shogirdlarining mohir tikuvchi boʻlib etishishga erishdi. Kommunistik mehnat zarbdori, $$Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti$$ deputati ^^Maryam Hasanova^^, master ^^Ra’no Rahmonova^^ uning shogirdlaridandir. KPSS a’zosi master ^^Yoqutjon Bobojonova^^ning oʻgʻillari –[Ulugʻbek], [Davronbek] shu korxonada mexanik, oʻnga yaqin shogirdi esa -tikuvchi.
Shu fakt diqqatga sazovorki, biz murabbiyga faqat kasb oʻrgatuvchigina emas, balki tarbiyachi deb ham qaraymiz. Shogirdning axloqiy sifatlari, oilaviy ahvoli, shaxsiy xususiyatlari uchun murabbiyning mas’uliyati oshirilmoqda. Murabbiylar, xotin -qizlar oʻrtasida ishlash komissiyasi a’zolari, sex va brigada boshliqlari oilaviy marosim va tadbirlarda faol qatnashmoqdalar. Koʻpchilik oilalarda hushyor turmush tarzi qaror topganligi, mehnatsiz daromadga moyillik va boqimonda boʻlish kayfiyatiga barham berilganligi izchil, ta’sirchan tarbiyaviy ishning samarasidir. Oilaviy mojarolarni jamoatchilikning ta’sir kuchi bilan bartaraf qilishga, ajralishlar boʻlmasligi uchun hamma choralarni koʻrishga doimiy e’tibor berayotirmiz.
Zarrada quyosh aks etganidek, sosialistik turmush tarzi afzalliklari mustahkam va ahil oilalar koʻzgusida yorqin mujassamlashgandir. Korxonamizda mehnat qilayotgan qahramon onalardan ^^Raviya Hayitboeva^^, ^^Rahima Annaeva^^, ^^Onajon Abdullaeva^^, ^^Bekposhsho Nurjonova^^ va ^^Hojibibi Husainova^^larning oilalarida oʻsib voyaga yetgan farzandlar goʻzal ma’naviy qiyofasi, mehnatsevarlik, rostgoʻylik, kamtarlik fazilatlari bilan boshqalarga oʻrnakdir.
Ishimizda kamchiliklar ham oz emas. Ishchilarni turar joy bilan ta’minlash muammosi hanuz hal qilinmagan. 380 bolaga moʻljallangan ikkita bogʻchada 450 bola tarbiyalanayapti, maktabgacha yoshdagi bolalar esabundan ancha koʻp. Bolalar bogʻchasi, pionerlar lageri qurilishlaridagi sustkashlikka barham berish kerak. Xonadonlarda boʻlsangiz, eskilik sarqitlaridan xalos boʻlmagan, diniy urf-odatlarga rioya qiluvchi kishilarni uchratasiz. Bola tarbiyasiga loqayd qarayotgan ota -onalar bor. Demak, korxonada ham, oilalarda ham gʻoyaviy -tarbiyaviy ishni yanada kuchaytirishimiz zarur.
Total words
516
Unique words
432
Annotated anthroponyms
21
Toponyms
1
TTR
0.837
Hapax
383
Distribution
Top frequency chart
Dataset