🔍

Article

BIZGA YOZADILAR

By J. JUMANIYOZOV,O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi a’zosi, … • in 1994

SUVTUSHARLIK KLARNING DARDA KIM MALHAM BO‘LADI?
$$Shahrisabz tumanidagi Suvtushar qishlog‘i$$ni ko‘rib O‘zbekistonning «Kichik Shveytsariyasi» deyish mumkin. Bu qishloqning manzarasi va uning baland sharsharalari «Layli va Majnun» videofilmi orqali yurtimiz ahli uchun juda yaxshi tanish. Xuddi o‘sha jannatmakon maskan Karl Marks nomli jamoa xo‘jaligi hududida joylashgan.

Albatta, chetdan qaragan kishiga bu yerda yashayotganlar ertaklardagi singari afsonaviy go‘shada g‘am-tashvishsiz istiqomat qilayotgandek tuyuladi. Aslida ham shundaymi? Afsuski, yo‘q. Mazkur qishloq va, shuningdek, uning atrofidagi Hisorak, Sayyod, G‘ilon, Boshqop qishloqlarida yashovchi aholining tuman markazi bilan borib-kelishi juda katta muammolardan biri hisoblanadi.
Qishloqdan shahar markaziga birorta ham avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilmaganligi sababli, aholi bozorga borib, mayda-chuyda xarid qilish uchun yo‘lovchi mashinalarni soatlab, hatto ba’zan kunlab kutishga majbur bo‘ladi. Bir paytlar Karl Marks nomli jamoa xo‘jaligidan Shahrisabzgacha sal kam 40 kilometr yo‘l qurilgan edi. Lekin bugungi kunda ushbu yo‘lning yarmidan ko‘proq qismi yaroqsiz ahvolga tushib qolgan. Natijada transport qatnovi uchun jiddiy qiyinchiliklar tug‘ilmoqda.
Bu masalani oson hal etish maqsadida tuman mutasaddilari rahbarligida bundan ikki yil avval Amuqum bilan Suvtushar qishlog‘i oralig‘iga asfalt yo‘l yotqizish uchun juda ko‘plab soylar, kirliklar tekislangandi (chunki Amuqumdan Shahrisabzgacha avtobus qatnardi). Afsuski, ana shu ishlar ham o‘lda-jo‘lda qolib ketdi. Oqibatda Suvtushar aholisi orzusi yana sarobga aylandi.

Ana shu haqda tuman mutasaddi rahbarlari bir o‘ylab ko‘rishsa, zora dardimizga malham bo‘lishsa, deb suvtusharliklarning dardini ochiq ko‘chiruvchi:

Ilhom DUSMURODOV.

---

SIZDAN IGINA, BIZDAN BUGINA

Bir paytlar gazlama to‘qiydigan, kiyim-kechak ishlab chiqaradigan har bir sanoat korxonasining metall tamg‘asi bo‘lib, mahsulotlarga o‘yib qo‘yilar edi. Ammo negadir so‘nggi paytlarda bunday tamg‘alar butunlay yo‘qolib ketdi.
Bizning O‘zbekiston Ko‘zi ojizlar jamiyati tizimiga qarashli Buxoro o‘quv-ishlab chiqarish korxona­miz zavod-fabrikalar uchun ana shunday tamg‘alarni istagancha tayyorlab bera oladi. Buning uchun zarur xomashyo zaxiralari ham o‘zimizda bor. Gap shundaki, biz bu yerda konserva bankalarini yopishda foydalaniladigan sariq rangli metall chiqindilaridan foydalanamiz.

Biz tayyorlagan tamg‘alar juda bejirim, chiroyli. Har bir korxonaning nomi unga maxsus shtamplar yordamida o‘yib yoziladi. Bahosi ham uncha qimmat emas. Agar korxonalar biz bilan hamkorlik qilsalar, ko‘zi ojiz nogironlarga juda katta amaliy yordam, ma’naviy va moddiy ko‘mak ko‘rsatgan bo‘lardilar. Bu ishsizlik muammosiga batamom barham berib, korxonamiz jamoasini bozor iqtisodiyoti sharoitida ijtimoiy jihatdan to‘la himoya qilgan bo’lur edik.

Akbar HAYDAROV,
O‘zbekiston Ko‘zi ojizlar jamiyati Buxoro o‘quv-ishlab chiqarish korxonasi direktori.

---

MEHR RISHTALARI MUSTAHKAMLANYAPTI

Qadimdan har bir qishloqning o‘z yetakchilari — oqsoqollari bo‘lgan. Ularning maslahat-kengashlari bilan el-yurt muammolari hal qilingan. Xalq uchun foydali tadbirlar belgilang­an. Mahalla-ko‘yda tinch totuv hayot hukm surgan.
Yaqinda o‘z mahalladoshlaridan oq fotiha olgan mahalla oqsoqollariga ham ajdodlarimizning ana shu chiroyli an’analarini davom ettirishga keng yo‘l ochildi.

Qo’ro‘gonimizda 11 mingdan ziyod aholi istiqomat qiladi. 1993-yilning noyabr oyida qishloq kengashi tugatilib, uning o‘rnida shaharcha fuqarolar yig‘ini ish boshladi. Maslahatchilarni sayladik. Ko‘pchilikning ishonchi bilan yig‘inga oqsoqol bo‘ldim.

Maslahatchilarimiz ilk faoliyatlarini uch yo‘nalishda olib bormoqda: aholining me’yorlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari va kiyim-kechaklar bilan ta’minlanishini nazorat qilmoqda, qishloqni obodonlashtirish, xonadonlarga gaz, suv va issiqlik yetkazib berishga ko‘z-quloq bo‘lib turibdi, tartib-intizomni mustahkamlash, tarbiya va o‘qitish masalalari bilan shug‘ullanmoqda.

O‘zbekiston Respublikasining «Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»gi Qonuni hayotimizga tez singib ketdi va samarasini bera boshladi. Ushbu qonun asosida yo‘lga qo‘yilgan o‘zini-o‘zi boshqarish organlari bugun odamlarni yanada jipslashtirmoqda, mehr-oqibat rishtalarini mustahkamlab, mahalla va qishloq ahliga rahbarlik qilishda yangicha uslubni yuzaga kelyapti.

B. PIRNAZAROV,
Guliston tumanidagi Dehqonobod shahar fuqarolar yig‘ini raisi.

---

QACHON TARTIB O‘RNATILADI?

Xonqa tumanidagi Alisher Navoiy nomli jamoa xo‘jaligining iqtisodi kun sayin mustahkamlanib, yuksalib bormoqda. Hukumatimizning g‘amxo‘rliklari natijasida mehnat ahli farovon va tinch-totuv yashayapti. Ammo ayrim mutasaddi tashkilotlarning beparvoligi tufayli qishloq ahlining ta’blari xira bo‘layapti.

Bir necha yil avval qishloqdan viloyat markaziga avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilgandi. Lekin shu joydan tuman markaziga avtobus qatnovini yo‘lga qo‘yish esa juda qiyin kechmoqda. Dastlab binoyidek qatnay boshlagan avtobus kun ora ko‘rinmay qoldi. Kimdir vaqtini boy berib, «Xorazmtrans» ishlab chiqarish birlashmasi rahbarlari oldiga yugurdi, yana kimdir turli tashkilotlarning ostonasini hatlab, asablari ezilib chiqdi.
«Xorazmtrans» rahbarlari esa qishloq yo‘llarini avtobus qatnovi uchun yaroqsiz deb topib, tuman markaziga qatnayotgan avtobus yo‘nalishini to‘xtatib qo‘yishdi. Qishloqning ichki yo‘llarini qayta ta’mirlashga esa rosa 1,5 yil vaqt sarflandi. Nihoyat tuman markaziga avtobus qatnay boshladi. Biroq qishloq ahlining sevinchi uzoqqa cho‘zilmadi.
Chunki bu yo‘nalishga mashina 13-avtobus saroyidan emas, balki Yangiariq avtokorxonasidan ajratildi. Nazorat sustligi tufayli haydovchilar kirim pulini davlat g‘aznasiga emas, cho‘ntaklariga urishdi. Ba’zan esa mo‘mayroq foyda topish niyatida yo‘nalishni tashlab, «Kolajich» dam olish maskani va Sulton Uvays ziyoratgohiga qatnay boshladilar. Yo‘lovchilar esa ozor chekishyapti.

Ayni paytda Yovqos qishlog‘i odamlarining haqli e’tirozlariga «Xorazmtrans» rahbarlari turli xil bahonalarni ro‘kach qilib, yo‘nalishda tartib o‘rnatib, nazoratni kuchaytirish o‘rniga avtobus qatnovini butunlay to‘xtatib qo‘yishdi. Asosiy bahonalardan biri, go‘yoki «kam pul tushadi» emish.
O‘zingiz o‘ylang: haydovchi faqat hamyonini o‘ylasa, nazoratchilar beparvo bo‘lsa, daromad qayerdan kelsin? 10–15 kilometr masofadan tuman markaziga oyoq-piyoda ezilib borayotgan yo‘lovchilarning arzini tinglaydigan birorta mas’ul topilarmikan?

Total words

752

Unique words

561

Annotated anthroponyms

0

Toponyms

1

TTR

0.746

Hapax

458

Distribution

Top frequency chart

Dataset