🔍

Article

YANGI MEHMONXONA ISHGA TUSHISH ARAFASIDA

By I. Safargalieva, O‘zA muxbiri • in 1994

Toshkentning qoq markazida Hindistonning mashhur «Tata prodjekts limited» firmasi qurayotgan to‘rt yulduzli mehmonxona bitay deb qoldi. «O‘zbekturizm» ishlab chiqarish birlashmasi bosh direktori S. Porfiryevning gapiga qaraganda, qurilishda qariyb so‘nggi ishlar bajarilmoqda.

— Oxirgi pardoz ishlari qoldi, xolos, — deydi u. — Jihozlarni o‘rnatib, mebel olib kirilsa bas. Ammo, mebelni qayerdan sotib olish masalasi hozircha hal bo‘lgani yo‘q. Italiya va Finlyandiya firmalari bizga o‘z mahsulotini taklif etmoqda. Bu ishda mebelning sifatigina emas, uning narxi ham muhim. Mehmonxonani qurib bitkazish uchun zarur mablag‘ga keladigan bo‘lsak, afsuski, u yetishmaydi. Ko‘rib turibsizki, muammolarimiz ham yetarli. Bu muammolar faqat Toshkentdagina emas, Buxoro va Samarqandda qurilayotgan mehmonxonalarga ham tegishli. Shuning uchun biz O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning Hindistonga qilgan rasmiy davlat tashrifiga katta umid bog‘laganmiz. Hamma narsa hal bo‘lsa, mehmonxonani to‘rt oyda ishga tushirish mumkin.

Hind quruvchilari o‘zlarining yuksak mahoratini namoyish etishdi. Ular bajargan ishlarning barchasi sifatining yuksoriligi bilan ajralib turadi. Bu muhtasham mehmonxonaning tashqi va ichki bezagiga kelsak, loyihachilar nafaqat iqlim sharoitimiznigina emas, xalqlarimizning madaniy an’analarini ham hisobga olganini aytib o‘tish lozim. Har xil rasm, bezak, haykallar o‘zbek va hind xalqlarining boy madaniy merosini aks ettiradi.

Hozircha mehmonxonaga nom qo‘yilgani yo‘q. Ammo bu — hal qilinishi qiyin muammolardan emas. Yaqin kunlarda Toshkentimiz mehmonlari ismi jismiga mos ko‘rkam mehmonxonada hordiq chiqarishga boshlashadi.

Total words

201

Unique words

177

Annotated anthroponyms

0

Toponyms

0

TTR

0.881

Hapax

162

Distribution

Top frequency chart

Dataset