🔍

Article

“O’PQON” QOPQONGA TUSHDI

By Temur ABDURAHMONOV, «Xalq so‘zi» muxbiri • in 1993

(Fel’eton o‘rnida) Nima desangiz dengu, bugungi iqtisodiy qiyinchiliklardan oshiği olchi bo‘layotganlar ham yo‘q emas. Ular kimlar dersiz! Qay birini aytay: kechagi nos-furushu pista-furush kasbini o‘zgartirib, sigaretu saqichfurushlikka o‘tganda nafsi yuho korchalonlar to mosha-bin bo‘lib turarmidilar!! «Keldi davring, sur begim», deya butun hunaru a’mollarini ishga solib o‘p-qonlarini to‘ldirish bilan ovoralar.

Sirdaryo shahridagi «O‘z stroykonstruktsiya» territorial ishlab chiqarish birlashmasiga qarashli texnologik komplektlash ishlab chiqarish boshqarmasi (UPTK) boshlig‘i Artyom Li ham ana shunday «o‘pqon»lardan chiqib qoldi.

Buni qarangki, nomi uzun dan uzoq tashkilotning ismi sharifi qisqagina rahnamosi Li akamiz muhr bosib, jimjimali imzo chekkan hujjat bo‘yicha 1992 yil 9 noyabr kuni Sirdaryo temir yo‘l stansiyasidan dunyoning bir chekkasida joylashgan Ulan-Ude shahriga 4 ta vagon jo‘natilishi kerak edi. Yuqorida zikr etilgan shahardagi «Noran» aksionerlik birlashmasi ushbu vagonlar evaziga 2150 kub metr yog‘och va 5 ta avtomashina yuborish majburiyatini olgandi. Axir bu foydali ish ekanu, deyişingiz mumkin. Ha, biz ham avval shunday deb o‘ylagandik. Chunki o‘zaro shartnomaga ko‘ra nomi uzun-dan uzoq tashkilot nomidan oktyabr oyida ham 100 tonna piyoz jo‘natilgan ekan.

Aslida, bu safar ham ish xamiridan qil sug‘urganday o‘tayotgandi. Lekin kutilmaganda bojxona qo‘mitasi xodimlari paydo bo‘lishdi-yu, ishning beliga tepishdi. Qaysarlik qilib, tayyor turgan vagonlarni tekshiramiz, deb turib olishdi. Li akamizning shovvozlari ham avvaliga biroz qaysarlik qilib ko‘rishdi. Iloji qolmagach, vagonlarni ochishga majbur bo‘lishdi.

Ko‘pni ko‘rgan bojxonachilar «Uzplodoovoshchvinprom» konsernidan berilgan ruxsatnomada faqat 240 tonna piyoz qayd etilganidan yaxshi xabardor edilar. Lekin 9960 kilo limon, 3421 kilo anor, 2761 kilo olma, 2000 kilo sabzi, 80 kilo kolbasa, 5148 kilo qora choy va nihoyat bor-yo‘g‘i 74 ming 290 kilo piyozni ko‘rib hayratdan yoqa ushlab qolishdi. Qarang, davlat bahosida ular bor-yo‘g‘i 3 million 330 ming 122 so‘m turarkan, xolos. A. Linigapiga qaraganda «shunga ham ovoragarchilikmi», deb ularni tashkilot omborxonasining kirim va chiqim hujjatlarida rasmiylashtirmay qo‘ya qolishgan ekan.

To‘g‘ri, osmon uzilib yerga tushgani yo‘q: mahsulotlar Sirdaryo shahri va rayoni aholisi uchun sotish savdo tashkilotlariga o‘tkazildi. Faqat nomi uzun-dan uzoq tashkilot boshlig‘i Li akamizga qiyin bo‘ldi. Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibni buzgani uchun unga rosa 1000 (ming) so‘m jarima solishdi. «Bechoraga jabr bo‘libdi-da», deysizmi? He, yo‘q. O‘zi qoidasi shunaqa. Eshitishimizga qaraganda, nomi uzundan-uzoq tashkilot bilan bog‘liq ishni tergov idoralari ham o‘rganayotgan emish. Odamlar, yana to‘rt-besh bechoraga jarima solishmasin-da, deb xavotirlanib turishibdi.

Yana kim biladi, deysiz...

Total words

364

Unique words

303

Annotated anthroponyms

0

Toponyms

0

TTR

0.832

Hapax

267

Distribution

Top frequency chart

Dataset