🔍

Article

Ilojini topishsa parvozniyam o’marishadiyey

By T. Rasulov, adliya hodimi, Sh. … • in 1993

$$Temiryo‘l transporti$$ orqali tashiladigan barcha yuklar ko‘p yoki kamligi, qimmat yoki arzon bo‘lishidan qat’i nazar to‘la-to‘kis va nosoz holda buyurtmachilarga yetkazib berilishi kerak.

Amaldagi tartib-qoidalarga ko‘ra, yuklar vagonlarga ortilib qabul qilinib olindimi, bas, uning uchun po‘lat iz hodimlari javobgardirlar. Ko‘p hollarda yuk belgilangan manzilga vaqtida va to‘laligicha yetkazib berilayapti. Lekin shunday nomatlub hodisalar ham sodir bo‘lib turibdiki, ularga munosabat bildirmaslik aslo mumkin emas.

Ha, sinchkov gazetxonlarimiz fahmlashayotganidek, bu yerda gap temiryo‘ldagi o‘g‘riliklar haqida bormoqda. Yo‘lda yuklarni o‘g‘irlash, talon-toroj qilishdek hunuk voqeaning yuz berishi, shubhasiz, qo‘li va ko‘ngli toza har bir odamni ranjitadi. Yana bir ayanchli tomoni shundaki, bunday hunuk voqealarning yuz berishiga temiryo‘lchilarning o‘zlari ham sababchi bo‘lishmoqda. Davlat, xalq mulkiga xiyonat qilish bilan “transportchi” degan sharafli nomga dog‘ tushirayotganlar ko‘pchilik oldida sharmanda-yu sharmisor bo‘lishmoqda, jinoiy javobgarlikka tortilmoqda.

Yuklarning o‘g‘irlanishi, avvalo, temiryo‘lning o‘ziga qimmatga tushmoqda — yo‘qotilgan yoki gumdon qilingan yuk qiymati naqd pul bilan jarima sifatida mijozga to‘lanmoqda.

Bu illatga qarshi kurash olib borishga harakat qilinmoqda, albatta. Biroq uni to‘la bartaraf etish, tag-tomiri bilan yo‘qotishga erishish mushkul bo‘layapti. Egri yo‘llar o‘zlarining nopok niyatlarini amalga oshirish yo‘lida hech narsadan qaytmayaptilar, tuynuk topmoqdalar. Buning oqibatida birgina o‘tgan yili va shu yilning uchinchi choragida ikki yuz martadan ortiq o‘g‘rilik hodisasi ro‘y berdi. Unda qatnashgan 346 kishi, shu jumladan temiryo‘lda ishlovchi 134 kishi jazolandi, jinoiy javobgarlikka tortildi va sud qilindi.

Shumnilov stansiyasi hodimi B. Marajapov ilgari davlat mulkini o‘g‘irlagani uchun sudlanib chiqqan. U stansiyadagi “O‘zbekko‘opvneshtorg” nomiga kelgan yuk konteynerlaridan birining plombalarini buzib, bahosi 320 so‘mlik turli ayollar yubkalaridan 30 tasini pinhona olib chiqib gumdon qildi. Lekin tegishli organlar hodimlarining bir necha oy davomida sinchiklab olib borgan surishtiruv ishlari tufayli jinoyat fosh etildi.

Shu stansiya hodimi Sobirjon Zokirovning ham yo‘li egri ekani ma’lum bo‘ldi. Mo‘ljallangan ishini bir o‘zi eplay olmasligini payqab, sheriklar qidira boshladi. O‘zi bilan bir stansiyada ishlab kelgan Najmiddin Tolanov va “Zangori ekran” ustaxonasi ishchisi Hotam Ro‘zievlarning ko‘ngliga yo‘l solib ko‘rgan edi, adashmaganligi ma’lum bo‘ldi. Shundan keyin uchovlon qulay vaziyat tug‘ilishini kutishdi va nihoyat mavridi kelib qoldi — G‘arbiy Germaniyadan “Uzobuvtorg” bazasiga kelgan konteynerni buzishib, undan “Salamander” oyoq kiyimlarini olib chiqishdi va qopga solishib gumdon qilishdi. Lekin ular VOXR xodimlari tomonidan qo‘lga olindilar va shubhasiz qilgan ishlariga yarasha jazolandilar.
Toshkent temiryo‘l stansiyasi hodimi Jumaboy Kartbaev ham davlat mulkiga ko‘z olaytiradiganlardan chiqib qoldi. Bilolov degan shaxsga R-65 markali 1 dona relsni naqd sotib, pulini olayotganda, ya’ni Jizzax vohasidagi temiryo‘l stansiyasiga qarashli 8-sonli vagonlar deposi ishchilari Ilhom Teshaboev, Saydullo Mirzaboev, Tursunqul Ibragimov, Aleksey Alekseev, Faxriddin Abdurazzoqov, Qurbonboy Ro‘zqulov Navoiy shahridan Zarafshon stansiyasiga jo‘natilgan va Xovos stansiyasi deposining vagon tuzatish yo‘lida turgan vagon ichiga kirishib, har birining narxi 2285 so‘mlik jami 23 dona, umumiy qiymati 51412 so‘mlik isitkich radiatorlarini o‘g‘irlab chiqishayotganida militsiya hodimlari tomonidan qo‘lga olindilar.

Termiz temiryo‘l stansiyasining hodimlari Abdurahul Musurmonov, Alixon Mahmanov, Ro‘ziboy Rajabov, Ro‘ziboy Toyloqov, Odiljon Qosimovlar Dushanbega jo‘natilishi kerak bo‘lgan vagon eshigini ochishib, jami 397,7 metr, ya’ni 23522 so‘mlik Suriyada ishlab chiqarilgan gazlamani yashirin ravishda o‘g‘irlab olib, vagon tagiga yashirishayotganida VOXR xodimlari qo’lga oldilar.
O‘g‘rilar cho‘chib ketishadi, lekin tegishli organlar tomonidan qo‘lga olinadilar. Bunga o‘xshash voqealarni ko‘plab keltirish mumkin.

— Temiryo‘lda, jumladan poytaxt viloyatidagi stansiya va kichik bekatlarda vagonlardan turli xil buyumlarning o‘g‘irlanishiga qarshi muntasil kurash olib borilayapti, — deydi O‘zbekiston Respublikasi transport prokurori, katta adliya maslahatchisi B. S. Buxorov. — Lekin u hamon ko‘ngildagidek samara bermayapti. Har yili qilingan o‘g‘rilik uchun qancha-qancha jinoyatchilar ushlanib, sud orqali javobgarlikka qilinyapti.

Total words

542

Unique words

425

Annotated anthroponyms

0

Toponyms

1

TTR

0.784

Hapax

353

Distribution

Top frequency chart

Dataset