🔍

Article

“PAXTA PISHMAYAPTI!” NEGA? YOKI QOʻRGʻONTEPA RAYONIDA PAXTACHILIKNI RIVOJLANTIRISHGA NIMALAR XALAQIT BERYAPTI?

By A. Qurbonboev, "Sovet Oʻzbekistoni" muxbiri. • in 1987

Keyingi yillarda $$Qoʻrgʻontepa rayoni$$ qishloq xoʻjaligida orqaga ketish odat tusini olayotir. Hosildorlik kamayib ketdi. Rayon aktivlari, raykom byurosi a’zolari bugun hijolatda. Odamlar bir -birlariga rayon partiya komitetining birinchi sekretari, tajribali rahbar [Uzoqboy Sarimsoqov]ga nima boʻldi, degan ma’noda savol beradigan boʻlib qolishdi. Avvalgi izlanishlar, ishbilarmonlik, tashkilotchilik mahorati qani?
Biz ham ana shunday mulohazalar bilan $$Qoʻrgʻontepa rayoni$$ga bordik. Sekretar bilan suhbatlashdik.
-Haqiqatni yozing, -dedi u norozi ohangda, -biz oblast partiya komitetiga Qoʻrgʻontepaning tabiiy sharoiti ogʻirligi haqida xat yozdik. Rayonimiz togʻ oldi zonasida. Andijon suv ombori etaklarida joylashgan. Yogʻingarchilik koʻp boʻladi, hatto saratonda ham yomgʻir yogʻadi. Bahor kech keladi, kuz esa erta tushadi.
Raykom sekretari bizga oblast partiya komitetiga yuborilgan xatning nusxasini berdi. Unda shunday satrlar bor edi: <<rayonda paxta etishtirish uchun foydali harorat etishmaydi. Ayniqsa 1986 yilda foydali harorat oblastdagi oʻrtacha koʻrsatkichdan 300 daraja kam boʻldi. Gʻoʻza parvarishi davrida tez-tez yomgʻir yogʻishi qatqaloqni koʻpaytirdi. Qator oralariga 5-6 martadan ishlov berilishi natijasida er berch boʻlib, koʻchatlar siyraklashdi.
Buning ustiga $$Andijon suv ombori$$dan olingan 5-10 daraja sovuq suv yosh nihollarining rivojiga salbiy ta’sir koʻrsatdi. Hosilning kech yetilishiga sabab boʻldi. Natijada hosildorlik kamayib, paxtaning sifati pasaydi, tannarxi ortdi.
Rayonda 14 xil paxta navi ekildi. Ularning koʻpi pishmay qoldi, vilt bilan kasallandi, plandagi hosilni bermadi. Yuqori sort paxta yil sayin kamayib bormoqda. Shuning uchun ham rayon xoʻjaliklari koʻrayotgan daromad va foydalar salmogʻi hamon pastligicha qolayotir.
Modomiki, shunday ekan, royonda paxtachilikni rivojlantirish istiqboli haqida oʻylab koʻrish kerak>>.
Bu xat rayon rahbarlarining hasratidek, mas’uliyatni oʻzidan soqit qilayotgandek tuyulsa ham lekin uning zamirida ma’lum haqiqat bore di. Chindan ham $$Qoʻrgʻontepa$$, $$Jalolquduq rayonlari$$ni $$Andijon oblasti$$ning togʻli zonasi deb atashadi.
Lekin hamma aybni tabiatga agʻdarib, undan xayr ehson kutib oʻtirish partiya va sovet xodimlariga yarashmaydi. Bu-ojizlik, izlanmaslik, oʻz-oʻzini yupatish alomatidir. Zero, uni qayta qirish, jadallashtirish talablari bilan ham muvofiqlashtirib boʻlmaydi. Toʻgʻri, tabiatni hech kim alday ham olmaydi. Ammo tabiat oldida tiz choʻkmasdan, qishlaq xoʻjalik ekinlaridan moʻl hosil olayotgan tajribakorlar ham yoʻq emasku, axir?!
-Paxtadan boshqa hamma sohada ilgʻormiz, -davom etdi sekretar. – Rayon sanoatini rivojlantirib oyoqqa turgʻizib qoʻydik. Mahsulot ishlab chiqarish Keskin ortdi. Obodonlashtirish borasidagi ishlarimiz maqtovga loyiq. Yangi maktablar, bogʻcha -yaslilarni koʻpaytorib yubordik. Avvalgi yillardagiga qaraganda donchilik, chorvachilik, pillachilik, sabzavotchilik, bogʻdorchilik oʻsdi. Ana shular haqida yozsangiz boʻlardi.
Shu chogʻ raykom sekretarining kabinetiga ministirlikdan kelgan mehmon kirib qoldi. Suhbat boʻlindi. Biz rayon agrosanoat birlashmasi kengashining raisi [Bozorboy Abdurahmonov] bilan uchrashdik. U sshunday spravka koʻrsatdi.
<<1986 yilda 1979 yildagiga nisbatan rayonda pilla -1,2 marta, goʻsht, -1,9, sut- 1,3 marta, tuxum -1,2, sabzavot -1,2, meva -1,5, uzum -1,5, kartoshka -1,5 marta koʻpaydi>>.
$$Andijon oblast$$ statistika boshqarmasidan olingan spravka buning tsskarisi edi.
<< rayonida besh yillikda plandagiga nisbatan 399 tonna goʻsht, 2538 tonna sut, 1 million 163 ming dona tuxum kam ishlab chiqarildiyoki goʻsht etishtirish besh yillik plani 97,1, sut -94, 7, tuxum -91, 6prosent bajarildi>>.
Tafovutni qarahg?! Besh yillik plan toʻlmaganligini yashirish uchun bizni etti yillik ma’lumot bilan chalgʻitmoqchi boʻlishdi. Axir, bu ham koʻzboʻyamachilikning bir turiemasmi? 1986 yilda rayonda goʻsht etishtirish oldingi yildagiga nisbatan 88 tonna, tuxum -186 ming dona kamayib ketdi. [Kuybishev] nomli sovxoz chorva mollari mahsuldorligi jihatdan oblast sovxozlari orasida oxirgi oʻrinlarda qoldi. Goʻsht, tuxum etishtirish tannarxi qimmatligicha qolayotir. Oʻtgan yilning oʻn oyida <<Dzerjinskiy nomli sovxoz har bir tovuqdan 76-81 donadan tuxum oldi. Bu -oblastda eng past koʻrsatkich. Rayonda sigirlar bosh sonini koʻpaytirish boʻyicha etarli ish olib borilmadi. Ular kamayib ketdi.
Demak, chorvachilik raykom sekretari aytganchalik oʻsib ketmagan ekan.
Paxtachilik sohasidagi ishlar bundan ham qonoqarsiz ahvolda. Keyingi olti yil mobaynida rayon bir marta ham paxta tayorlash yillik planini bajarmadi. Oʻtgan besh yillikda rayon davlatdan 22 ming 570 tonna paxta qarzdor boʻlib qoldi. Oʻn ikkinchi besh yillikning birinchi yilida ham paxta tayorlash planini arang 78, 5 prosent bajardi. Davlatdan yana 11 ming tonna paxta qarzdor boʻldi. Yalpi hosil bir yil ichida 7 ming tonnadan ziyodga kamaydi. Hosildorlik, 24 sentnerga tushib qoldi. Bu oldingi yildagidan 1, 7 sentner kam.
Eng achinarlisi shuki, rayon rahbarlari yaqin -yaqinda ham 1982 yil paxta tayorlash planini bajarganmiz, deb yurishardi. Afsuski, bu gap yolgʻon boʻlib chiqdi. Oʻsha yili rayon boʻyicha 1653 tonna qoʻshib yozilganligi, plan ana shu hisobga bajarilganligi aniqlandi. Oblast statistika boshqarmasi tergov organlari bergan hujjatga asosan oʻz hisobotiga $$Qoʻrgʻontepa rayoni$$ 1982 yil paxta tayorlash planini 100 prosent emas, 97, 4 prosent bajargan, deb tuzatish kiritdi.
Rayon boʻyicha uch yilda:
1982, 1983, 1984 yillarda jami 2268 tonna, shu jumladan, ^^Toʻxtagʻul^^ nomli kolxozda (sobiq raisi [B. Tilovoldiev]) 911 tonna, $$<<Komsomol>> kolxozi$$da (sobiq raisi [S. Boltaboev]) 570 tonna, $$<<Qahramon>> kolxozi$$da (sobiq raisi [M. Siddiqov]) 787 tonna paxta qoʻshib yozilgan.
Oʻtgan yili rayonda toʻqqiz xoʻjalikdan bittasi ham belgilangan planni uddalamadi. <<Savay>> sovxozida yalpi hosil bir yilda planga nisbatan 1263 tonna, [Kuybishev] nomli sovxozda 1448 tonna, <<Komsomol>> kolxozida 737 tonna, [Hamza] nomli sovxozda 2345 tonna kamayib ketdi. 222 ta brigadadan faqat 9 tasi paxta tayorlash planini toʻldirdi. 35 ta brigada 15 -20 sentnerdan hosil oldi.
$$<<Savay >> sovxozi$$44ning tashabbuskor ^^Guljiyan Yurdanidze^^ boshliq brigadasining ishi bilan tanishdik. Brigada 131 gektar maydoning har gektaridan 33, 4 sentnerdan hosil olib, planni 101 prosent bajardi. U obkom byurosida: <<Har gektar erdan 60 sentnerdan hosil olaman>>, deb va’da bergandi. Yuksak marra eggalanmadi.Lekin u <<paxta etishtirish uchun foydali harorat etishmaydi>> deyilgan joyda plan bajarish mumkinligini isbotladi. Shu sovxozning ^^Sultonxon Hurillaeva^^ boshliq brigadasi ham paxta tayorlash planini 105 prosentga etkazib bajardi.
Oʻtgan besh yillikda rayon paxtachiligida oʻrtacha yillik xarajat planda belgilanadigan ancha ortib ketdi. Rayonda bir sentner paxtaning tannarxi 49, 3 soʻmga toʻgʻri keldi. Bu -plandagidan 3,5 soʻm koʻp. [Kuybishev] nomli sovxozda bir sentner paxtaning tannarxi plandagidan salkam 9 soʻm, [Lenin] nomli kolxozda salkam 7 soʻm, [Engels] nomli kolxozda 5 soʻm ortib ketdi. Rayoning rentabellik darajasi 8 prosentga ham etmadi. Bu ham oblastda eng past koʻrsatkichdir.
Avvalgi yillardagidek oʻtgan yil ham rayonda moddiy sarflar asossiz ravishda yuqori boʻldi. Rayon boʻyicha koʻrsatkich 2,7 million soʻm atrofida oʻsdi. Bu, rayon partiya, sovet tashkilotlari, rayon agrosanoat birlashmasining rahbarlari hisob-kitob ishlari bilan shugʻulanishni xohlamayotganliklari oqibatidir. Aftidan, qayta qurish siyosatini $$Qoʻrgʻontepa rayon$$ partiya komitetida, rayon ijroiya komiteti (raisi [B. Boltaboev]) va RAPOda hali toʻla anglab etishmaganga oʻxshaydi.
Paxtachilikdagi qoliqlikka yana nimalar sabab boʻdi? Planga muvofiq rayonda har yili gektar boshiga oʻrtacha 30, 7 sentnerdan hosil olinishi kerak. Plandan oshsa kolxozchilarga 25 prosent miqdorida qoʻshimcha ish haqi beriladi. Oʻtgan yil zoʻrgʻa 24 prosentdan xirmon koʻtarildi. Kolxozchilar qoʻshimcha mukofotdan mahrum boʻldilar. Bu ahvol 6 yildan buyon davom etadi. Moddiy manfaaatdorlik yoʻq, kolxozchilarning choʻntagiga pul tushmayapti. Bunday holatda odamlar qanday ishlashi ma’lum.
Paxta pishmayapti?! Sabab: ertaki paxta navlari tanlab olingani yoʻq. Bahorda erta ekilgan 2 ming gektar maydondagi chigit unib chiqmadi. Qayta chigit ekildi. Oziqlantirish agrotexnikasi buzildi. Paxta kechki deb, oziqlantirish muddati choʻzib yuborildi. Oqibatda paxta battar kechga tortdi. RAPO bosh agronomi [X. Joʻraev] boshliq etakchi mutaxassislar tashabbus koʻrsatib ishlamadilar.
Rayonda hozir yangi yil hosiliga tayorgarlik ishlari ham talab darajasida emas. Chigit pushtaga ekilgan Moskva rayonida paxta ancha erta pishyapti. Qoʻrgʻontepaliklar ham bu tadbirni keng joriy etsalar yomon boʻlmasdi. Rayonda 1987 yil uchun 260 gektar er pushtaga ekish uchun tayorlanganligini aytishdi. Bu, daryodan tomchi- ku.
Rayon partiya, sovet tashkilotlari, agrosanoat birlashmasi rahbarlari, olti yillik doʻgʻni yuvish uchun ishni butunlay qayta qurishlari, eski odatlarni tark etishlari, odamlarning, rahbar xodimlarning mehnatga munosabatini, ongini oʻzgartirishlari, ularni aniq ish maromiga oʻrgatishlari kerak.
$$Qoʻrgʻontepa$$, $$Jalolquduq$$, $$Xoʻjaobod rayon$$larida roʻy berayotgan bunday qiyinchiliklar $$Oʻzbekiston SSR Davlat agrosanoat komiteti$$ga ham, respublika Meliorasiya va suv xoʻjaligi minisrligiga ham ma’lum. Ammo, hanuzgacha biror amaliy yordam koʻrsatilgani yoʻq. Respublika Davlat agrosanoat komiteti va tegishli ministrkliklar bu dolzarb masalani diqqat bilan oʻrganishlari, mazkur rayonlar ekonomikasini koʻtarish choralarini koʻrishda amaliy yordam berishlari kerak.

Total words

1,212

Unique words

757

Annotated anthroponyms

16

Toponyms

16

TTR

0.625

Hapax

578

Distribution

Top frequency chart

Dataset