🔍

Article

KO‘CHI BIR TUYAGA YUK, XOLOS

By Po‘lat Gadoev,«Xalq so‘zi» muxbiri. • in 1993

Xalqimizda: «Kambag‘al bo‘lsang, ko‘chib ko‘r», — degan naql bor. Bu hikmat cho‘pon-cho‘lichlarni chetlab o‘tganday. Chunki ular har yili oilasi bilan ikki-uch marta ko‘chib, yaylovlarni o‘zgartirib turishmasa, chorvaga baraka kirmaydi, mahsulot salmog‘ini oshirib bo‘lmaydi.

Rajab akanning yaylov kezib, suruv ketidan ergashganiga qariyb qirq yil bo‘ldi. Ana shu vaqt mobaynida 90 marta yaylov o‘zgartirildi, cho‘pon ham shuncha marta ko‘chdi. Oilasi-yu bolalari bunga ko‘nikib ketishgan.

Ilgari Nishon tumanidagi «Nishon» davlat naslchilik zavodida yuk yuruvchi tuyalar bo‘lardi. Cho‘pon ko‘chini ularga yuklab, yaylov kezardi. Elliginchi yillarning oxiri, oltmishinchi yillarning boshida yuqorining ko‘rsatmasi bilan tuyalar sal bo‘lmasa «eskilik sarqiti, feodalizm davrining transporti» deb e’lon qilindi. Tuya suruvlari rayonliklarning «vatanparvarlik tashabbusi» qurboni bo‘ldi: barchasi go‘shtga topshirib yuborildi.

Xo‘jalik ham go‘shtdan, ham qimmatbaho tuya junidan ajradi. Rajab aka endi ko‘chini eshaklarga ortib tashiydigan bo‘ldi. Afsuski, Markazdagi sobiq hukumat rahnamolari nazaridan eshaklar ham ko‘chib qutulolmadilar. Hamma zamonaviy mashina, mopedlar bilan ta’minlanishi bahonasida eshaklar ham qaytib kelmas ajnabiy mamlakatlarning cho‘shqasiga jo‘natildi. Ko‘ch-ko‘ron esa yuk mashinalariga, aravalarga ortiladigan bo‘ldi.

Yaqinda, oktyabr oyining o‘rtalarida Rajab aka xonadoni Gaur yaylovidan qishlov joyiga — Chigilga ko‘chishi lozim edi. Mashina hademay kelavermadi. Ko‘ch-ko‘ron, bundan o‘ttiz yil burungidek, yana eshaklarga ortildi. Rajab akaning ta’biricha, ro‘zg‘or buyumlari to‘rteshakda «ikki reys» tashildi.

Rajab Nurbonov cho‘ponlikka kelgan paytlari hozirgi yoshlarga o‘xshab yaylov o‘zgartirishni xush ko‘rmas, yangi joyga uzoq vaqt o‘rganolmay yurardi. Hozir esa, aksincha, bahor boshlanishi bilanoq ko‘chish taraddudiga tushib qoladi. Qoyimida cho‘ylar ham cho‘pon tashvishlarini sezgandek, yaylovning u boshidan bu boshigacha to‘xtamay yurish odatini chiqarib, o‘zga makonga haydalishi bilan tinchib qolishadi.

Yaylov o‘zgartirilishining xosiyatini Rajab aka yaxshi biladi. Nish bo‘yi cho‘y boqilgan yaylovdagi o‘t-o‘lanlar tap-tayyor bo‘lib ketadi. Ayniqsa, qorako‘l cho‘ylar deyarli har kuni xashaklarning eng saralarini chimdib olishadi. Ularni bir joyda uzoq muddat ushlab turib bo‘lmaydi. Cho‘ylar yangi yaylovlarda yayrab yashnaydi, chorva tuyog‘i tegmagan o‘t-o‘lanlardan bahramand bo‘ladi, tez semirib, cho‘zilar to‘lishib yetiladi.

Ayni kunlarda Rajab akalar xonadoni Chigil yaylovida kunu tunni bedor o‘tkazmoqda. Mohir cho‘ponga o‘g‘illari Ravshan bilan Shodmon ko‘makdosh.

— Chorvachilikda ishning muvaffaqiyatini, avvalo, qishlovning qanday o‘tganini belgilab beradi, — deydi «Nishon» naslchilik zavodi Xalq demokratik partiyasi boshlang‘ich tashkilotining kotibi, iqtidorli zootehnik Ali Tursunov. — «Qishlov — sinov», deb bejiz aytishmaydi. Uni har tomonlama puxta va uyushqoqlik bilan tashkil etgan, cho‘ylarni qishdan semiz olib chiqqan chorvador yutadi.

O‘tgan qishlovda Rajab Nurbonov bosh bo‘lgan otarda barcha ish namunali uyushtirilgani sababli, bahorgi to‘l olish natijalari yuqori bo‘ldi. Mavjud 695 sovliqning har yuz boshidan 110 tadan cho‘zi olindi. Har bosh cho‘ydan 2,5 kilogrammdan jun qirqildi, 600 qo‘zi nasl uchun o‘stirishga qoldirilib, bir otarda ikki otar yaratildi. Davlatga 175 dona qorako‘l teri topshirildi. Ishdagi muvaffaqiyatlari uchun ota-bola cho‘ponlarga mukofot tariqasida 20 ming so‘m va 35 ta qo‘y berildi.

Cho‘pon-cho‘lich bahordan tortib, to sovuq kunlar boshlanguncha qishlovga tayyorgarlik tashvishlari bilan yashaydi. Rajab aka bu yilgi qishlovga puxta tayyorlandi. Otarini qishlaydigan yaylovni ko‘rikladi. Ko‘ton va qo‘sharlarning ta’mirlanishiga bosh-qosh bo‘ldi, yetarli miqdorda yem-xashak to‘planishini uddasidan chiqdi. 80 tonna tabiiy pichan, 45 tonna maydalanadigan oziqa va 6 tonna omuxta yem jamlab qo‘yildi.

Rajab aka suruvdagi har bir qorako‘l cho‘yning holatini yaxshi tushunadi. Shunga qarab, boqishni tashkil etadi. Nish-chiroyli kunlarda bo‘g‘oz sovliqlarning chorni qappalab cho‘yishini, namda yotib qolishini aslo yo‘l qo‘ymaydi. Aks holda sovliq turli kasalliklarga chalinishi, qornidagi cho‘ziga zarar yetishi mumkin.

Bahorning chorvachilik uchun qulay kelganligi, yoz va kuz oylarida yaylovlarning cho‘riklangani ayni kezlarda qo‘l kelmoqda. Dalalarda tabiiy xashak mo‘l. Lekin tajribali chorvador bu bilan qanoatlanib qolmayapti. Sovliqning har biriga kuniga 250 gramm omuxta yem, 2,5 kilogramm maydalanadigan xashak berilmoqda. Qo‘ylar yog‘ingarchiliklar tufayli hosil bo‘lgan ko‘lmak suvni ichib cho‘yishini oldi olinmoqda. Har kuni bir marta iliq chuchuk suv bilan sug‘orilmoqda, 18–20 soat yayratib boqilishiga erishilmoqda. Ayniqsa, tunda yayish e’tiborda.
Yaqinda bu yerda bo‘lgan xo‘jalik mutaxassislari otarda bironta ham zaif qo‘y yo‘qligini qayd etdilar.

Iqtisodiyotdagi qiyinchiliklar chorvadorlarni ham chetlab o‘tayotgani yo‘q. Lekin Rajab aka ta’minotdagi tanqisliklardan, yonilg‘i kamligi natijasida transport vositalarining ahyon-ahyonda kelayotganidan nolimaydi. Negaki, yaylovlarda mehnat qilayotgan kishilar uchun issiq kiyimlar, oziq-ovqat mahsulotlari, sabzavot keraklicha eltib berilmoqda.

Qurbonovlar oilasi parvarishlanayotgan har bosh qorako‘l qo‘y uchun oyiga 17 so‘mdan olishadi. Demak, cho‘pon xonadoni bir oyda 13 ming so‘m daromadga ega bo‘layotir.

— Xo‘jalikda yetishtirilayotgan go‘sht, qorako‘l teri va junning davlat xarid narxi hamon arzon, — deydi jamoa rahbari Madad Geldiyev. — Bu yil 554 tonna go‘sht, 10 ming 708 dona qorako‘l teri, 91 tonna jun tayyorlandi. Bu mahsulotlar Rajab Kurbonov kabi yaylov zahmatkashlarining har qanday ob-havo sharoitlarida barakali mehnat qilganliklari evaziga yaratildi. O‘ylab ko‘ring, go‘shtning bir kilogrammini o‘rtacha 80 so‘mdan sotdik, bozorda — 150 so‘m. Qarshi go‘sht kombinatida tayyorlanayotgan kolbasaning har kilogrammi esa 300 so‘mdan baholanmoqda. Shunga qaramay, mazkur korxonada xo‘jaliklardan keltirilayotgan qorako‘l qo‘ylarning dumlari go‘sht sifatida hisobga olinmayotganligi chorvadorlarni taajjublantirmoqda.

Endi junni olib ko‘raylik, uning kilogrammini 95–100 so‘mdan sotayapmiz. Holbuki, shuncha miqdordagi jundan o‘rtacha uchtadan kostyum-shim tayyorlash mumkin. Bir kostyum-shim 8–10 ming so‘mdan pullanayotganini hisobga oladigan bo‘lsak, chorvadorlar yetishtirayotgan xomashyo uchun kam haq to‘lanayotganligi ayonlashadi.

Qorako‘l teri-chi? Bir donasi davlatga 588 so‘mdan topshirilmoqda. Jahon bozorida esa uning narxi — 7 dollar. Hozirgi paytda har bir kasb egasi o‘z mehnatiga, jamiyat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasiga qarab rag‘batlantirilishi, taqdirlanishi kerak. Nishonlik chorvadorlar ana shunday yaxshi kunlar umidida yaylov kezayaptilar, jamoa chorvasini ko‘paytirish tashvishida mehnat qilmoqdalar.

Total words

816

Unique words

612

Annotated anthroponyms

0

Toponyms

0

TTR

0.750

Hapax

510

Distribution

Top frequency chart

Dataset