$$Gavkushon madrasasi$$da joylashgan usto $$Salim Ibodov nomli kandakorlik ustaxonasi$$ $$Buxoro$$ga qadam ranjida qilgan har bir mehmonning diqqatini tortadi: bu dargohda xalqimizning ming yillik tarixga ega san’at turlaridan biri – kandakorlik hozirgi zamon nafasi bilan qayta tug‘ilmoqda. Bundan biroz muqaddam ustaxona ma’muriyatchilik zug‘umining qurboni bo‘lishiga sal qolgandi. O‘shanda u tikuv-attorlik korxonasining bir tarmog‘iga aylantirildi. Fabrika rahbariyati mohir ustalarga ota-bobolar merosini asrab-avaylab kelayotgan iste’dod sohiblari sifatida emas, shunchaki bir ishchi, ular yaratgan bebaho buyumlarga esa jo‘n gina mahsulot deb qarardi. Bunday munosabat kishilarning ruhiga, tayyorlanayotgan buyumlar sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi, ustalarning moddiy manfaatdorligi keskin kamaydi.
$$Buxoro$$lik san’at ixlosmandlari kanda-korlik ustaxonasini mustaqil uyushma tarzida qayta tashkil qilishdi. Hozir bu yerda tajribali ijodkorlardan $$O‘zbekiston Lenin komsomoli mukofoti$$ sovrindori [Toyir Qosimov], Butunittifoq xalq xo‘jaligi yutuqlari ko‘rgazmasi sovrindori [Rahim Samadov]lar ustozligida kandakorlarning yangi avlodi kamol topmoqda. Qadimda ayollardan ham shunday ustalar ko‘p bo‘lgan. Keyingi paytlarda ular barmoq bilan sanarli edi. Endi esa Farogat ^^Kamolova^^, ^^Mahbuba Jalilova^^ kabilar milliy bo‘yoqlarga boy bejirim buyumlar yasamoqda.
Ustaxona jamoasi o‘tgan yili 110 ming so‘mlik xalq iste’moli mollari tayyorladi. Turli naqshlar solingan patnis, lagan, qo‘m’gon va boshqa milliy idishlar, ayollar taqinchoqlariyu bezaklari anchayin xaridorbopdir.
Ha, asrlar osha o‘lmay kelayotgan xalq amaliy san’atning noyob turi madaniy meros sifatida ravnaq topmoqda. Uning kelajagi ishonchli qo‘llardadir.