🔍

Article

KPSS XXVII siyezdi va ijtimoiy fanlar rivoji

By Antoliy Butenko • in 1987

$$Sovet jamiyati$$ va umuman butun dunyo taraqqiyotining hozirgi tub burilish xarakteridan kelib chiqadigan eng xilma xil muammolarning murakkab kompleksi bugungi kunda $$KPSS nazariy tafakkuri markazi$$da turibdi. Tarixiy taraqqiyotning ayni shu alohida pallasi ijodkorlik va novatorlikni, oʻrganib qolingan, ammo umrini oʻtab boʻlgan tasavvurlar doirasidan chiqishga tayyorlik va shunga qobillikni talab qilmoqda.
Hayot ijtimoiy fanlar oldiga ham oʻz talablarini qoʻymoqda. Jadallashtirishning koʻp qirrali vazifalari, deyilgan edi partiya XXVII syezdida, uning oʻzaro bogʻliq jihatlari – siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, sotsial madaniy-ma’naviy va psixologik jihatlari – yanada chuqur va har tomonlama tahlil qilinishga muhtojdir. Jiddiy falsafiy umumlashmalarga asoslangan iqtisodiy va sotsial prognozlarga, chuqur tarixiy tadqiqotlarga ehtiyoj gʻoyat katta.
Ijtimoiy fanlarda vujudga kelgan qoniqarsiz ahvolning sababi nimada? Buning boisi faqat ilmiy kadrlarning zaifligida, ular yetarli aktivlik koʻrsatmasligi va tadqiqotlar yomon tashkil etilganida, deb hisoblash notoʻgʻri boʻlur edi. 70- yillar oxiri va 80- yillar boshidagi ijtimoiy muhit yutuqlarga mahliyo boʻlish va xatoliklar xususida sukut saqlash, xotirjamlikka berilish va murakkab problemalarni hal etishga kirishishni xohlamaslik muhiti- fan taraqqiyotiga koʻmaklashadi, uning ijodiy izlanishlarini ragʻbatlantirmadi.
Ijtimoiy fanlarni rivojlantirish – jamiyatni rivojlantirishning ajralmas qismidir. Muammolar hal etilishiga nisbatan tezroq koʻpayib brogan, faoliyatsizlik kuchgaygan, boshqalarning forma va metodlari qotib qolgan, faoliyatdagi joʻshqinlik pasaygan va byurokratizm avch olgan bir sharoitda ishga anchagina zarar yetdi. Turgʻunlik holatlari paydo boʻldi, jamiyatshunoslikning koʻpgina tarmoqlari “behuda” ishlay boshladi. “Hech narsani oʻzgartirmasdan ishlarni yaxshilasa boʻlarmikin”, degan xomhayol psixologiya ustun kelganda ijtimoiy fanlar ham faqat “yutuqni propaganda qilish”ga xizmat eta boshladi – boshqacha boʻlishi mumkin ham emas.
Bundan tashqari, jamiyatshunoslik sohasiga ba’zan shunday kishilar kirib qoldiki, ular ilmiy prinsiplar bahridan oʻtishga, ijtimoiy fan – bu ham zoʻr aqliy mehnatni, ham ilmiy jasoratni, ham prinsipallikni talab etuvchi eng mashaqqatli ijodiy izlanish emas, balki marksistik formulalar va shiorlarni yuzakigina yodlab olish hamda takrorlashdan iborat, deydiganlarga laqqa ishonishga tayyor edilar. Bunday jamiyatshunoslar nari borganda nihoyati chala haqiqatga qodir edilar.
Bunday pozitsiyani qoralab, KPSS ta’kidlaydiki, chala haqiqat toʻgʻri xulosalar chiqarishga yoʻl bermaydi. Shu boisdan ham partiyaning tarix saboqlarini tahlil etib, haqiqat sabogʻi toʻgʻrisida chiqargan xulosasi ijtimoiy fanlar uchun alohida ahamiyatga egadir.
Ijtimoiy fanlarni ijodiy rivojlantirmay turib, na sodir boʻlayotgan voqealarni toʻgʻri tushunib boʻladi, na istiqbol toʻgʻrisida ilmiy bashorat qilib boʻladi. Binobarin, ijtimoiy fanlar ham oʻzining muvaffaqqiyatli rivoji uchun tegishli ijtimoi muhitga, shu muhit “mahsulotiga” va uning asoslangan tavsiyalarini hisobga olib borishga muhtoj boʻladi (aks holda ular maqsad va moʻljallarini yoʻqotib qoʻyadi). Ijtimoiy fanlar umumlashtirish uchun haqiqiy axborotlarga ham, fibral kurashiga ham muhtoj boʻladi. “haqiqatni izlashga, - deb uqtiradi [M.S.Gorbachyov],- turli nuqtai nazarlarni qiyoslash, munozara va muhokama qilish, bir qolipdagi eski tushunchalardan voz kechish yoʻlidan borish lozim”. Oʻz vaqtida [F. Engels] yozganidek, aynib ommadan ajralgan toʻdaga aylanib ketmaslik uchun biz diskussiyalarga yoʻl berishimiz kerak, ammo umumiy prinsiplarga soʻzsiz rioya qilish zarur ([Marks] va [Engels], Asarlar, t. 22. 426-bet).
$$Sovet jamiyatshunosligi$$ning dolzarb vazifalaridan biri, deb koʻrsatiladi KPSS Programmasida, sotsialistik jamiyat ziddiyatlari tahlil qilishdir. Bu xususda olimlar oʻrtasida 1982 yildayoq munozaralar avj olgan edi. Aslida bu munozara boshdan kechirilayotgan qiyinchiliklarni ijtimoiy idrok qilishning oʻziga xos formasi va ularga javob topishga, ularni bartaraf etish yoʻllarini aniqlashga urinish boʻlgan edi.
Aslida, oʻsha vaqtdagi munozaraning ahamiyatini boʻrtirishga hojat yoʻq, ammo uning ikki yutugʻi inkor etish ham mumkin emas; birinchidan, sosializmning asosiy ziddiyatni ifoda qilar ekanlar, koʻpgina olimlar bu ishlab chiqarish munosabatlarda koʻrinishini aytishdiva ikkinchidan sosializmda ziddiyatlar xarekterini belgilash masala muhokamaga qoʻyildi.
$$KPSS XXVII siyezdi$$ materiallari ana shu muammolarning barchasiga chuquroq yondashish, haqqoniy, tiniqqan fikrlarni aniqlashtirish, asoslash imkonini beradi. Bugun gap biron -bir jurnal sosializmning ziddiyatlaritoʻgʻrisidagina borayotgani yoʻq. holbuki, partiyaning oʻzi jamiyatshunoslarini mazkur shugʻullanishga chaqirmoqdaki, bu hozirgi bosqichda ijtimoiy fanlar oldidagi dolzarb vazifadir. KPSS Programmasida ham jamiyatshunoslar e.tiborini ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlari dialektikasini har tomonlama tahlil qilishga jalb etish zarurligi ta’kidlangan.
$$KPSS Markaziy Komiteti$$ning partiya XXVII siydiga Siyosiy dokladida, se’zddagi munozarada va se’zd qabul qilgan hujjatlarda koʻpgina hal qilingan va hal qilinmagan masalalar oʻrtaga qoʻyildi. Fandagi mavjud qiyinchiliklar, xató pozisiyalar va qoloq fikrlar ochib tashlandi. Tabiiyki, siyezd jamiyatshunoslikning har bir tarmogʻidagi ahvol bilan shugʻullana olmasdi va shugʻullanmadi ham, bunday imkoniyatni tegishli ilmiy muassasalar, institutlar, kengashlar va kollrktivlar ixtiyoriga berdi. Se’zdda amaliyot uchun eng muhim ahamiyatga ega boʻlgan ba’zi bir nazariy masalalargina e’tibor jalb etidi.
Ilmiy tadqiqotlarning istiqbolli yoʻnalishlari belgilab berilib, KPSS programmasida quyidagilar ta’kidlangan: <<Jamiyatshunoslarning diqqat -e’tibori jahon taraqqiyoti, $$SSSR$$da, boshqa sosialistik mamlakatlarda yangi jamiyatni barpo etish tajribasini, sosializm sharoitida ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlari, moddiy va ma’naviy jabhalar dialektikasini kommunistik formasiyaning qaror topish qonuniyatlarini, uning oliy bosqich sari tadrijiy harakat qilish yoʻlari va vositalarini oʻrganishga va har tomonlama tahlil qilishga qaratilishi lozim>>. Siyezdda ekonomika va xoʻjalik yuritish mexanizmini qayta qurish sohasidagi ishda fanga suyanish har qachongidan ham muhim ekanligini ta’kidlandi. Hayot talablariga binoan ayrim nazariy tasavvurlar va konsepsiyalarga yangicha qarash darkor. Bu sosialistik mulkchilik vaa uni amalga oshirishning iqtisodiy formalari, Tovar -pul munosabatlari, sentralizm va xoʻjalik tashkilotlari mustaqilligini uygʻunlashtirish kabi yirik priblemalar va boshqa masalalarga taalluqlidir.
$$KPSS XXVII siyezdi$$ da’vat etish bilan chegaralanib qolmay, $$Markscha-Lenincha nazariya$$ni ijodiy rivojlantirishga, siyisiy iqtisod va falsafa, tarix va ilmiy kommunizm, davlat va huquq nazariyasining koʻpgina muhim priblemalarni hal etishga jiddiy prinsipial hissa qoʻshdi.
Biroq shu bilan ijtimoiy fanning barcha masalalari hal boʻldi, deb hisoblash notoʻgʻri boʻlur edi. Sir emas, hozirgi kunda ham shunday kishilar borki, [M. S. Gorbachev] ijtimoiy fanlar kafedralari mudirlarining Butunittifoq kengashida aytganidek, ular <<jadallashtirish >>, <<qayta qurish>> degan tushunchalarning oʻzini ham ba’zida ularning yangiligi va revolyusion mohiyatini puchga chiqarishga urinib, umrini yashab boʻlgan aqidalar va qoliplar doirasiga tiqishga harakat qilmoqdalar. Se’zd qarorlari harakat uchun qoʻllanmadirki, u ijtimoiy tafakkurning barcha yoʻnalishlari boʻyicha bilimlarimizni yanada chuqurlashtirish va boyitishni talab qiladi.

Total words

889

Unique words

627

Annotated anthroponyms

5

Toponyms

8

TTR

0.705

Hapax

513

Distribution

Top frequency chart

Dataset