$$Singapur$$da choyxona qurilgunchа...
Yaqin o‘tmishda o‘ziga xos ijod yo‘li va uslubiga bo‘lgan kulol [Raimberdi MatChonov] (Xonqadan), naqqosh [Jalil Hakimov] (Toshkentdan, marhum), kulol [Ahmad Muzaffarov] (Shahrisabzdan, marhum), o‘yinchoqlar [Anbar Sattorova] (Qashqadaryodan), kulol [Mahkam Avloqulov] (Urgutdan) kabi ustalar mazkur kasb rivojiga barakali hissa qo‘shdilar. Ularning asarlari $$Shveytsariya$$, $$Fransiya$$, $$Italiya$$ va boshqa xorijiy mamlakatlarda namoyish qilindi.
1980 yilda xalq amaliy san’atining 7 turi mavjud bo‘lsa, bugunga kelib 17 xili qayta tiklandi. Bu jarayon osongina kechmadi. Ustalar an’anaviy ish usullarini sinchiklab uzoq o‘rgandilar. Milliy durdonalarimizga murojaat qilish, ularni ijodiy rivojlantirish natijasida yo‘qolib ketayotgan hunar sirlar tiklana boshladi. Ayniqsa charmga gul, emal va chinnigulga nafis naqshlar ishlashning yo‘lga qo‘yilishini aytmaysizmi!
— Qoraqalpoq gilamdo‘zligi hisobdan chiqib ketgandi, — deydi «Musavvir» xalq amaliy san’ati uyushmasining boshqaruvchisi (direktori), san’atshunoslik fanlari nomzodi [Shoxalil Shoyoqubov]. — Buni tiklash uchun qattiq ishlashga to‘g‘ri keldi. Sa’y-harakatlar tufayli Moskvadan ham xom ashyo olib kelindi. Qizlarga ana shu san’at sirlarini o‘rgatildi, ustaxona tashkil etildi. Zardo‘zlik va lok bilan ishlash san’ati esa ancha mushkulliklarni yengish evaziga tiklantirildi. Hozirgi mahsulotlarimizga butun dunyo ishqiboz. Xususan, Ispaniya, Belgiya kabi davlatlardan ko‘plab buyurtmalar tushayapti.
Birlashtmaga uyushgan 200 ustaning o‘z shogirdlari bor. Jumladan [Karimjon Saydaliev] shunday deydi:
— Ustoz ko‘rmagan shogird har maqomda yo‘rg‘alar ekan. Biz o‘zbek amaliy san’ati tomirlarini avloddan-avlodga o‘tkaza olmas ekanmiz, milliy qadriyatlarimizga putur yetishi tayin. Murabbiylarim [Ortiqboy Fayzullaev], [Saydiazim Qosimov]larning nomlarini hurmat bilan tilga olaman. Ular yog‘ochga gul solish hunarini menga mukammal o‘rgatishgan.
— Yog‘ochni tabiiy holatda, quyosh nurida quritish ishning sifatli chiqishi garovidir, — davom etadi Karimjon. — Bu usul keyingi davrda unutilib ketgan.
Yog‘ochga naqsh solish bilan shug‘ullanayotgan (hozir ular $$Toshkentdagi Abdulqosim madrasasi$$ning tor bir hujrasida joylashgan) ustalar namunaviy ustaxona tashkil etilsa, nur ustiga a’lo nur bo‘lardi. [Karimjon Saydaliev] uchun tosh va mozaika vositasida ishlash yo‘qolib ketgani, O‘rta Osiyoda birdan-bir go‘zal namunasi saqlanib qolgan [Ahmad Yassaviy] qabri eshiklaridagi naqshlarni o‘rganish va bu ishni davom ettirish zarurligi xususida kuyinib gapirdi.
$$«Musavvir» uyushmasi$$ jamoasining niyati ulkan. E’tibordan qolgan amaliy san’at ustalarini safga jalb qilish, ularga yordam berish, mahsulot miqdorini ko‘paytirish, bajarilayotgan ishlarning badiiy qimmatini oshirish yo‘lida astoydil ish olib borilmoqda. Ustalarni xalq diplomatiyasi bo‘yicha $$Ispaniya$$, $$Marokash$$, $$Amerika$$, $$Singapur$$, $$Belgiya$$, $$Isroil$$ kabi ellarga jo‘natish, ularning ayrimlarida o‘zbek milliy choyxonalari va do‘konlarini ochish muljallanmoqda.
...«Xolva» degan bilan og‘iz chuchimas. Uyushma holidan xabar olish zarurligi sababli ana shu maqolni ishlatish joiz topildi.