MENI “BOLAM!” DEGUVCHI ZOTGA IKKI ENLIK XAT
Men qo‘y yilida tug‘ilganman, bi-pasis. Bolalik xotiramda chashmaday tiniq, jimirlab turadigan siymo sohibi Anbar buvim: «Bolam, mayli, qo‘y bo‘lginu biroq qo‘ymi jozlikdan xudo saqlasin» derdilar. Ot yilining avvalida toychoqdek dikirlab turgan, ko‘pkari-ga shay bo‘lgan otdek «savlat to‘kkan» qancha-qancha yigitlar qo‘y yiliga qo‘ymi jozlik bilan qadam tashlashmoqda. Nahotki men ham ularning safidaman? Buvi:(onim, qaydasiz, mungli ovozingiz bilan ayting: xudo saqlasin!
Ot yilining va’dalari, umidlari, iztirob va tashvishlari ortda. Oldida nima? Bu savolga umumiy javob yo‘q. Har kimning o‘z qarashi bor. Men esa xavotirdaman. Ha, qo‘y yilidan, o‘zimning yilimdan xavotirdaman.
Bir yil bozor deb javradik. Hali necha qo‘y yillari kechadi — javrayveramiz. Yarimta monimiz butun bo‘lmadi. Yangi yilda qolgan bir burdasidan ham ajralmasam deb qo‘rqaman. Nega? Bozor siyosatidan nishona tarzda joylarda erkin narxda savdo qiladigan do‘konlar (kommerskiy deyar emish) ochildi. Uch kishi bo‘lib Toshkentdagi shunday do‘konlardan ikkitasiga bordik. Ishoning — birorta do‘ppili odamni ko‘rmadim.
— Hujjatini tekshiryapmiz, — deydi markaziy univer-mag direktori Habibullo Sharipov. O‘zimizning muhrimiz bosilgan. Navbat turnaqator. Qancha qo‘yilsa, shunchaga olishyapti.
O‘zbek pulini qappaytirib yotibdi deganlar besh ming so‘mga palto, necha ming so‘mga televizor, yana qancha-qancha o‘zbek tushida ham sanamagan pullarga allabalolarini olib ketishmoqda. Bir joyda Arabistondan keltirilgan muzxona (hajmi «ZIL»day)ni sakkiz ming so‘mga olishdi. Demak olayapti. Bozor esa narxni oshiraveradi. Oqibati nima bo‘ladi? Ko‘z oldimga nima uchundir ketmon das-ta bilan panjasha kelaveradi. Nahotki yana... O‘zimni ovutmoqchi bo‘laman, lekin iloji yo‘q.
Axir shu do‘konlarda sotilayotgan narsa xalqimniki. Uning mehnati ovoziga kelgan-ku! Ovozim bo‘g‘zimga tiqiladi.
— Foyda xalqga ketadi. Shu yo‘l bilan boylarning pulini tortib olayapmiz, — deydi birov.
Yo‘q, shu yo‘l bilan xalq egniga kiyadigan kirayli kiyim-boshni boyga berayapmiz. Puldor kecha biror narsa olishga qo‘rqar edi. Qolaversa, ishchiyu kolxozchiga ul-bul tarqatilardi. Endi-chi? Yirtiq choponing, yag‘ir do‘pping muborak! Eh, qo‘y yilida shundan ham judo bo‘lmasayding, baxtsizginam!
Bir yildirki siz har kuni oynan jahonga quloq tutasiz. Rost gap kam. Aldashgani aldagan. Non qimmat bo‘lmaydi, bo‘lmaydi, bo‘lmaydi deb sizni ishontirishdi. Bor pulingizni ham sarfladingiz. Pulni saqlang, hali non xarid qilasiz degan jumard topilmadi. Lekin qimmat bo‘lsa-chi? Axir bu bozor! Na Qozog‘iston va na Urusiyadan arzon-ga non berilmaydi! Bu haqiqat. Faqat u qo‘y yilining jaziramasida oshkor bo‘lmasin!
Darhaqiqat, oshkoralik qani, dersiz. Urusiyada boshlangan ocharchilikning sababi oshkoralik va demokratiyada degan bahona topdik. Bu bahona oshkoralik qo‘liga zanjir, demokratiya oyo-g‘iga kishan bo‘layapti. Ajabo, oshkoralik, demokratiya tufayli ocharchilik yopirilsa Amerikada ikki yuz yildan beri yeyishga mon yo‘q ekan-da? Angliyada odamlar ochlikdan qirilishibdi-da? Balki Turkiyada ham hayot qurigandir? Axir Ota Turk oshkoralik va demokratiyani ustivor etganiga yetmish yil bo‘ldi. Bu deyman, qayh, otdi zaminda o‘zimiz tirik qolibmiz-da? Qo‘ying o‘sha oshkoralik va demokratiyamizni: qo‘y yili-da qo‘y kerak! Haqiqat, adolat, rost gap bilan qorin to‘yarmidi!
«Yolg‘onning umri qisqa» degandiz, buvijon. Yo‘q, uzun ekan. Uch yildirki yashayapti. Qo‘y yilida ham yashaydi. Ammo jonsarak bo‘lib qolgan. Siz sezayapsiz — gap boshqa-yu ish boshqaligini! Yolg‘onning asablari yemirilmoqda, o‘zini goh olovga, goh suvga urayapti. «Hali baquvvatman», deydi. Balki jon bera-yotib ham qancha rostlarga zomin bo‘ladi. Bu yil ana shu yolg‘on yonib ketishiga ishonaman, biroq taskin yo‘q: o‘rniga boshqa yolg‘on keladi. Yolg‘onlarga qolgan qozon yolg’on bilan to‘ladir!
Xo‘sh, tag‘in nima ko‘payadiyu, nima ozayadi? Mansab uchun do‘stini, birodarini sotish ozaymaydi. Poraxo‘rlik, o‘g‘rilik kamayadi — yetmish so‘mga-da, og‘izda. Amalda o‘n chanddon oshadi. Mardikorlar bozorida bir ishchi qimmati oltmishga yetadi, korxonalarda shundan o‘ttiz baravar oz bo‘ladi. O‘qishga kiradigan ukam uchun «tannya» sotib olish ham uch marta oshadi. Axir mebel, gilam oshdi-da!
Xullas, bu gaplarni birinchi aprel-da emas, birinchi yanvarda yozdim. Qani endi o‘rni almashtsa... Alloh o‘sha kunga yetkazsin. Sizdan sabru toqat va bardosh so‘rayman o‘zimga. Chunki sizda bu hammadan ziyod ko‘p.
Ehtirom ila silbandingiz