Mash’um xabarni o‘tgan yilning xazonrezligi boshlangan bulutli tumanli kunda eshitdim. Bir lahzada oyoqlarimdan mador ketib, nigohlarim oldi qorong‘ulashib, vujudim qaltirab, barmoqlarim tarashaday qotib, yuragim zirqirab, badanimdan sovuq ter chiqib, beixtiyor ho‘ngrab yubordim. Bu gapni menga yetkazgan odam qadrdonim — nafratmi, bo‘lsa-da, basharasiga hayratmi — allaqanday g‘ayritabii y, vahshiy sifat tikildimu, tilim kalimaga kelmadi. «E voh!» deganimni bilaman, turgan joyimda o‘tirib qolganimni bilmayman.
Bolaligimda bezgakka uchraganimda isitma aralash alahsirab dahshatli tushlar ko‘rardim. Haybatli devlar temir panjalarida meni mahkam ushlaganlaricha yettinchi osmonga uchirib ketishar, zim-ziyolik ichra qahqaha otib azoblashar, azob qo‘rqitishar va birdaniga tubsiz jarga tashlab yuborishardi. Uyg‘udan chinqirib, cho‘chib, yig‘lab uyg‘onganimda bechora jonim — boshim ustida quroqlardan ko‘rpachami, yostiq jildimi, dasturxonmi tikib o‘tirgan bo‘lardilar, peshonamni silab, mayin o‘pib xindori ichirardilar.
Bugungisi... jahannam qiynog‘ining o‘ziginasi. $$Registon madrasalari$$yu minoralari ustimga qulab tushganday, $$Zarafshon$$ teskari oqganday, $$Siyob qirg‘og‘i$$dan toshganday, [Temur bobom] qabrida tirik turganday, [Ulug‘bek] ko‘zlarini yulduzlardan uzib boshini quyi solganday, [Mir Alisher] marsiya bitayotganday, ustoz Jomiy forsig‘uy jigarbandi ta’ziyasini tutayotganday, [Xo‘ja Xizr] hassasiga tayanib yig‘layotganday, [Shohi Zin]da bo‘zlayotganday tuyuldi.
[Jonibek] o‘ldimi, a? Pahlavonona yelkalar, kelishgan qadd-u bast, farishtalar ato etgan chiroy, moynondek yonoqlar, sal chuqur botgan ko‘zlar, ma’noli pirpirovchi kipriklar, bo‘rtibgina turgan burun, doimiy tabassum dastidan biri ikkinchisini yengil o‘pishga intizor lablar, mening qo‘llarim tekkan baquvvat kaft-u barmoqlar, minnatdor qilib yurgan oyoqlar tuproq ostiga ko‘mildimi, a?
Tilining uchida shakar misralar, miyasida dostonlar, qalbida mehr, muhabbat, muruwwat, nekligu poklik uzlatga g‘arq bo‘ldimi, a? Xeshu aqraboni, do‘stu yorni, ayniqsa munis kelinim Kimyoxonni, norasidalarini — [Bahodir], [Jahongir], [Firdavs], ^^Nigina^^ va [Feruz]larni, qarashigayu ash’origa, guftoriyu raftoriga, samimiyatu salohiyatiga, sodiqlig‘iyu siddiqligiga tan bergan, bir ko‘rganda yana ko‘rsam deydigan pinhona xushtorlar — malaksiymolarni anduhda qoldirib ketdimi, a? Men-chi, mendek muxlisini, mehribonini, qadrdonini, akoyi kalonini nomard dunyoga tashlab [Firdavs] sari uchdimi a? Beklarga Jon bag‘ishlovchi, bandai mo‘minlarni quvnoq ko‘rishni istovchi Jonibek Quvnoqni qaylardan izlay, qaylarda bo‘zlay va qaylardan topay, a?
Men uni hadsiz sevardim. Qiyomatli ukamni degandim. Diydoriga zor edim. Har ko‘rganda bag‘rimga bosardim. Suhbatlashganda yayrab ketardim. Gurungimizga uchinchi kimsa qo‘shilishini negadir istamasdim. Garchi no‘rin bo‘lsa-da: «Ulfati chor - anda maza bor, ulfati panj - anda maza lanj» deb qo‘yardim.
...1988 yilning jazirama yozida Jumhuriyatda millatlararo mashmasha ivirsib yurgandi. Jonibekning ishxonasiga kirib, ko‘pdan beri dilimga tugib qo‘ygan niyatimni aytdim — ikkalamiz birgalashib tojikcha–o‘zbekcha, o‘zbekcha–tojikcha lug‘at yaratsak, savobga qo‘l urardik, dedim.O‘rnidan turib ta’voze qildi: «Toji sar, akoyi azizam, kamina ba xizmat kamarbasta», — qo‘lini ko‘ksiga qo‘ydi. Fursatni o‘tkazmay ishga kirishdik: $$O‘zbekiston Jumhuriyati$$ Fanlar akademiyasining o‘sha paytdagi vitse-prezidenti [Erkin Yusupov] oldiga, Til va adabiyot ilmiy-tadqiqot institutiga, O‘zbek qomusini bituvchi dargoh rahbari [Nurislom To‘xliev] huzuriga kuniyoq bordik-da, dastlabki kelishuvga erishdik, so‘ngra shartnoma ham tuzildi.
Yukning zalvorli qismini Jonibek o‘z yelkasiga oldi. Maslahat qila-qila avval tojikcha–o‘zbekcha so‘zlashg‘ich tuzishga, so‘ngra esa bo‘xchaday-bo‘xchaday qatorlar yaratishga kelishdik. Qarang-ki, $$«Haqiqati O‘zbekiston»$$ ustunlaridan biri, havoyi emas, haqiqatan yozib yurgan shoir, tarjimon, jurnalist bo‘lishidan qat’i nazar, o‘sha paytni ziq bo‘lsa-da «So‘zlashg‘ich»ni 1989 yilning avgustida qo‘limga tutqazdi.O‘ylab-o‘ylab, mulohaza-istihola ila dedim: «Ba mo yak moh muhlat dihed-da, dodarakam». Huddi ana shu so‘zlar endilikda bag‘rimni ezib, yuragimni o‘rtab, anduhimni qiynayotgani o‘zimga-yu Xudoyimga ma’lum: bu qo‘lyozma $$Samarqand$$, $$Toshkent$$, $$Moskva$$ o‘rtasida, $$Farangiston$$ va $$Yapon$$ bo‘ylab sayohatlarda, $$Achchisuv (Kislovodsk)$$dagi $$«Qizil toshlar» hordiqxonasi$$da menga hamrohlik qilganini tan olaman.Qattiq tahrirdan chiqqan bu vositai robita hozir tayyor turibdi. Ezilib yuribman: uni nashriyotga topshirsammikan, topshirmasammikan? Ishni davom ettira olarmikanman, yo‘qmi? [Jonibek] ruhi meni tinch qo‘yarmikan, qo‘ymasmikan? Bilmadim, bilolmadim. Meni afu et, do‘stim!
...Bir gal ishxonadan qaytayotib Jonibekni ko‘rib qoldim. Jazman taklif etgandim, elantirmay rozi bo‘ldi. Dasturxon yozilguncha qiroatini keltirib fotiha qildim. Tasanno aytdi. Taom qo‘yilgandan so‘ng: «Mullo Jonibek, mashoyihho gufta budand: goh [Xudoy Rasul], goh g‘amzan usul», — dedim-da, adabiy mayxo‘rlikka o‘tdik.G‘azalkhonlik boshlandi: [Rudakiy]dan [Sa’di] yaga, [Bedil]dan Hofizga, [Jomiy]dan [Navoiy]ga, [Nizomiy]dan [Fuzuliy]ga ko‘chdik. Navbat [G‘afur G‘ulom] bilan [Mirzo Tursunzoda]ga keldi. [Erkin Vohidov], [Abdulla Orif], [Mo‘min Qanoat], [Sherali Loyiq], ^^o‘zbek Gulchehralari^^yu ^^tojik Gulruhsorlari^^ning nomlari tilga olindi. [Abulqosim Lohutiy]ning «Ijozat deh, muruwwat kun, ki bikusho yam dahonamro» misrasini aytganimni bilaman, $$Tojikiston$$ni vatan etgan, xoki $$Moskva$$da qolgan bu buyuk fors, uning sadoqatli rafiqasi Tsitsiliya bonu jasorati — «Shohnoma»ni ruschaga batamom ag‘darib bitirishga astoydil bel bog‘lagani xususida to‘lqinlanib gapirdi.
So‘z navbati g‘arib jurnalist, rahmatli [Rahmat Norov], qirqka kirmay umri qirqilgan [Hojiqurbon Hamidzoda]ga keldi. Dunyoi foniyligi, bebaholigi, muallaq ajalni o‘ylab qayg‘urdik. $$Samarqandi azim$$, $$Buxoroi sharif$$dagi do‘stlarni esladik. $$«Haqiqati O‘zbekiston»$4dagi qadrdonlar — [Shavkat Niyoziy], [Muhsin Umarzoda], [Muayyanaxon], [Mashrabmonand] [Xo‘jamurod Qo‘ldosh], boshqa birodarlarning xislat fazilatlarini ta’rifladik.
Bo‘m-bo‘sh edim — to‘ldim. Dilxira edim — oydinlashdim. Horg‘in edim — bardamlashdim. Och edim — to‘ydim. Tashna edim — chanqoğim bosildi. Chunki u alohida bir olam, toshqin daryo, badiiy xazina, allomayu alyor edi.
[Jonibek]ka uzoq umr, rizqi farog‘, qalamiga baraka tiladim.
...Hayhot! Nahotki tilagim Karimi a’zamga yetib bormadi?! Elliginchi bahoring gullari ochilganini ko‘rmay, to‘rtta g‘ildirakka ega bo‘lmay, $$Toshkent$$ hokimlari aldam-qald ami oqibatida puli uch yil muqaddam to‘langan, ammo hamon bitmagan uyingga ko‘cholmay ketdingmi, a? [Alisher] «Xamsa»si tarjimasining qo‘lyozmalari titilib-sochilib, intihosiga yetmay qoldimi, a? Farzandlaring to‘yini ko‘rish nasib etmagan ekan-da, a? Nega bunday qilding, jigarginam, dilbandginam, munisginam Jonibegim?Qanaqa dardi bedavoga chalini b qolding-a? O‘ylab-o‘ylab o‘ylashimga yetolmayman, lekin baribir o‘ylayman: «Ulug‘ inqilob» deya qafasga tushganimizga, millatlaru elatlar xuni to‘kilayotganiga, yurtimiz robligiyu qashshoqligiga, begunoh qamalganlar faryodiga, boyliklarimiz talon-torojiga, inson oyoq ostida toptalayotganiga, qazzoblar, g‘irromlar, olg‘irlar, poraxo‘rlar, mansabparastlar, sotqinlar, fitnachilar urug‘i ko‘payib-ko‘karib borayotganiga, lo‘ttibozligu maymunbozliklarga, haqiqat bo‘g‘ilayotganiga, bozor iqtisodiyoti mashmashalariga, tabiat nolasiga, xullas — banda-i Haqadri bo‘lsam ojizligimiz, so‘zsizligimizg a yuraging dosh berolmadimi?O‘sha daqiqada yoningda nafasimni nafasingga, tomirlarimni tomirlaringga, dilimni dilingga ulab, qonimni qoningga, jonimni joningga qo‘shib seni omon saqlab qola olarmidim, a?
...Jonibek qaydaligini mendan so‘ranglar, javobim tayyor: qalbimda, ongimda, duoi fotihamda, yurish-turishimda, qilinajak ishlari mda, istagu tilaklarimda, suhbatu hikoyatlarimda, sayru sayohatlarimda yashamoqda. U «Xalq so‘zi» tug‘ilgan tongda tirilib keldi, inshoalloh, umri «Xalq so‘zi»day abadiy bo‘lgay!