«Emdi kelduk dostoni [Amir] Sohibqirong‘a, ya’ni [Amir Temur] Ko‘rag’on [Iskandari] sonig’a». ^^Nilufar^^ Bu so‘zlar yaqinda [«Cho‘lpon»] nashriyoti chop etgan «Temurnoma» nomli noyob asardan. Kitob o‘zbek xalqining tarixiga, madaniyatiga doir ko‘plab qo‘lyozma asarlar qatori uzoq yillar taqiq-u ta’qibga uchragan edi. Mana endi oshkoralik, demokratiya sharofati tufayli qimmatli yozma yodgorliklar yana xalqimizga qaytarilmoqda.
Mullo Solihiddin ibn mullo Aloiddin ho‘ja eshon (Solihiddin Toshkandiy) qalamiga mansub bu kitob ulug‘ jahongir Amir Temur haqida batafsil ma’lumot beradi. Ma’lumki, juda kam nusxada chop etilgan ayrim tarixiy asarlarda, xususan [Sharofiddin Ali Yazdiy]ning mashhur «Zafarnoma»sida, hatto tarixiy shaxslarga, tarixiy hodisalarga bir qadar xolis yondashgan ^^V. V. Bartold^^ kitoblarida ham [Amir Temur] bolaligi, Shahrisabzda hokimiyatni qay tariqa saqlab qolganligi haqida aniq ma’lumotlar, xolis talqinlar yo‘q. Shu jihatdan ham «Temurnoma» qimmatli manbadir. Unda jahongirning valod-ajdodi, bolaligi, yurishlari ancha keng bayon etilgan.
Kitob asrimizning boshida, Oktyabr inqilobidan roppa-rosa to‘qqiz yil burun, 1327 hijriy, milodiy hisob bilan 1908 yili Toshkentda Ilin bosmaxonasida bosilgan. Uning so‘zboshisida bu nashrning saqlanib qolishi va yangi nashrga taqdim etilishida jonbozlik ko‘rsatganlar haqida ma’lumot berilgan.
So‘zboshi muallifi va nashrga tayyorlovchi filologiya fanlari nomzodi Poyon Ravshanoya «Temurnoma»ning muallifi Solihiddin Toshkandiy kitobni yaratishga eng avvalo tarixiy, badiiy, diniy asarlardan ijodiy foydalanganini ta’kidlaydi. Olim kitob mundarijasini shunday sharhlaydi: «Temurnoma»da ikki yo‘nalish chizig‘i muvoziy davom etadi. Bular biri — tadrij, biri — tanazzul chizig‘i. Tadrij bolakay Temurning hayotini tavsiflasa, tanazzul mo‘g‘ul hukmdorlarining jirkanch turmushini tasvirlaydi. Asarda islom va uning vakillari haqida hikoya qiladigan yana bir o‘zan borki, u hamisha bir me’yorda oqadi.
34–35 yoshida Movarounnahrni mo‘g‘ul istilochilaridan tamoman ozod etib, bu ulkan mamlakatning mutlaq hukmdori deb tan olingan [Amir Temur]ning ulug‘ xizmatini asardagi ushbu jumladan bilsa bo‘ladi: «Tamomi mulki $$Movarounnahr$$, $$Toshkand$$ va $$Xo‘jand$$ va $$Xo‘qand$$ va $$Marg‘ilon$$ va $$Andijon$$ va $$Qoshg‘ar$$ va $$Turkiston$$ katta zulmdan omon toptilar».
Xullas, vatanimizning uzoq o‘tmishiga, xalqimiz shaavkatli bahodirlarining olamshumul ishlariga qiziqkan kitobxon «Temurnoma»dan juda ko‘p ma’lumotlar olishi mumkin. U ikki yuz ming nusxada chop etilgan. Zero, «Temurnoma» — «[Amir Temur Ko‘ragon] jangnomasi»ga o‘z o‘tmishini bilishga chanqoq elimizda ehtiyoj g‘oyat katta.