Hammamizning piri komilimiz, ma’naviy otamiz hazrat [Alisher Navoiy] ana shunday mislsiz ardoqqa arzirli zot. Ul kishini boshimizga toj qilsak, siymolarini ko‘ksimizga tumor qilib taqib yursak, umrlarining har bir soniyasiga haykal qo‘ysak ham kam. [Alisher Navoiy] — bizning milliy faxrimiz, iftixorimiz, jahon madaniyati oldidagi yuzimizdir. Hozircha ko‘p narsaga imkonimiz yo‘q ekan, lekin bir orzuga eta olamizmi? Ul shuki, ish stollarimizda, shundoq ko‘zimizning o‘ngida, peshonamizning to‘g‘risida hazratning mo‘’jaz byustlari tursa.
Ba’zan yolg‘izlik istab, qorong‘u burchakka o‘zingni urasan. Nigohlaring kezinadi, bir teran nuqtada to‘xtashni, yuragingni ko‘z qarashlaring bilan to‘kib solishni istaysan. Biroq silliq devorlarda, tumshayib olgan telefon qutisida qo‘nim yo‘q — ular eng yakkahissiz va sovuq tuyuladi. Shunda yana istaklaring jo‘sh uradi, eng baland cho‘qqiga, teran bahri ummonga intilasan... Bu hikmatlarning bari esa «turkiy mamlakatni qalam» qilgan, «qo‘shin tortmay $$Xitoy$$dan to $$Xuroson$$gacha» zabt etgan ulug‘ [Alisher Navoiy]da jamul jam. Har safar bejirim salla o‘ragan, qisiq ko‘z, nurli yuz, chiroyli soqol ruhsoriga yarashgan siymoga ko‘zim tushsa, ko‘nglim bir orziqadi, o‘z otamni, ming yillar silsilasida umr guzaromlik qilib o‘tgan avlod-ajdodlarimni ko‘rgandek bo‘laman.
Ulug’ hazratimizning 550 ulug‘ yillik to‘ylari arafasida $$Toshkent$$ badiiy buyumlar fabrikasi olib, rikasi yoki boshqa korxona [Alisher Navoiy]ning mo‘’jaz bronza byustini chiqarsa ayni muddao bo‘lardi. Yoki Jumhuriyat Madaniyat vazirligi bu yumushni o‘z zimmasiga olib, biror korxona ko‘magida salani hal qilishga kirishsa, muxlislarning savobini olardi. Axir do‘konlarimizda ko‘plab xorijiy arboblarning byustlari qalashib yotibdi-ku.