🔍

Article

USHALGAN ORZU

By Author: Q. Rasulov,Katta Farg‘ona kanalidan … • in 1991

1938 yilda jumhuriyatimizda mahalliy Sovetlarga o‘tkazilgan birinchi saylovlarda u kishi uchastka komissiyasining raisi bo‘lgan. Lekin eng qizig‘i shuki, 1939 yildan beri uzluksiz ravishda nohiya, viloyat Sovetlari, jumhuriyat Oliy Soveti deputatligiga saylangan. O‘tgan yil bahorda 177-Damariq okrugidan oblast Soveti deputati bo‘ldi.
Yoshim saksonni qoralab qoldi. Hamon mehnatkash yurtim yumushlariga yarab turganim kuch-quvvat bag‘ishlayapti, g‘ayratimni oshirayapti. Mahalliy Sovetlarga dastlabki saylovlardan buyon yarim asrdan ko‘proq vaqt o‘tibdiki, o‘sha shukuqli kunlar kechagiday yodimda. Dahshatli 1938 yilning so‘nggi oyi edi. Qish qattiq keldi. Komsomol sifatida O‘zbekiston (sobiq Kaganovich) nohiyasidagi [Xudoyorxon] saylov uchastkasiga rahbarlik qilish topshirildi. Odamlarda marosimga qiziqish g‘oyat zo‘r edi. Erkin, emin ovoz berish ishtiyoqi har kuni ularni o‘sha yillar ta’biri bilan aytganda saylovxonaga yetaklab kelardi.

O‘ta qiziqqon yoshlardan bir guruhi ertaga saylov degan kuni birinchi bo‘lib ovoz berish niyatida saylovxonada yotib qolganligini eslasam, kulaman endi.

O‘rni kelib qoldi, yana bir qiziq voqeani so‘zlay. Ilgarilari saylovlar erta tongdan boshlanib, yarim tunda tugallanar edi. Men rahbarlik qilgan uchastkada ovoz berish tushdayoq tugallangan bo‘lsa-da, tartib bo‘yicha oxirgi sovutni kutayotgan edik. O‘zini hukumat vakili qilib ko‘rsatgan, qillari qilib bashang kiyingan ikki-uchta yosh-yalang qutilarni muddati-dan oldin ochishni talab qilib qolishdi. Men qarshilik ko‘rsatdim. O‘zaro tortishuv yarim soatlarcha davom etdi. Shu payt saylovxonaga charm kamzul kiygan NKVD xodimlari kirib kelishdi. «Ha yo‘q, be yo‘q» ular qutilarni kim ochganligini, kim ko‘rsatma berganligini surishtira ketishdi. Avval yosh yigitlar yer chizib mulzam turishardi. Chunki ularning ig‘vogarligi o‘tmakelgan edi. Shu boisdan qanday shitob bilan kirgan bo‘lsalar, shunday tezlikda chiqib ketishdi.

Keyin bilsak, NKVD xodimlarining qutqusi tufayli ko‘pgina uchastkalarda saylov to‘g‘risidagi qonunlar buzilib, ovoz berish natijalari bekor qilinibdi. Yuqoriga ma’qul bo‘lmagan ruvchilikka qo‘l urilibdi. Begunoh kishilar qamoqqa olinibdilar. Ularning aksariyatiga yurtini ko‘rish nasib etmadi. Bu hokimiyatni endigina tiklayotgan Beriya va uning gumash-talari qilmishi ekanligi keyinroq ayon bo‘ldi.

Xalq deputati sifatida yurt tashvishiga bel bog‘laganimga ham ellik yildan ortibdi.

Biz dastlabki sessiyalardayoq $$O‘zbekiston jumhuriyati Oliy Kengashi$$ o‘z ro‘znomasiga ega bo‘lishi lozimligi haqidagi masalani o‘rtaga qo‘ygan edik. Lekin arzimizga hech kim quloq solmadi. Xalq saylagan odamlarning istagi, so‘zi bilan uncha hisoblashilmasdi o‘shanda.

«Xalq so‘zi»ning nishona sonini ko‘rib quvonib ketdim: nihoyat, ellik yillik orzuyimizga erishibmiz, tilaklarimiz ro‘yobga chiqibdi. U el dardini chinakam o‘ylaydigan, orzu-umidini ro‘yobga chiqaradigan, yurt tashvishi bilan yashaydigan sevimli nashr bo‘lib qolishiga ishonchim komil.

Total words

359

Unique words

305

Annotated anthroponyms

1

Toponyms

1

TTR

0.850

Hapax

264

Distribution

Top frequency chart

Dataset