🔍

Article

SOGʻLOM TURMUSH TARZI VA UNING OMILLARI

By Saida SAYXUN, «O‘zbekiston ovozi» muxbiri • in 2005

Xalqning sog‘lig‘i jamiyatning katta boyligidir. Zero, har bir inson sog‘lom va uzoq, farovon umr ko‘rishni istaydi. Shu nuqtayi nazardan fikr yuritsak, har qanday jamiyatning bosh vazifasi odamlar sihat-salomatligi, to‘kin hayot uchun barcha shart-sharoitlarni yaratishdan iboratdir. Bugungi tibbiyot taraqqiyotining natijalari esa inson salomatligi ko‘p jihatdan uning o‘ziga bog‘liqligini ko‘rsatyapti.

Ma’lumki, o‘tgan asrning 80-yillarida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bu borada shunday xulosani bayon qilgan edi: faqat tibbiy davolash bilan inson sog‘ligini 8-10 foizgagina tiklaydi, 52 foiz holatda esa bu odamning turmush tarziga bog‘lik, 20 foiz atrof-muhit, ekologiyaga, yana 20 foiz esa irsiy omil- larga bog‘liq ekanligi ilmiy ravishda isbotlangan. Ko‘rinib turibdiki, salomatlik tarozisi pallasida «sog‘lom turmush tarzi» posangisining toshi salmoqli.

Sog‘lom turmush tarzi nima?

$$O‘zbekiston Respublikasi Sog‘likni saqlash vazirligi$$ Salomatlik instituti direktori, $$II-Toshkent Davlat tibbiyot institutining epidemiologiya kafedrasi$$ mudiri, tibbiyot fanlari doktori, professor [Omonturdi MIRTAZAYEV] bilan suhbatimiz ana shu haqda.

– [Omonturdi Mirtazayevich], asrlar davomida salomatlik o‘ziga xos tarix yo‘lini bosib o‘tgan. Ayting-chi, u qanday shakllangan?

– Kishilik jamiyatining turli davrlarida salomatlik va davolash masalasi har xil usulda hal qilingan. Agar qadimgi dunyo va o‘rta asrlar tabobati ilgari surgan taklif, g‘oyalarga nazar solsak, ular asosan salomatlik har bir kishining o‘ziga bog‘liq ekaniga katta ahamiyat berganligiga guvoh bo‘lamiz. Luqmoni Hakimning o‘g‘liga nasihatlari, Gippokratning sog‘likni saqlash haqidagi tavsiyalari, Aristotelning Iskandar Zulqarnaynga 10 ta maslahati va buyuk vatandoshimiz [Abu Ali ibn Sino]ning «Odam gavdasini munosib va yoqimli narsalar bilan ta’minlash» haqidagi maslahatlarida sog‘lom bo‘lish uchun kundalik turmushda nimalarga e’tibor qaratish kerakligi uqtirib o‘tilgan. Sharqshunos olim Mahmud Xasaniyning «Tabobat durdonalari» kitobida keltirilgan 28 nafar O‘rta Osiyolik tabibning asarlaridagi tavsiyalarda ham asosan xastalikdan saqlanish uchun me’yorida ovqatlanish, nafsni tiyish, badanni toza saqlash, bir so‘z bilan aytganda sog‘lom turmush tarzi lozimligi ta’kidlangan.

Bilamizki, XIX-XX asrlarda ilmiy-texnika taraqqiyoti tufayli kasalliklarni davolashda antibiotiklar, vaksinalar, ta’siri kuchli dorilarni qo‘llash, jarrohlik usullari nihoyatda rivojlanib ketdi. Bu inson salomatligini saqlashda yaxshi samaralar bermoqda Shu bilan birga hozirgi tabobatda organizm imkoniyatlarini yetarlicha hisobga olmaslik, odamlarda esa o‘z sog‘lig‘iga mas’uliyatsizlik bilan qarash kayfiyati paydo bo‘ldi.

Shunday odamlar bo borki, ular juda og‘ir kasallikka chalingan bo‘lsalar-da, o‘z turmush tarzini sog‘lomlashtirish orqali uzoq yillar umr ko‘rganlar va tabobatda o‘ziga xos tajriba, tarix yaratib ketganlar. Bular XIX asrda yashagan [S.Grexem], [I.Jenningo], [R.Troll], [T.Nikols], [J.Jekson] va boshqalar. Ulardan biri Katsudzo Nishi haqida ma’lumot beraylik. U 1884-yilda o‘ziga to‘q oilada kasalvand bo‘lib dunyoga keladi. Shifokorlar unga ichak sili va o‘pka limfa bezlarida shamollash bor degan tashxis qo‘yishadi. 9 yoshli bolakayni tekshiruvdan o‘tkazgan mutaxassislar: «20 yoshga borsayam katta gap» deyishadi. Nishi aqlli bola edi, u o‘z sog‘lig‘i uchun kurasha boshlaydi, badan tarbiya, qilichbozlik bilan shug‘ullanadi, tanani tinchlantiruvchi mashqlarga zo‘r beradi, jismoniy harakatni kuchaytiradi. Nihoyat, uch yildan keyin kasalligining bosh sababi noto‘g‘ri ovqatlanishda, atrofidagi nosog‘lom muhitdaligini o‘spirin yigitcha anglab yetadi va me’yorli ovqatlanishga o‘tadi. U sog‘aya boshlagan sari, salomatlik ilmini o‘rganishga kirishadi. Fletcherning ovqatning yaxshi hazm bo‘lishi chaynashga bog‘liqligi haqidagi kitobini topadi-yu, o‘zi ham kelajakda bu haqda ilmiy kitoblar yozadi. U umrini odamlar orasida to‘g‘ri ovqatlanish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga bag‘ishlaydi. Shu tariqa uning dunyoga mashhur «Nishi sog‘lomlashtirish tizimi» kitobi dunyoga keladi. U 1959-yilda 85 yoshida olamdan o‘tadi.

Salomatlik tarixida bunday misollar ko‘plab topiladi.

– Aytingchi, bugungi kun nuqtayi nazaridan qaraydigan bo‘lsak, sog‘lom turmush tarzi nima? Uning yo‘nalishlarini qanday belgilash mumkin?

– Sog‘lom turmush tarziga erishish uchun uning evolyutsion asoslari haqida ko‘proq tasavvurga ega bo‘lishimiz kerak. Shuni aytish mumkinki, sog‘lom turmush tarzi haqida xar xil qarashlar mavjud, Sababi, bu borada haligacha ilmiy asoslangan aniq fanning o‘zi yo‘q,

Shu o‘rinda xalqaro tajribalarga ahamiyat beraylik.
Xalqaro ekspert Djun Sandersning ilmiy xulosasiga ko‘ra, Jahon sog‘likni saqlash tashkiloti sog‘lom turmush tarzining yo‘nalishlarini kuyidagicha belgilagan: ovqatlanishi, kashandalik, faol turmush tarzi, ruhiy salomatlik, toza suv, atmosferaning ifloslanishi, samarali sanitariya, shaxsiy sanitariya, ovqatni gigiyenik tayyorlash, sariq, sil, o‘z joniga qasd qilish, OITS, irsiy kasalliklarga qarshi kurashish.

Biz sog‘lom turmush tarzining yo‘nalishlarini kasalliklarga qarab emas, balki insoniyatning evolyutsion taraqqiyotini hisobga olgan holda, uni keltirib chiqaruvchi omillarga qarab belgilashimiz kerak. Zero, biz hozir sog‘lom turmush kechirish yo‘nalishlarini biologik va ijtimoiy qonunlar asosida belgilab olishimiz zarur.

Ma’lumki, badanimizdagi faollik va sustlik o‘zgarishlari hafta, oy, yil davomida sodir bo‘ladi va bu bioritmik hodisalardir. Insoniyat million yillardan buyon quyosh chiqqanda turib, botganda dam oladi, Shu tufayli uning badanida kunduzi faollik, tunda sustlik ritmi shakllangan. Endi tasavvur qiling, biz taraqqiyot vositalari – elektr, televizor, videotexnika imkoniyatlari ta’sirida tunlariyam tanamizga «tinchlik» bermasak, uning biologik qonuniyatlariga zid ish tutsak, oqibatda, eng avvalo, asab va ruhiy kasalliklarni orttiramiz. Shuning uchun ham hayot tarzimizni tabiatdagi ritmik o‘zgarishlarga mos ravishda tashkil etish orqali sog‘lom turmush tarzining yana bir mu muhim talabiga rioya qilgan bo‘lamiz.

Ijtimoiy munosabatlar kishi salomatligiga ta’sir etuvchi eng katta va kuchli omildir. U avvalo, odamning ruhiyatiga ta’sir qiladi, ruhiyat bo‘lsa salomatlik bilan bevosita aloqadordir. Odamning ruhiyati ko‘tarinki bo‘lganda tomirlarimizda qonning harakati, ichki a’zolarimizning faoliyati, modda almashinuvi me’yorida, ishchanlik yuqori bo‘ladi, Ruhiy tushkunlik esa barcha tana a’zolarimizdagi faoliyatning, ichki sekretsiya bezlari, yurak va qon-tomirlari faoliyatining buzilishiga olib keladi, Zotan, bunday odam ijtimoiy hayotga yaroqsiz bo‘lib qoladi.

Bizningcha, jamiyatimizdagi insonlarning turmush tarzini yanada sog‘lomlashtirishda odamlar orasida to‘g‘ri va ratsional (oqilona) ovqatlanish, jismoniy harakatli turmush, badan tarbiyasi va ommaviy sport turlari bilan shug‘ullanish, kun va ish tartibini bioritmik (organizmning imkoniyatiga qarab) qonuniyatlar asosida tashkil etish, jinsiy tarbiya, oilada sog‘lom ma’naviy muhit, ruhiy osoyishtalikni ta’minlash, zararli odatlardan (giyohvandlik, chekish, spirtli ichimliklar ichish) saqlanish, shaxsiy hamda jamoat sanitariyasiga rioya qilish, sog‘lom turmush tarzi haqida yetarli bilim va malaka, madaniyatga ega bo‘lishini ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi.

– Prezidentimiz tomonidan yangi yil - Sihat-salomatlik yili deb e’lon qilindi. Shu o‘rinda, agar ta’bir joiz bo‘lsa, mamlakatimiz salomatlik tarixini yana bir bor eslab o‘tsak. Va bu borada qanday reja, fikr-mulohazalaringiz bor?

– Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq xalq- ning sog‘lom turmush tarzi davlat ahamiyatidagi masalaga aylandi. Respublika- mizda 1993-yilda «Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya jamg‘armasi tuzildi va shu nomda orden ta ta’sis etildi, 1996-yilda «O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida»gi Qonun, 1998-yilda «Respublikada Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishning Davlat dasturi to‘g‘risida Farmoni chiqdi, Qonunlarning hayotga tadbiqi sifatida respublika aholisi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va ommalashtirish maqsadida Salomatlik instituti barcha viloyatlarda uning hududiy filiallari tashkil etildi.

Xalqimizning sog‘lom turmush tarzini yanada barqarorlashtirish borasida sog‘lom turmush tarzi haqidagi uzoq yillarga mo‘ljallangan Milliy dasturga ega bo‘lishimiz kerak, Ana shu ezgu maqsad yo‘lida institutimiz mutaxassislari uning loyihalari ustida ishladi, Zero, uning dastlabki tamal toshlarini qo‘ydik.

– Mutaxassis sifatida, yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini mustahkamlashda yana qanday chora-tadbirlarni ko‘rish kerak, deb o‘ylaysiz?

– Har qanday jamiyat taraqqiyotida yoshlarning bilimi, ongi, tafakkuri, dunyoqarashi, ma’naviy sog‘lom muhitda turmush kechirishlari muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, yoshlarimizni giyohvandlikdan asrash kerak, zero, bu illat ko‘plab yuqumli kasalliklar tarqalishiga olib kelyapti. Oddiy misol, hech kimga sir emas, ayniqsa, o‘smirlar o‘rtasida tibbiy bilim pastligidan, yigit- larimiz bepushtlik, jin- siy zaiflik, kasalliklaridan aziyat chekyapti.

Mutaxassis sifatida, ularga bog‘cha, maktablarda bu bilimni berishni kuchaytirish zarur deb o‘ylayman. Shuningdek, maktablarda «Valeologiya» – sog‘lom turmush tarzi haqidagi fanni o‘quv dasturlariga kiritish, maqsadga muvofiq, deb hisoblayman.

Zotan, insonning sihat-salomatligi ko‘p jihatdan, aynan, sog‘lom turmush tarzini yanada mustahkamlashga bog‘liqdir.

Total words

1,121

Unique words

752

Annotated anthroponyms

8

Toponyms

2

TTR

0.671

Hapax

586

Distribution

Top frequency chart

Dataset