Oʻtgan yilning oxirlarida kadmi kollektivi oldida nihoyatda murakkab vazifa turardi. Ishlab chiqarilayotgan
metallning 70 protsentini davlat Sifat belgisiga taqdim qilish kerak edi. Bu sifat uchun, korxona markasi obroʻsi uchun harakat hal qiluvchi bosqichga kirganidan darak Berardi.
Sifat uchun kurashning xalq xoʻjaligini rivojlantirish, sovet xalqining farovonligini oshirishdagi ahamiyati, uni ta’minlash texnika-texnologiyasi haqida har bir ishchiga obdon tushuntirildi. Sex ma’miuriyati, partiya, kasaba soyuz va Komsomol tashkilotlarining yigʻilishlarida sifat uchun kurash omillari haqida keng fikrlashildi, aniq maqsadni koʻzlab qarorlar qabul qilindi.
Brigadalar yagona naryad asosida pudrat usulida ishlashga oʻtganliklari mahsulotning yuqori sifatli boʻlishini ta’minlashda yana bir qulay vosita boʻldi. Shu tufayli kollektiv oldida turgan juda qiyin, murakkab vazifa sharaf bilan bajarildi. Ulugʻ Oktabrning 69 yilligi arafasida 2 xil mahsulot attestatsiyada yuqori baholarga sazovor boʻldi.
Ana shu muvaffaqqiyatda bizning rux zavodimiz ishchilarining hissasi ham alohida. Zavod kombinatda birinchilar qatori davlat qabuli aslida ancha oldinroq, ya’ni, oʻtgan yil oktabrining boshlarida joriy etilgan.
Davlat nazoratchilari faoliyatimizning hamma qirralarini aniq hisobga olishdi, ishchilarning chinakam madadkorlari boʻlib qolishdi. Ular tayyor mahsulotlarni nazorat qilibgina qolmay, ishchilarning mehnat sharoiti, ishlab chiqarish jarayonlarining ahvoli, texnika va texnologiyaning puxtaligidan ham bevosita xabardor boʻlib bormoqdalar, zarur yordam oʻz vaqtida berilishini ta’minlamoqdalar. Minnatdorlik bilan aytamizki, seximiz va butun zavodimizda mahsulotlar endilikda yuqori sifat bilan tayyorlanayotgan ekan, unda davlat qabuli vakillarining hissalari katta.
Bunday keskin ijobiy oʻzgarishga osonlikcha erishilgani yoʻq. Sifat masalasi ilgari ham diqqat markazida boʻlgan. Har vaqt shu toʻgʻrida gapirilgan. Lekin sifatni ta’minlashning konkret, amaliy jihatdan foydali yoʻlini tanlab olishda loqaydlik va uquvsizlik qilingan.
Mahsulotning yuqori sifati har bir ishchining, mutaxasisning va ayni paytda butun kollektivning bir yoqadan bosh chiqarib qilgan halol, fidokorona mehnati mevasi boʻlyapti.
Quruvchilarimiz endilikda nazoratning eng afzal va qulay usuli – oʻzini oʻzi nazorat qilish usulida ishlashni oʻrganib borishyapti, bu ijobiy xislatni ishchida kamol toptirishda davlat qabuli vakillarining sidqidildan qilayotgan mehnatlari katta rol oʻynayapti. Mahsulotlar ishchining shaxsiy tamgʻasi bilan iste’molchilarga yetkazib berilyapti. Sex va zavodimizdagi har bir ishchining yuqori sifat uchun mas’uliyati shu tariqa oshirilishiga erishilmoqda.
Sifat uchun kurashdagi faoliyatimiz davlat nazoratchilari nigohidan oʻtayotgan kundan boshlab har birimiz oʻzimizning ishlab chiqarish imkoniyatlarimizni chuqurroq hisobga ola boshladik, oʻzaro hamkorlik va nazoratni yana ham kuchaytirdik. Ularning yaqindan koʻrsatayotgan yordami tufayli bizga xomashyo yetkazib beruvchi kollektivlar bilan boʻladigan koʻngilsiz holatlarga ham chek qoʻyildi. Endilikda xomashyoning davlat standarti talablariga mos kelayotgani ishlab chiqarishni yana ham samarali tashkil etishga imkon berdi.
Shuni ham aytish kerakki, sifatni nazorat qilishning hozirgi yangi usuliga oʻtish osonlikcha kechayotgani yoʻq. Odatda dastlab yurilgan soʻqmoq qiyin va murakkab boʻladi. Ba’zan vaqtinchalik koʻngilsizliklar ham yuz beradi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hajm jihatdan ozayib, ishchilarning maoshi sal kamaygan hollar ham boʻladi.
Lekin ishchilar muvaqqat qiyinchilik oldida esankiramadilar. Balki mahsulotlarning yuqori sifatli ishlab chiqarilishiga erishish, yangicha sharoitda jadal maromni ta’minlash yoʻlida hamjihatlik bilan mehnat qildilar. Endilikda ishonch va quvonch bilan aytishim mumkinki, butun qiyinchiliklar ortda qoldi. Mahsulotlar isre’molchilarga manzur boʻlayotir. Sifat xususida ilgarigidek shikoyatlar emas, balki rahmatnomalar ola boshladik.
Shu oʻrinda ibrat koʻrsatayotgan tajribali hamkasblarim haqida alohida gapirishni xohlayman. Metall erituvchilaridan [M.Volosenkov], [V.Ivankov], [I. Panchenko], [B. Firsov], [N. Stepanenko] kabi ilgʻor ishchilarning rezervlardan oqilona foydalanishdagi shaxsiy namunasidan juda xursandmiz. Seximiz katta mexanigi [V. Sirov], davlat nazorati vakili [L. Kim] oʻrtoqlarining gʻayrat shijoati muhim rol oʻynamoqda.
Biz sifat uchun kurashda ishonchli yoʻlni topib oldik. Uni sabot va matonat bilan davom ettiramiz. Ulugʻ Oktabrning 70 yilligi sharafiga mahsulotlar sifatini tubdan yaxshilab borish sotsialistik musobaqaning eng muhim bandi boʻlib qoladi.
Total words
544
Unique words
400
Annotated anthroponyms
7
Toponyms
0
TTR
0.735
Hapax
331
Distribution
Top frequency chart
Dataset