🔍

Article

OLAMGA TINCHLIK

By X. Nosirov • in 1975

Davramiz keng, dasturxon toʻkin edi. Soat 12 ga bong urishiga hali vaqt bor. Hamma soʻnggi daqiqalarini ilhaqlik bilan kutmoqda. Shu payt, televizorda diktor qiz:
- Diqqat qiling! Tomoshabin oʻrtoqlar. E’tiboringizni kosmik kemadan olib
koʻrsatiladigan jahoniy reportajga havola qilamiz - deb qoldi. Koʻp oʻtmay ekranda kosmonavtlar koʻrindi.
- Kemamiz Sharq tomon parvoz qilmoqda. Yangi yil kun bilan tun
almashadigan tomondan boshlanadi. Demak, yoʻlda Qorboboni qarshilab boramiz.
Bayram stoli atrofida oʻtirganlar kosmik kema komandirining soʻzlariga diqqat qilib nigohlarini ekranga qadashgandi.
- Mana, Taymir, Allomalarning aytishicha Qorboboning vatani Taymar ekan.
Qorbobo shu yerda izgʻirin shamol bilan aka-uka tutingan. Shu yerda qutb tuni bilan oʻz taqdirini bogʻlagan. Ularning qizlari boʻlmish Muzlik ham mangu ayoz, tun va shamol timsoli sifatida dunyoga kelgan ekan. Hozir bu yerga inson qadami yetgan. Sovet kishilari Arktika tundrasi va Sibir taygalari yoqasida zamonaviy Norilsnikni barpo etishgan. Ana, norilskni yangi yil dasturxonini tuzash bilan band….
- Mamlakatimizning Uzoq Sharq chegarasiga yaqinlashmoqdamiz, - soʻzida
davom etdi komandir. – Shu payt “zangori ekran”da passajir teploxodi koʻzga tashlandi.
- Bu [Lenin] ordenli Uzoq Sharq dengiz poroxodchiligiga qarashli (Mariya
Ulyanova) kemasi. Unda ishlab chiqarish ilgʻorlari, olimlar vajurnalistlardan iborat turistlar sayohat qilishmoqda. Kemada bir gruppa oʻbekistonlik turistlar ham bor. Sovet turistlari yangi yilni kurramizning belbogʻi – ekvatorda Qorbobo huzurida emas, balki dengiz va okeanlar sohibqironi - [Neputin] oldida oʻtkazadilar.
Ekranda tasvir oʻzgara boshladi. Avvaliga ehromlardan chalinayotgan qoʻngʻiroqlar ovozi quloqqa chalindi. Hammamiz baravariga Yaponiya, - dedik. Kosmonavtning soʻzicha qoʻngʻiroqlar 108 marta urilar ekan. Ovozi radio orqali eshittiriladi. Chunki, yaponlar tong yorishmasdan quyoshning birinchi nurlari bilan birga yangi yilni qarshilashlari zarur. Gʻaflat bosganlarga esa, yangi yil omadsiz boʻlarkan. Televizorda bayram dasturxoni koʻrindi. Unga toʻqchilik belgisi – gurunch pechenisi, uzoq umr ramzi – uzun makaron, sog-salomatlik timsoli – noʻxotdan pishirilgan taomlar qoʻyilgan.
Televizorda bayram konserti boshlangan ham ediki, eshik ochilib, xonaga oldindan buyurtma qilingan Qorbobo bilan Qorqiz sovgʻa koʻtargan holda tashrif buyurishdi. Soat 12 ga bong urdi. Muborakbodlar, raqs va qoʻshiqlar bir-biriga ulanib ketdi.
Zaminimizning turli burchagida faqat yangi yil kutish bilan bogʻliq an’ana odatlarga osuda dam, tincha mehnat gʻoyalari singdirilgan ekan, bularda odamlar yashab turgan yeri, millati va irqidan qat’iy nazar ozodlik, mustaqillik, tinchlikka ilhaqlik koʻrinadi.
Ananalar sotsialistik tuzum sharoitida yangicha ma’no kasb etgan. Xoh choʻlda xox oʻrmon yoki muzliklar qa’rida boʻlmasin odamlarimiz yolgʻizlik sezmaydi, katta oila farzandidek yaratuvchanlik bilan sobit qadam tashlamoqdalar. Chunki tuzumimiz, turmushimiz tarzi shunday. Bayramizngiz qutlugʻ boʻlsin, aziz vatandoshlar.

Total words

371

Unique words

309

Annotated anthroponyms

2

Toponyms

0

TTR

0.833

Hapax

274

Distribution

Top frequency chart

Dataset