🔍

Article

2004-YILNING OʻN UCH BUYUK HAQIQATI

By Farruh HAMROYEV, Matnazar ELMURODOV, Zayniddin … • in 2005

(Davomi. Boshi oʻtgan sonda...)

Bir yil - insoniyat tarixi oldida ko‘zga ko‘rinmas zarradek bo‘lsa-da, lekin shu vaqt mobaynida qo‘lga kiritilgan muvaffaqiyatlarni ummonlarga qiyoslash mumkin. Darhaqiqat, o‘tgan yilda mamlakatimiz o‘z istiqlolining o‘n uch dovonini zabt etib, o‘n to‘rtinchisiga qadam qo‘ydi. Ertangi kun istiqboliga asos bo‘larli, mamlakat va xalq kelajagi yo‘lida muhim qonunlar yaratildi. Sarhisob pallasi kechayotgan yangi yilning dastlabki kunlarida bosib o‘tilgan yo‘llarga ko‘z tashlash, qilingan ishlardan quvonish, qolganlarini amalga oshirishga bel bog‘lash xalqimizga xos azaliy odatdir.

Yangi yilda qilinajak yumushlar, ko‘zlangan maqsadlar esa hali oldinda. Bugun ularni amalga oshirish uchun har bir vatandoshimiz o‘zgacha kayfiyat, katta mas’uliyat bilan yondashmoqda.

Gazetamizning o‘tgan sonida 2004-yil mamlakatimizda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari, sog‘lom turmush tarzi, el-yurt farovonligi yo‘lida bajarilgan ulkan sa’y-harakatlar va bu tarixiy yutuqlarning sababchilari, ishtirokchilari, guvohlari bo‘lmish fidoyi yurtdosh- larimiz, bir qator soha mutasaddilarining fikr-mulohazalarini e’lon qilgan edik.

Bugun uning davomini e’tiboringizga havola etmoqdamiz.

[Muslihiddin MUHIDDINOV], filologiya fanlari doktori professor, SamDU birinchi prorektori:

O‘tgan 2004-yil ulug‘ ajdodlarimizga chuqur hurmat, ular qoldirgan madaniy merosga ehtirom, vorislik mas’uliyatini anglashimiz bilan tarix sahifalariga muhrlanib qoladi.

Biz bu yilda xalqimizning sevimli shoiri, istiqlol kuychisi marhum [Muhammad Yusuf] tavalludining 50-yilligini mamlakat miqyosida keng nishonladik.

Shoir ijodini o‘rganish, unda ifoda etilgan Vatanga muhabbat, millatni ulug‘lash g‘oyalarini yosh avlod ongiga singdirish borasida bir qator xayrli ishlar amalga oshirildi.

Ajdodlarimiz abadiyati yo‘lida qilingan yana bir muhim ish, buyuk vatandoshimiz, muqaddas islom dini, islom falsafasi rivojiga katta hissa qo‘shgan ulug‘ mutafakkir Xoja Axror Valiy tavalludining 600-yilligini o‘tkazish bo‘yicha e’lon qilingan Vazirlar Mahkamasining qaroridir. Unga ko‘ra, Xoja Axror Valiyning Samarqand tumanidagi me’moriy majmuasida ulkan bunyodkorlik ishlari olib borildi. «Xoja Axror Valiyning Markaziy Osiyo tarixi va ma’naviyatida tutgan o‘rni» mavzuida respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi. Shuningdek, o‘tgan yilda milliy me’morchiligimizning noyob durdonasi - Samarqand shahridagi Shohi Zinda yodgorlik majmuasida qayta tiklash, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlarini tashkil etish, uning infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi- ning qarori e’lon qilindi. Bugun bu majmuada ham katta miqyosdagi ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Istiqlolning moviy osmoni uzra oy kabi balqib, [Oybek] abadiyati kezmoqda. Ulug‘ adib ijodining ulkan ahamiyatini inobatga olib yozuvchi tavalludining yuz yilligini 2005-yilda respublikada keng nishonlash borasida ham hukumatimiz qarori e’lon qilindi. Shu bois men 2004-yilni ma’naviy hayotimizga oid muhim voqealarga boy bo‘lgani bilan XXI asrda o‘ziga xos o‘rin tutadi, deb o‘ylayman.

^^Dildora QAYUMOVA^^, $$Toshkent shahridagi 4-oilaviy poliklinika$$ bosh shifokori:

Mamlakatimiz tibbiyotida shaxsan Prezidentimiz boshchiligida olib borilayotgan islohotlar bugun o‘zining yuksak bosqichiga yetdi. Jamiyatda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, aholi farovonligini yanada oshirish, jismonan va ma’nan sog‘lom avlodni voyaga yetkazish borasida qilinayotgan ishlar zamirida avvalo, inson omili, uning baxt-saodati turganini bugun barcha anglab yetmoqda. Shu jihatdan olib qaraganda, 2005-yilning «Sihat-salomatlik yili» deb e’lon qilinishi aynan bu ustuvor siyosatning mantiqiy davomidir. Hech shubhasiz, Yangi yilda salomatlik jonkuyarlari bo‘lmish biz shifokorlar zimmasiga yanada fidoyi, odamlar sog‘ligi yo‘lida tunu kun xizmatga shay bo‘lishdek mas’uliyatli vazifa turibdi.

Shu o‘rinda 2004-yil bizning jamoamizga ham quvonchli kelganini aytib o‘tmoqchiman. Mustaqilligimizning 13-yilligi arafasida ishga tushirilgan shifoxonamizga mamlakatimiz rahbarining tashrif buyurishi, bu yerdagi shart-sharoitlar bilan tanishib, zarur maslahatlar berganlari qalbimizda faxr hissini uyg‘otadi.

Oilalarda ayollar sog‘ligini mustahkamlash, ona va bola salomatligini asrash, aholining tibbiy madaniyatini yuksaltirish shifokorlarimizning asosiy shioriga aylangan.

[Ibrohim NORMATOV], siyosiy sharhlovchi:

- $$Toshkent$$ ruxi 2004-yilda ham o‘zining ta’sir kuchini ko‘rsatdi. O‘zbekistonning tashabbusi bilan mamlakatimiz poytaxtida Shanxay Ham- korlik Tashkilotining sammiti o‘tkazildi. Bu xalqaro sammitning ahamiyati shundaki, SHHT bu galgi anjumaniga asosiy tizimlari shakllangan, moddiy jihatdan ta’minlangan, rejalari aniq, maqsadlari uyg‘unlashgan, tashkiliy jihatdan uyushgan holda keldi. Ayniqsa, Toshkentda tashkilotning Mintaqaviy antiterror markazi, Pekinda esa Kotibiyati ish boshlaganligi sammitga alohida salohiyat bag‘ishladi. Xalqaro kuzatuvchilar SHHTni hatto Yevropa Ittifoqiga qiyoslashdi.

Yurtimizga SHHT Xavfsizlik Kengashi doimiy a’zolari bo‘lgan $$Xitoy$$ va $$Rossiya$$ kabi qudratli davlatlarning rahbarlari tashrif buyurdi. Ular xalqaro terrorizmga, narkobiznes va ekstremizmga qarshi kurashda imkoniyatlardan birgalikda foydalanish, ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, o‘zaro integratsiya jarayonlariga yangi kuch, yangi mazmun bag‘ishlash maqsadida Toshkentda samarali muloqot olib bordilar.
Nazarimda, O‘zbekistonning tashqi siyosatida ustuvor bir yo‘nalish bor. Bu mintaqadagi qo‘shni davlatlar bilan ko‘p tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga alohida e’tibor berilayotganligidir. Bu davlatlar bilan SHHT doirasida o‘rnatgan aloqalarimizning qamrovi keng. Jumladan, Rossiya bilan strategik hamkormiz. Xitoy bilan ana shu yo‘nalishda ish olib borilyapti. Biz SHHT faoliyatida qo‘shni Afg‘onistonning faol ishtirok etishi tarafdorimiz.

SHHTning $$Toshkent sammiti$$ ishini bir qator xalqaro tashkilotlar diqqat bilan kuzatib borishdi, Biz NATO mutaxassislari bilan suhbatlashganimizda bunga ishonch hosil qildik. Ular NATOday katta kuch-quvvatga ega bo‘lgan tashkilot o‘z faoliyati jarayonida turli muammolarga duch kelayotgan bir paytda SHHT Markaziy Osiyoda o‘z muammolarini o‘zi hal etayotganligi g‘oyatda ibratli va diqqatga sazovor ekanligini ta’kidlab o‘tishdi. Shuning uchun ham Osiyo qit’asida SHHTga a’zo bo‘lishga ishtiyoqmand davlatlar soni ortib boryapti, Hozircha ularning ayrimlari kuzatuvchi maqomiga ega. Toshkent sammiti ularning maqsad yo‘lidagi intilishlarida dastlabki bosqich bo‘ldi.

Yangi yilda SHHT mintaqada xavfsiz- likni hamda hamkorlikni ta’minlaydigan Osiyo uyiga aylanishi ehtimoldan holi emas.

[Ibroyim YUSUPOV], $$O‘zbekiston Qaxramoni$$:

- 2004-yil nafaqat mening, balki butun qoraqalpoq xalqi, adabiyoti uchun esda qolarli bo‘ldi. Mustaqilligimizning 13-yilligi arafasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga binoan menga $$«O‘zbekiston Qahramoni» yuksak unvoni$$ berildi.

Yoshim saksonni qoralab bormoqda. Hayotimni, kuch-qudratimni o‘zbek va qoraqalpoq adabiyotini rivojlantirishga sarflamoqdaman. Bir qator kitoblarim jahonning o‘nlab tillariga o‘girilgan. Istiqlol tufayli har ikkala xalq adabiyotiga, unga xizmati singgan ijod ahliga katta e’tibor berilmoqda. Mustaqil mamlakat me’mori hisoblangan Yurtboshimiz buning isboti sifatida adabiyotimiz vakillaridan bir nechalarini mana shunday yuksak mukofotga lozim ko‘rdilar.

Men shu kunlarda Mustaqillik, Millat, Vatan to‘g‘risida turkum she’rlar yozdim. Maqsadim - xalqim ovozini, she’riyatimizni butun dunyoga ko‘rsatish. Bu orzularni amalga oshirishga balki umrim yetmas. Lekin kelajak avlodlar uni ro‘yobga chiqarishiga ishonaman.

Yangi yil butun mamlakatimizga tinchlik-omonlik, osoyishtalik olib kelsin. Davlatimiz rahbari tomonidan «Sihat-salomatlik yili» deb e’lon qilingan yangi yilimizning qadami qutlug‘ bo‘lsin. Ushbu yilda yangi-yangi zafarlar barchamizga hamroh bo‘lsin. Adabiyotimizning tinchlikni tarannum etuvchi, ozodlikni kuylovchi o‘ktam ovozi barqaror bo‘lsin. Zamonamiz bunyodkorlari, qahramonlari ko‘payaversin.

[Yo‘ldoshboy QURBONBOYEV], $$Hazorasp tumani$$dagi 17-o‘rta maktab direktori:

Utgan yil hazoraspliklar hayotida unutilmas va quvonchli voqealar ko‘p bo‘ldi. Voha aholisining asriy orzularidan biri ushaldi. Mamlakatimiz rahbari tashabbusi bilan Amudaryo ustida eng zamonaviy uslubda ulkan ko‘prik bunyod etildi. U odamlarning uzog‘ini yaqin, mushkulini oson qildi. Butun yurtimiz kabi Xorazm va Qoraqalpog‘istonni ham ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda katta imkoniyatlar eshigini ochdi.

Mutaxassislarning fikricha, uzunligi 681 metr bo‘lgan bu mahobatli ko‘prik Markaziy Osiyoda yagona. U bir kecha-kunduzda har ikki tomonga 14 poyezd, soatiga mingdan ziyod avtomobilni o‘tkazish imkoniyatiga ega. Yo‘lovchilar uchun eng kulay tomoni «Urganch Toshkent» yo‘nalishidagi poyezdlarning vaqti 5 yarim soatga, masofa esa 300 kilometrga qisqardi. Endi Xorazmdan kelayotgan avtotransport qo‘shni davlatlar hududidan o‘tmasdan, qiyinchiliklarsiz «Nukus Samarqand» yo‘lida harakatlanadi. Bir so‘z bilan aytganda, ushbu mustaqillik inshooti xorazmliklarning faxri, g‘ururiga aylandi. Uning ochilish marosimida Prezidentimiz Islom Karimov ishtirok etib, voha ahlini ulkan qurilish bilan qutladi hamda ushbu ko‘prik mamlakatimiz avtomobil va temir yo‘l tizimlarini zamon talablari darajasida rivojlantirishda, chet elga mahsulot eksport qilishda katta ahamiyat kasb etajagini alohida ta’kidladi.

Biz xorazmliklar uchun 2004-yilning eng muhim voqeasi bo‘lgan mazkur ko‘prik orqali faqat ezguliklar o‘tishini, yangi yil esa yaxshiliklar olib kelishini istayman.

[Po‘lat ERGASHEV], TDPU magistri, $$O‘zbekiston Respublikasi$$ Prezidentining Davlat stipendiyasi sovrindori: 2004-yilning so‘nggi kunlari men uchun ulkan quvonch keltirdi. Anglaganim shu bo‘ldiki, yoshlikdagi har bir daqiqaning ishini keksalikning yillari ham bajarolmaydi. Uning har soniyasidan unumli foydalanish, ezgu maqsadlar yo‘lida sarflash bugun biz kabi yoshlar oldidagi muhim vazifadir.

Men bugungi kunda $$Toshkent davlat pedagogika universitetining pedagogika va psixologiya fakulteti$$ magistraturasida tahsil olib, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent Nuriddin Safayev ilmiy rahbarligida «Etnik stereotiplar dinamikasining informatsion determinatsiyasiga xos xususiyatlar» mavzuida magistrlik dissertatsiyasi ustida tadqiqot olib bormoqdaman.

O‘tayotgan yil men uchun esda qolarli bo‘ldi, chunki 2004-2005 o‘quv yilida pedagogika-psixologiya yo‘nalishida talaba-magistrlar uchun ta’sis etilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyasiga sazovor bo‘ldim. Ayni paytda bu yuksak ishonchni oqlash yo‘lida katta mas’uliyat bilan harakat qilishim kerakligini his etaman.

Yangi yildagi rejalarim haqida gapiradigan bo‘lsam, izlanishlarimni davom ettirib, xalqaro ilmiy anjumanlarda qatnashishni maqsad qilganman.

[Farhod TOHIROV], TDYUI dotsenti, jinoyat huquqi kafedrasi mudiri:

Ma’lumki, respublikamizda mustaqillik yillari sud-huquq islohotlariga doir bir qancha muhim ishlar amalga oshirildi. Jumladan, jinoyat, jinoyat-protsessual hamda ma’muriy-javobgarlik to‘g‘risidagi qonunlarni liberallashtirish maqsadida amaldagi kodekslarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildiki, ular fuqarolarning xunuk va erkinliklarini himoya qilishga qaratilgan muhim vazifalardir. Bundan tashqari, istiqlol yillarida Prezidentimizning «Amnistiya to‘g‘risida»gi 15 ga yaqin Farmoni e’lon qilindi. Bu ham sud-huquq islohotlarini amalga oshirishga qaratilgan muhim vazifalardan biridir.

Jumladan, 2004-yilda Prezidentimizning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining o‘n ikki yilligi munosabati bilan e’lon qilingan «Amnistiya to‘g‘risida»gi Farmonini alohida ta’kidlash joiz. Chunki ushbu Farmonda insonparvarlik tamoyillari mujassamlashgan bo‘lib, mamlakatimizda odil fuqarolik jamiyati qurish yo‘lidagi islohotlarni to‘la ifodalaydi.

Farmonning 3-bandida «Mazkur Farmon kuchga kirgunga qadar bir yildan oshmagan muddat ichida qonunda belgilangan tartibda jazoni o‘tashga to‘sqinlik qiladigan og‘ir kasallikka chalingan yoki birinchi va ikkinchi guruh nogironlari deb topilgan shaxslar (javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirish jinoyatini sodir etganlar bundan mustasno) jazodan ozod qilinsin», - deb ko‘rsatib o‘tilgan. Bunday yengillik, amnistiya to‘g‘risidagi oldingi farmonlarda to‘liq o‘z ifodasini topmagan edi.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, Prezidentimizning «Amnistiya to‘g‘risida»gi Farmoni mamlakatimizda insonparvarlik, bag‘rikenglik tamoyillariga asoslangan holda fuqarolarimiz- ning taqdiri to‘g‘risida naqadar g‘amxo‘rlik ko‘rsatilayotganligiga yaqqol dalildir.

Mazkur Farmon mamlakatimizda o‘tkazilayotgan sud-huquq islohotlarining bosqichma-bosqich amalga oshirilayotganligiga yorqin misoldir.

Total words

1,436

Unique words

1016

Annotated anthroponyms

9

Toponyms

10

TTR

0.708

Hapax

843

Distribution

Top frequency chart

Dataset