Yillar o‘z o‘rnini yangi yillarga, asrlar esa navbatdagi yuz yillikka bo‘shatib beraveradi. Bu – vaqt qonuniyati. Lekin biz o‘tayotgan fursat uchun emas, uning mazmun va mohiyati oldida mas’ulmiz. Umr kitobining yana bir sahifasi nihoyasiga yetdi. Uni ertaga varaqlaydigan avlodlar esa sizu bizga o‘z baholarini beradilar. Shuning uchun ham har bir lahza g‘animat, har bir kunimiz bebaho, qaytmas bir olam.
2004-yil mamlakatimiz miqyosida ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirilgan yil bo‘lib tarixga muhrlandi. Zamondoshlarimiz yurtimiz iqtisodiy qudratini oshirish, xalqimiz ma’naviy salohiyatini yuksaltirish borasida muhim qadamlar qo‘ydilar. Shu bois ham zamonamiz qahramonlari safi kengaydi. E’tiboringizga havola etilayotgan 2004-yilning o‘n uch buyuk haqiqati esa allaqachon o‘tmish mulkiga aylandi. Bu moziy adolati esa millatning istiqlol osmonidagi qudratli parvozini ta’minlaydi. Mustaqilligining o‘n to‘rtinchi yiliga qadam qo‘yayotgan mamlakatimiz uchun o‘tayotgan har bir yil muhim ahamiyat kasb etib boraveradi.
Mehr va muruvvatdan Sihat-salomatlikkacha qilingan ezgu amallar yangi yilimizda ham barqaror bo‘lsin.
[Asliddin RUSTAMOV], $$O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi birinchi kotibi$$:
Bugun insoniyat milodiy XXI asrning to‘rtinchi pog‘onasidan beshinchisiga ko‘tarildi. Yangi yil ham oldingilaridek yangi rejalar bajarilishi, orzu-havaslar ushalishi, yangi niyat va umidlar ro‘yobga chiqishi uchun intilishlar, sa’y-harakatlar, kurashlar yili bo‘lishi muqarrar.
Yangi yil boshida ortda qolgan yil davomida qilingan ishlarni tahlil va sarhisob etish, to‘plangan qimmatli ijobiy tajribani o‘rganish, muvaffaqiyatsizliklardan xulosa chiqarish odatga aylangan. Xo‘sh, o‘tgan yil hayotimizda qanday iz qoldirdi? Uning qanday jihatlarini davom ettirish, rivojlantirish kerak? Bu oddiy savollarga to‘la javob topish uchun maqsadli sa’y-harakatlar va muayyan vaqt kerak, albatta. Lekin hozirning o‘zida ham ortda qolgan yilning ko‘zga tashlanib turgan ayrim xususiyatlarini tilga olish mumkin
Islohotlarning huquqiy poydevori mustahkamlandi. Iqtisodiyotda rivojlanish sur’atlarining o‘sishi yuqori bo‘ldi. Parlamentni isloh qilish ishlari keng ko‘lamlarda olib borildi. 26-dekabr saylovlari shu yo‘nalishdagi muhim qadamdir. Jamiyatni demokratiyalashtirish sari yangi odimlar qo‘yildi. $$O‘zbekistonning G‘arbu Sharq davlatlari$$, xususan, $$Rossiya$$ bilan har tomonlama hamkorligi kengaydi.
Poyoniga yetgan yil partiyamiz uchun ham samarali bo‘ldi. Noyabr oyi boshida uning navbatdagi IV Qurultoyi bo‘lib o‘tdi. Unda $$O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi$$ mamlakat siyosiy maydonidagi so‘l kuch - barcha mehnat ahli manfaatlarining ifodachisi, aholi zaif tabaqalarining ijtimoiy himoyachisi, deb e’lon qilindi. XDP tuzilgandan buyon birinchi marta partiyaning ijtimoiy ta- yanchi masalasiga va siyosiy faoliyatining maqsad-vazifalariga aniqlik kiritildi. Bu bilan partiya o‘z zimmasiga katta mas’uliyatni ham oldi. Ana shu mas’uliyat hissi bilan biz mamlakatimizda yaqinda bo‘lib o‘tgan yalpi saylovlarda faol ishtirok etdik.
2005-yilga yangi umid-orzular, rejalar bilan kirmoqdamiz. Partiyamiz mamlakatimizda izchil davom etayotgan yangilanish jarayonlariga qo‘shayotgan hissasini ko‘paytirishga harakat qiladi. $$Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi$$, $$Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi$$ va viloyat, tuman, shahar Kengashlari tarkibida o‘z fraksiyamiz va deputatlik guruhlarimizni tuzib, ular orqali Saylovoldi Platformasida qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirishga harakat qilamiz. Shuningdek, tashkilotlarimiz Sihat-salomatlik yili Davlat dasturini amalga oshirishda baholi qudrat ishtirok etajaklar.
Partiyaning ichki hayotida ham jiddiy o‘zgarishlar yuz beradi. Keyingi qurultoyda qabul qilingan $$O‘zbekiston XDP$$ning yangi tahrirdagi Ustavi asosida partiyaning ichki hayotini isloh qilish, uning parlamentchilik faoliyatini tobora kuchaytirib borish, umuman tashkilotimizning siyosiy salohiyatini yanada oshirishga qaratilgan ishlar olib boriladi.
Xullas, biz Yangi yilga katta orzu-umidlar bilan kirdik va ularni ro‘yobga chiqarish uchun barcha imkoniyatlari- mizni ishga solishga bel bog‘laganmiz.
^^Nuriya TUREYEVA^^, $$O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi$$ raisi o‘rin- bosari:
– Prezidentimizning 2004-yil 25-maydagi $$«O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi$$ faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Farmonining ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari Dasturi to‘g‘risida respublika $$Vazirlar Mahkamasi$$ qarori e’lon qilindi. Unga ko‘ra, fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarish organlari tarkibida diniy-ma’rifiy, ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha xotin-qiz- larimiz vakillaridan iborat maslahatchi lavozimi joriy etildi. Joylarda xotin-qizlar bilan samarali ishlashni ta’minlash maqsadida $$Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi$$ raisi o‘rinbosari, $$Toshkent shahri$$ va viloyatlar hokimining o‘rinbosarlari, shahar va tuman xotin-qizlar qo‘mitasi raislarining yangi funksional vazifalari ishlab chiqildi.
Bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasining hisobot-saylov konferensiyasida Prezidentimiz Farmonida belgilab berilgan faoliyat yo‘nalishlaridan kelib chiqib, Harakat dasturlari qabul qilindi. Respublika xotin-qizlar qo‘mitasining yangi Ustavi tasdiqlandi.
Xotin-qizlarni ish bilan band etish, ularning ijtimoiy mehnat huquqlarini himoya qilish maqsadida Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan hamkorlikda xotin-qizlarni ish bilan ta’minlashning 2005-2007-yillarga mo‘ljallangan hududiy dasturi loyihalari ishlab chiqildi. Joylardagi mehnat bo‘lim- lariga murojaat qilgan 102,8 ming xotin-qizning 72,5 minggi (70 foizdan ko‘pi) mehnat shartnomalari asosida ishga joylashtirildi, 12,3 ming nafari esa o‘qish va qayta tayyorlov kurslariga jo‘natildi. 15,4 ming xotin-qizga ishsizligi uchun nafaqa ajratildi. Tashkil etilgan 504 ta mehnat yarmarkasida 20 mingdan ko‘proq xotin-qizlarga kerakli ma’lumotlar berildi.
Bir so‘z bilan aytganda, o‘tgan 2004-yilda jamiyatda xotin-qizlar rolini oshirish, ularning muammolarini davlat siyosati darajasida o‘rganish, hal etish, mamlakat miqyosida xotin-qizlar nufuzini ko‘tarish borasida muhim qadam tashlandi.
[Rustam AHLIDDINOV], $$Xalq ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari$$:
O‘tgan 2004-yil mamlakatimiz maktab ta’limi tizimida tarixiy yil bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Prezidentimizning farmoyish va farmonlari asosida 2004-2009-yillarda maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi»ni hayotga tatbiq etish bilan bog‘liq hukumatning o‘ndan ortiq qarorlari qabul qilinishi uzluksiz ta’limning asosiy bo‘g‘inlaridan biri hisoblangan maktabga butun jamoatchilikning e’tiborini qaratdi. Ayniqsa, maktab ta’limini rivojlantirish davlat umummilliy dasturi tizim uchun dasturilamal bo‘ldi.
Mazkur Dastur besh yo‘nalishdan iborat bo‘lib, uning ijrosini ta’minlash uchun davlat byudjetidan 1 trillion 200 milliard so‘m mablag‘ ajratilmoqda
Birinchi yo‘nalish - umumta’lim maktablarini qurish, kapital rekonstruksiya qilish, kapital va joriy ta’mirlash bo‘yicha 2004-yil yakuniga ko‘ra, loyiha quvvati 6953 o‘quvchi o‘rniga ega 25 ta maktab qurib ishga tushirildi. Shu bilan birga 2560 o‘quvchi o‘rniga mo‘ljallangan 8 ta umumta’lim maktablari kapital rekonstruksiyadan chiqarildi. 293928 o‘quvchiga mo‘ljallangan 430 ta maktab to‘liq kapital, 174 ta maktab joriy ta’mirlandi.
Ikkinchi yo‘nalish - maktablarni o‘quv-laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi, darslik va o‘quv-uslubiy materiallar bilan ta’minlash bo‘lib, «2004-2009-yillarda umumta’lim maktablari mebel, zamonaviy o‘quv-laboratoriya asbob-uskunalari, kompyuter texnikasi va sport anjomlari bilan jihozlash dasturi» asosida barcha hududlarda maktablarning manzilli ro‘yxati ishlab chiqarildi va jihozlash ishlari boshlandi.
Uchinchi yo‘nalish – ta’lim tizimida qo‘llanilayotgan o‘quv standartlari, o‘quv dasturlari va darsliklarni takomillashtirish yo‘nalishi bo‘yicha umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlari qayta ko‘rib chiqildi hamda ularning takomillashtirilgan loyihalari tayyorlandi. Respublika umumta’lim maktablari o‘quvchilarning darslik va o‘quv qo‘llanmalar
bilan ta’minlanishi o‘rtacha 82% ni tashkil etdi.
To‘rtinchi yo‘nalish – umumiy ta’lim maktablari, birinchi navbatda qishloq joylardagi maktablarni malakali pedagog-kadrlar bilan ta’minlash maqsadida 2004-yil 1-sentyabrdan boshlab pedagogika va kasbiy ta’lim yo‘nalishlarida 10290 nafar oliy ma’lumotli bitiruvchi kamida 3-yil ishlab berish sharti bilan maktablarga taqsimlanib, ishga qabul qilindi. Shuningdek, 1120 nafar o‘rta maxsus ma’lumotli o‘quvchi maxsus sirtki bo‘limlarda oliy ma’lumot olib, yangi o‘quv yilidan maktablarda o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.
Beshinchi yo‘nalish – maktablarda sportni rivojlantirish va ularning sport bazasini mustahkamlash ishlaridir.
Dasturga asosan 2009-yilgacha 325 ta yangi maktab quriladi, 2313 tasi rekonstruksiya qilinadi, 3769 ta maktab kapital, 2069 ta maktab esa joriy ta’mirlanadi. Shu bilan birga 100 foiz maktablar zamonaviy o‘quv-laboratoriya jihozlari bilan ta’minlanadi.
Yangi yilimiz mashaqqatli kasb egalari bo‘lgan o‘qituvchilarimizga tinchlik-xotirjamlik olib kelsin. Maktablar borasida boshlangan buyuk o‘zgarishlar yangi yilda ham davom etaversin.
^^Mo‘tabar SODIQOVA^^, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari:
– Mehr va muruvvat yilida bir qator xayrli ishlar amalga oshirildi. Shulardan biri sifatida pensionerlar, urush va mehnat faxriylari, nogironlarni sanatoriy-kurort muassasalarida bepul sog‘lomlashtirish maqsadida ulardan 35703 nafariga yo‘llanmalar ajratilganligini ko‘rsatib o‘tish mumkin.
Ushbu harakatlar ko‘lamini kengaytirish maqsadida $$Jizzax viloyati$$ $$G‘allaorol tumani$$dagi $$«Marjon suvi» sihatgohi$$ $$Vazirlar Mahkamasi$$ning qaroriga asosan vazirligimiz tasarrufiga o‘tkazildi.
$$«Mehr va muruvvat yili»$$ Davlat dasturining «Respublika nogironlar, ko‘zi ojizlar va karlar jamiyatlariga qarashli korxonalarga 600,0 mln. so‘m imtiyozli kredit ajratish, bu korxonalarda 5000 nafardan kam bo‘lmagan nogironlarni ish bilan ta’minlash» to‘g‘risidagi 31-bandiga asosan nomlari zikr etilgan jamiyatlarga qarashli 47 ta korxonaga 669,1 mln. so‘m imtiyozli kredit ajratilib, 4485 nafar nogiron ish bilan ta’minlandi.
Yolg‘iz pensionerlar, nogironlar, boquvchisini yo‘qotgan oilalarning uy-joylarini ta’mirlash hamda ularning yashash sharoitlarini yaxshilash maqsadida ulardan 2056 nafarining uy-joylari bepul ta’mirlab berildi hamda «Saxovat» va «Muruvvat» uylarida yashayotgan qariya va nogironlarga jami 3399,0 mln. so‘mlik xalqaro insonparvarlik tashkilotlari tomonidan muruvvat yordamlari ko‘rsatildi.
Sihat-salomatlik yilida ham bu ezgu amallar davom ettiriladi.
[Akmal BOBONOV], $$Xalq ta’limi vazirligi Bolalar sportini rivojlantirish bo‘limi$$ bosh nazoratchisi:
– Biz tarixga kuzatayotgan 2004-yil boshqa ko‘pgina sohalar qatori mamlakatimiz sportida ham o‘chmas iz qoldirdi. Birgina bolalar sporti to‘g‘risida gapiradigan bo‘lsak, Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi homiylik kengashi dasturiga kiritilgan 49 ta qurilishi rejalashtirilgan va rekonstruksiya qilinishi lozim bo‘lgan 71 ta inshoot foydalanishga topshirildi. Bu ishlar uchun 8 milliard 390 ming so‘m, zarur jihozlar bilan ta’minlashga 69 million 700 ming so‘m mablag‘ sarflandi, Shuningdek, respublikamizdagi barcha mehribonlik uylariga sport jihozlari taqdim etildi.
2004-yil 13-iyul. Ushbu sana yosh o‘zbek grossmeysteri [Rustam Qosimjonov] jahon shaxmot tojini qo‘lga kiritgan kun sifatida mamlakati- miz tarixi zarvaraqlariga muhrlandi. Ajdodlarimizga xos yuksak intellektual salohiyat va mardlik namunalarini ko‘rsatgan [Rustamjon] $$Liviya poytaxti Tripoli shahri$$da o‘tgan jahon chempionatida Vatanimiz nomini sharaflarga burkadi. Uning bu ulkan yutug‘i zamirida shubhasiz, xalqimiz asrlar davomida orzu qilgan, yurtdoshlarimizni fidoyilikka undagan sof o‘zbekona g‘ururning tantanasi bor edi.
O‘tib borayotgan yilning faxr bilan eslashga loyiq muhim voqealaridan yana biri – bu Afinada bo‘lgan XXVIII yozgi Olimpiada o‘yinlarida sportchilarimiz yurtimiz sharafini munosib himoya qilib, o‘zbek degan nomni jahon sahnida namoyon etgani bo‘ldi. Ulardan [Aleksandr Dokturishvili] va [Artur Taymazov] - oltin, [Magomed Ibragimov] - kumush, [O‘tkirbek Haydarov] hamda [Bahodirjon Sultonov] - bronza medalini qo‘lga kiritdilar.
4-7-sentyabr kunlari butun yurtimiz yoshlarni $$Samarqand$$ga jamlagan shijoat va nafosat bayrami talaba-yoshlarning Universiada musobaqasi ham quvonchli voqealarga boyligi bilan ko‘pchilikning yodida qoldi. Bu galgi musobaqa g‘oliblari shohsupasini egallagan Toshkent, Samarqand va Namangan viloyati vakillari barchani hayratga soldilar.
30-31-oktyabr kunlari $$Shahrisabz$$da bo‘lib o‘tgan Prezident sovrini uchun kurash bo‘yicha Amir Temur xotirasiga bag‘ishlangan IV xalqaro turnir, yoshlar o‘rtasida III jahon birinchiligi hamda belbog‘li kurash bo‘yicha tarixiy chempionat ham nufuzi-yu salmog‘i jihatidan muhim sana sifatida e’tirof etishga loyiq. Ikki kun mobaynida dunyo alplarini maydonga chorlagan Shahrisabz musobaqalari o‘zbek kurashining dovrug‘i barcha qit’alarni zabt etganini amalda isbotladi.
[Baxtiyor DO‘STCHONOV], $$Birinchi Toshkent davlat tibbiyot instituti$$ $$Urganch filiali$$ direktori, tibbiyot fanlari doktori, professor:
Xar bir xalqning ilmiy salohiyati uning dunyo fani ravnaqiga qo‘shgan ulushi bilan- gina cheklanmaydi, balki shu zaminda asos solingan ilmiy maktablar, ulardan yetishib chiqqan olimu fozil- lar bilan ham baholanadi. Ming shukrki, bizning yurtimizda bunday tabarruk dargohlar ko‘p. Jumladan, Xorazm Ma’mun akademiyasining bugungi kunda ham jahon jamoatchiligi e’tiborida ekanligi uning o‘z davrida faqat Markaziy Osiyoda emas, balki boshqa mintaqalarda ham nufuzi baland bo‘lganidan dalolat beradi, O‘z davrida «Baytul hikma», ya’ni donishmandlar uyi deb nomlangan bu tabarruk ilm maskanida dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan ko‘plab olimlar qatorida «Shayx ur-rais» unvoniga sazovor bo‘lgan Abu Ali ibn Sino hamda buyuk mutafakkir[Abu Rayhon Beruniy]lar faoliyat ko‘rsatgan. Kurrai zaminimizning qadimiy akademiyalaridan sanalmish $$Xorazm Ma’mun akademiyasi$$ istiqlol sharofati bilan yana qayta tiklandi. Ayni paytda bu yerda olimlarimiz xorijning yetakchi ilmiy muassasalari bilan hamkorlikda o‘nga yaqin yo‘nalishda izlanishlar olib bormokdalar,
2004-yil akademiya tarixida yangi sahifa ochdi. Vazirlar Mahkamasining «Xorazm Ma’mun akademiyasining 1000-yilligini nishonlash to‘g‘risida»gi qarori e’lon qilindi. Darhaqiqat, ushbu dargohning boy ilmiy merosini har tomonlama chuqur o‘rganish bugungi avlodlar qalbida g‘urur va iftixor tuyg‘ularini uyg‘otadi, ularni xalqimizning azaliy qadriyatlariga nisbatan hurmat ruxida tarbiyalashga yordam beradi. Shu bois, o‘tayotgan 2004-yil - ota-bobolarimiz merosi ulug‘langan, e’zozlangan, milliy qadriyatlarimiz yuksalgan yil sifatida ham mamlakatimiz hayotida muhim ahamiyatga molik bo‘lib qoladi, deb o‘ylayman. (Davomi bor…)