2004 yil 29 fevral. Futbol boâyicha Oliy ligada zoâr-bazoâr jon saqlab qolgan Bekobodning âMetallurgâ jamoasi yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirardi. Biroq negadir bu galgi mashgâulotlarda klubning mudofaa chizigâi vakili Hikmat Hoshimov qatnashmayotgan edi. Murabbiylar shtabi himoyachining hech ogohlantirishsiz bunday yoâl tutganidan gâazab otiga mingan, hattoki u bilan shartnomani bekor qilishni oâylashardi. Shu orada futbolchi mashgâulot jarayonlariga kelib qoâshildi. Maâlum boâlishicha, u shu kuni oâgâil farzandli boâlgan ekan.
Oâsha goâdak bugun Oâzbekiston milliy terma jamoasi himoyasini ushlab turgan, jahon futbolining eng iqtidorli yoshlaridan biri sifatida eâtirof etilayotgan [Abduqodir Husanovdir]. Kimsan Angliyaning âManchester Sitiâ klubi oromini oâgâirlagan, inglizlar murabbiyi Pep Gvardiolaning shaxsan oâzi unga qoângâiroq qilib, jamoasiga chorlagan 20 yoshli oâgâlonning bosib oâtgan yoâlini endigina yetishib chiqayotgan futbolchilar uchun oârnak qilsa arziydi. Har qalay, u hozirgi darajaga yetguniga qadar ozmuncha qiyinchilikni boshidan kechirgani yoâq...
âBunyodkorâ rad etgan iqtidor
Bolaligidan futbolga qiziqqan [Abduqodir] 7 yoshida Toshkentning âBunyodkorâ jamoasi akademiyasiga qabul qilinadi. Oâshanda otasi Hikmat Hoshimov farzandining oâz kuchi bilan futbolga kirishini xohlab: âMeni koârib qolishsa uni boshqa tarbiyalanuvchilar qatorida koârmasligi mumkin. Akademiyadagilar bu mening oâgâlim ekanligini bilmasligi kerakâ, deb [Abduqodir]ni mashgâulotlarga ham olib bormas edi. Otasining oârniga bu ishni amakisi bajarardi.
Otasining oâgitlariga quloq tutgan yosh futbolchi mashgâulotlarga zoâr berar, oâz pozitsiyasida yetakchi boâlishga urinardi. 2020 yilda âBunyodkorâ klubi himoya chizigâi vakillari birin-ketin jarohat olib safdan chiqishdi. Shunda murabbiylar ushbu boâshliqni akademiya tarbiyalanuvchilari orqali toâldirishni maqsad qilib, bir necha himoyachilarni oârinbosarlar tarkibiga jalb qilishdi. Ular orasida 16 yoshli [Abduqodir Husanov] ham bor edi. Biroq, sinov jarayonlarida murabbiylar [Abduqodir]ga: âSen hali bizning darajamizdagi futbolchi emassanâ, deya uni yoshlar jamoasiga qaytarib yuborishadi. Bu yosh iqtidor egasiga juda ogâir taâsir qiladi. Shunda ham u rahbariyat imkoniyat berishini kutib, yana mashgâulotlarga zoâr beradi. Ammo amalda bunday boâlmaydi.
Oxir-oqibat, u murabbiylarning qarori xatoligini isbotlash maqsadida akademiyani tark etib, Belarus chempionati vakili âEnergetik-BGUâ safiga borib qoâshildi. U yerda oâzining nimlarga qodirligini maydonda isbotlab, dastlab Fransiyaga, keyin Angliyaga yoâl oldi.
Darvoqe, darajasining past ekanligini aytib, asosiy tarkibga jalb qilmagan âBunyodkorâ klubi shu futbolchining âManchester Sitiâga transferi ortidan 2 million yevrodan ortiq daromadga ega boâldi. Gap shundaki, transfer hujjatlarida uni tarbiyalagan akademiya hisobiga toâlanayotgan summaning maâlum foizini oâtkazib berilishi haqidagi band mavjud. âBunyodkorâ mazkur mablagâ hisobidan oldidagi qarzlaridan butkul qutuldi. Shu voqeadan keyin klub oâz xatolarini tushunib, bunday hol boshqa takrorlanmasligi uchun tizimdagilarni yangiladi. Xususan, yoshlar jamoasiga [Abduqodir Husanov]ning otasi [Hikmat Hoshimov] bosh murabbiy etib tayinlandi.
Yuz dollarlik maoshdan 50 millionlik transfergacha
[Abduqodir]ning Belarus chempionatidagi sayohati oson kechdi, deb boâlmaydi. U oâzining mahoratini isbotlash uchun koâp narsadan voz kechgan. Iqtidorli himoyachi professional shartnoma tuzish uchun yetarli yoshga toâlmagani bois bir yil oârinbosarlar tarkibida hech qanday maosh olmasdan toâp tepishga ham rozi boâldi. Oâshanda bu futbolchiga deyarli hech bir oâzbek muxlisi yoki mutaxassislari eâtibor qaratmagan edi. Nihoyat, 2022 yilga kelib [Husanov] faoliyatidagi ilk professional shartnomani imzoladi.
Oâshanda uning oylik maoshi bor-yoâgâi 100 dollar etib belgilangan edi (2022 yilda dollarning oâzbek soâmiga nisbatan qiymati 10 900 soâmdan oshiqroq edi. Bu degani futbolchi bir oy uchun deyarli 1,1 million soâm maosh olar edi).
â Oâshanda koâchada oddiy qogâoz terib sotuvchilar ham mendan koâproq pul topishardi, â deya eslaydi [Abduqodir Husanov]. â Klubdagi vazifamiz esa faqat toâp tepish bilan cheklanib qolmasdi. Doim xonalarni oâzimiz yigâishtirardik. Hattoki qishda mashgâulotlardan oldin maydonni qordan tozalardik. Lekin futbolga boâlgan ishtiyoqim sabab bu qiyinchiliklar koâzga koârinmasdi.
[Abduqodir] uchun pul emas, sport muhimligi ana shu qarorida mujassam edi. U Belarusdagi bir yarim yillik faoliyatida oâz ustida tinimsiz ishlab bordi. Natijalari ham shunga yarasha boâldi. 18â19 yoshlar atrofidagi himoyachi bir yarim mavsumda 35 ta oâyinda maydonga tushib, mudofaadagi vazifasidan tashqari 4 bor raqib darvozasini ham ishgâol qildi.
Aslida, vakilimizning bu yerdagi sarguzashtlari koâproq davom etishi mumkin edi. Biroq, mamlakat futbol federatsiyasi tomonidan âEnergetik-BGUâ totalizator oâyinlarida ishtirok etganlikda ayblanib, quyi ligaga tushirilib yuborildi. Natijada, jamoa moddiy qiyinchiliklarga duch kela boshladi. Bundan chiqib ketishning yagona yoâli futbolchilarni sotish edi. Ana shu vaziyatdan Fransiyaning âLansâ klubi unumli foydalandi. Klub skautlari hali Yevropada tanilmagan, ammo salohiyati yuqori iqtidor sohibi uchun 100 ming yevrodan voz kechdi.
Shu tariqa, [Abduqodir Husanov] Belarus chempionatidan âKuchli beshlikâ chempionatiga oâtgan ilk futbolchi sifatida tarixda nom qoldirdi. Hamyurtimizning fransuz klubidagi yillik maoshi 100 ming yevro (oldingi klubidan deyarli 100 barobar koâp) etib belgilandi.
Fransiyada dastlab uning kuchiga ishonishmay, asosan oârinbosar sifatida qarashdi. Aslida, kuchli chempionatlar vakillari Osiyodan faqat koreys va yapon futbolchilarining salohiyatini yuqori baholab, qolgan mamlakatlar futbolini rivojlanmagan deb hisoblashadi. [Abduqodir] sabr qilib, oâz imkoniyatini kutdi. Bu orada âLansâ himoyachisi jarohat olib safdan chiqdi. Murabbiy noiloj 19 yoshli oâzbek himoyachisini maydonga tushirishga qaror qildi. âQafasdan chiqqan yoâlbarsâ misoli maydonga tushgan vakilimiz esa raqiblarini shunchaki yer tishlatdi. Uning shiddatli harakatlari murabbiylarga juda maâqul boâldi. Bora-bora raqiblar u bilan toâqnash kelishdan choâchiydigan boâlib qolishdi. Shu tariqa, [Abduqodir] klub muxlislari qalbidan hamda qator grand klub skautlarining roâyxatidan joy oldi.
Koârsatayotgan oâyinlari ortidan uning transfer narxi ham oshib bordi. 100 ming yevroga xarid qilingan futbolchining narxi bir yil ichida 12 million yevroga koâtarildi. Futbol mutaxassislari uning oâyinlarini tahlil qilar ekan, [Abduqodir]ning uslubini [Serxio Ramos]ga qiyoslab, agar u Braziliya, Ispaniya yoki Angliya futbolchisi boâlganida narxi 60 million yevrodan kam boâlmasligini taâkidlashardi.
Bir paytlar âBunyodkorâga kerak boâlmagan futbolchining dongâi sekin-asta Yevropa boâylab yoyilib, âsovchiâlari koâpaya boshladi. Fransiyaning eng kuchli klubi âPSJâ birinchilardan boâlib hamyurtimizga ogâiz solgan boâlsa, ortidan Angliyaning âManchester Sitiâ, âChelsiâ, âTottenhemâ, âNyukasl Yunaytedâ, âVulverhemptonâ, Ispaniyaning âReal Madridâ, âAtletiko Madridâ hamda Germaniyaning âBorussiya Dortmundâ, âBayer Leverkuzenâ, âLeyptsigâ kabi jamoalari futbolchimiz uchun kurashga qoâshildi. âLansâ esa bunday vaziyatdan unumli foydalangan holda narxni anchagina oshirdi.
Yakunida kurashda moddiy tomondan qudratli boâlgan âManchester Sitiâ klubi gâolib boâldi. Ular yosh iqtidorimiz uchun 40 million yevro hamda keyinchalik bonus sifatida qoâshimcha 10 million yevro, jami 50 milliondan voz kechishdi. Natijada, [Abduqodir] Angliya chempionatida eng qimmat narxga xarid qilingan osiyolik futbolchiga aylandi.
Bugun xorij nashrlari u haqida tinmay bong urmoqda. Hattoki, Ispaniyaning dunyoga mashhur âMarcaâ nashri futbolchimiz haqida maqola tayyorladi. Ingliz OAVlari esa âManchester Sitiâning keyingi oâyinlar uchun taxminiy tarkibini tuzishar ekan, vakilimizni asosiy tarkib oâyinchisi sifatida tanlashdi. Shularning oâzi himoyachimizga boâlgan ishonchning qanchalik yuqori ekanligini koârsatib turibdi. Futbolchimiz yangi klubi safida 45-raqamni tanladi. Ilgari ushbu raqamda Mayka Richards hamda [Mario Balotelli] kabi futbolchilar harakat qilgan.
[Abduqodi]r ^^Osiyo^^ning 43 terma jamoasidan qimmat
[Abduqodir] uchun toâlanadigan mablagâga eâtibor qaratarkanmiz, qiziq bir statistika koâzga tashlanadi: Angliya chempionlarining oâzbek futbolchisi uchun toâlaydigan badal puli (10 million yevro bonusini hisoblama-ganda) ^^Osiyo^6ning deyarli barcha mamlakatlari terma jamoalarining umumiy qiymatidan qimmat boâlmoqda.
^^Osiyo^^ futbol konfederatsiyasi aâzolari orasida tarkibining umumiy narxi 40 million yevrodan yuqori boâlgan faqatgina toârtta terma jamoa bor. Transfermarkt portalida qayd etilishicha, qitâamizning eng qimmatbaho terma jamoasi Yaponiya sanaladi. Kunchiqar yurt sharafini himoya qilayotgan charm toâp ustalaridan iborat jamoaning umumiy qiymati 280,5 million yevroni tashkil etadi.
Ikkinchi oârindan joy olgan Janubiy Koreya terma jamoasi 158,15 million yevroga baholangan. 2024 yil yakuniga koâra, bu borada kuchli uchlikka kirgan Oâzbekiston milliy terma jamoasining tarkibi ayni paytda 47 million yevroga teng.
Bizdan keyingi â toârtinchi qatorni Egallagan Eron milliy terma jamoasi aâzolari esa 46,65 million yevro âturadiâ. ^^Osiyo^^ futbol konfederatsiyasiga aâzo yana 43 ta mamlakat terma jamoalari tarkibining qiymati âManchester Sitiâning [Abduqodir Husanov] uchun toâlaydigan puliga tenglasha olmaydi.
Ular qatorida jahon chempionatlarida ishtirok etish baxtiga muyassar boâlgan Avstraliya (39 million yevro), Birlashgan Arab Amirliklari (35 million yevro), Qatar (18,98 million yevro), Saudiya Arabistoni (18,85 million yevro), Xitoy (13,5 million yevro) kabi terma jamoalar bor.
Taâkidlash joiz, jahon futboli tarixida badavlat klublar shu paytgacha Osiyo mamlakatlaridan faqat Yaponiya va Janubiy Koreya futbolchilari uchun katta summa toâlagan xolos. Bu borada Oâzbekiston uchinchi mamlakatga aylandi.
âMen juda xursand boâldim!â â [Shavkat Mirziyoyev]
20 yoshli charm toâp ustamizning jahonning eng kuchli klublaridan biriga oâtganini davlatimiz rahbarining ham eâtiboridan chetda qolmadi. Oâzbekiston Prezidenti [Shavkat Mirziyoyev] Birlashgan Arab Amirliklariga qilgan rasmiy tashrifi chogâida âManchester Sitiâ klubi egalari sanalgan Abu Dabi valiahd shahzodasi [Shayx Xolid ibn Muhammad Ol NahaÂyon] bilan uchrashdi.
Ular suhbat davomida futbolchimizning ingliz klubiga oâtishi haqida ham toâxtalishdi. Xususan, ushbu mavzuda gap boshlagan Abu Dabi shahzodasi [Abduqodir]ni âJuda tez, kuchli yigit, qoârqmasâ, deb atadi. Shuningdek, u âUchqur oâgâlon, professional futbolchini ulgâaytirganâ oâzbek xalqiga hurmatini bildirdi.
Oâz navbatida, davlatimiz rahbari oâzbek oâgâloniga bildirgan ishonchdan juda ham mamnun ekanligini taâkidladi.
Soânggi soâz oârnida
[Abduqodir Husanov] bugun yurtimizdan yetishib chiqayotgan iqtidorli sportchilarga bir misol xolos. Uning jahondagi eng kuchli va tomoshabop ligaga oâtganini esa oâzbek futbolining chinakam yutugâi, deb atash mumkin. Sababi, vakilimiz u yerda oâzining nimlarga qodirligini koârsatish orqali xorij skautlarining yosh oâzbek charm toâp ustalariga boâlgan qiziqishini oshirishi turgan gap. Zero, [Abduqodir] kabi iqtidorli yoshlarimiz futbol akademiyalarida talaygina. Faqatgina, ularga toâgâri yoâl koârsata oladigan mutaxassis boâlsa kifoya. Afsuski, yurtimizda iqtidorlarni koâra biladigan bunday kadrlar sanoqligina. Shu sabab ham oâzbek futboli bir nechta âOltin avlodâni boy berdi. Endi oâtmishdan xulosa chiqarish vaqti keldi.