🔍

Article

KAMBAG‘ALLIKDAN – FAROVONLIK SARI

By Abdulaziz MUSAЕV • in 2025

$$Toshkent viloyati$$ mahallalarida kambag‘allikni qisqartirish, aholini ish bilan ta’minlash va ularning daromadini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar o‘z samarasini bermoqda. Xususan, joylarda mas’ul rahbarlarning o‘rganishlari, “mahalla yettiligi” faoliyatini boshlaganidan so‘ng bu boradagi ishlar ancha jadallashdi.

Mutaxassislarning ma’lumotiga ko‘ra, 2024 yilda bandlik dasturi bo‘yicha belgilangan rejalar bajarilib, ishsizlik darajasi viloyat bo‘yicha 5,1 foizni tashkil etgan. Ammo, Bo‘ka, Quyi Chirchiq, Oqqo‘rg‘on va Bekobod tumanlarida bu ko‘rsatkich yuqoriligicha qolmoqda. Ayniqsa, “Kambag‘allikdan – farovonlik sari” davlat dasturi bo‘yicha 7 ta yo‘nalishda 39,1 ming nafar aholining daromadi tiklanib, kambag‘allik darajasi pasaydi.

Xususan, Prezidentimizning 2024 yil 9 yanvardagi “2024 yilda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligiga ko‘maklashish dasturi to‘g‘risida”gi Qaroriga asosan O‘rta Chirchiq tumanida ham o‘tgan yil 31 ming 667 nafar aholi doimiy, mavsumiy va vaqtinchalik ish bilan ta’minlandi. Jumladan, tumaning “Mustaqillik” mahallasida yashovchi ^^Maftuna Dehqonboeva^^ “Ayollar daftari”ga kiritilgan edi. Unga “mahalla yettiligi” tavsiyasi bilan ikkita tikuv mashinasi subsidiya asosida berildi. U o‘zi kabi uyda o‘tirgan ishsiz ayollarni jalb qilgan holda oilaviy tadbirkorlik bilan shug‘ullanib, kattalar va bolalar uchun mavsumiy kiyimlar tikmoqda. Ayni kunlarda ular o‘z mahsulotlarini viloyatdagi ettita mahalliy bozorga yetkazib berib, yaxshi daromad ko‘rishmoqda.

– Turmushim bo‘lmagach, ikki nafar farzandim mening qaramog‘imda qoldi, – deydi ^^M. Dehqonboeva^^. – Tikuvchilikni onamdan o‘rganganman. Mahalladagilarning yordami bilan ishimiz yurishib ketdi. Oyiga 9 ming donagacha turli andozadagi kiyimlar tayyorlayapmiz. Mahsulotlarimiz arzon, xaridorlar ham ko‘paymoqda.

^^Robiya Rahimova^^ “[Kim Pen Xva]” mahallasida yashaydi. 2021 yilda u IELTS xalqaro darajasidan 6,5 ball olib, Toshkent shahridagi xorij universiteti talabasi bo‘ldi. Uch yildan buyon ^^Robiya^^ xonadonida hududdagi bolalarga ingliz tilidan mashg‘ulot o‘tadi. U topayotgan daromadini oilasi, o‘qishi va faoliyatini kengaytirishga sarflamoqda. Mahalladagi yoshlar yetakchisining tavsiyasi bilan bu harakatchan qizga subsidiya asosida kompyuter jamlamasi berildi.

– Hozirda nafaqat shaharda, balki qishloqlarda ham o‘quvchilar maktabdan tashqari qo‘shimcha o‘quv kurslarida shug‘ullanishadi, – deydi ^^Robiya Rahimova^^. – Biroq hamma ham markazlardagi nufuzli muassasalarga qatnab, bilim ololmaydi. Shu tufayli biz mahallamizda bolalarga ingliz tili kurslarini ochdik. Besh nafar o‘quvchimiz B2 sertifikatini qo‘lga kiritgan. Ular orasida oliygoh talabalari ham bor. Kelgusida faoliyatimizni yanada kengaytirish niyatidamiz.

Shuningdek, joriy yil yakunigacha hududda kambag‘al oilalarni bosqichma-bosqich kamaytirish choralari ko‘riladi. Birinchi galda ularni to‘liq xatlovdan o‘tkazish orqali taklif va istaklari inobatga olinadi, 5 ming 625 ta xizmatlar paketi shakllantiriladi. Xususan, bu toifadagi aholining 2 ming 250 nafari ish bilan ta’minlanadi, 281 nafari mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitiladi, 1 ming 856 nafariga kafolatlangan tibbiy xizmat hamda 1 ming 238 nafariga esa boshqa turdagi ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatiladi.

Viloyat miqyosida esa 612 ming aholining bandligini ta’minlash, 25,3 mingta oiladagi 115,7 ming nafar aholini kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha tuman-shaharlar rahbarlari mas’ulligida rejalar ishlab chiqildi.

Total words

413

Unique words

324

Annotated anthroponyms

6

Toponyms

1

TTR

0.785

Hapax

273

Distribution

Top frequency chart

Dataset