🔍

Article

Noyob ohanglar xazinaboni

By X. Nosirov • in 1986

Umrning har bir daqiqasini qadrlay bilgan kishilar boʻsh vaqtlarini ham bekor oʻtkazishmaydi. Birov sayroqi qushlarga parvona boʻladi, boshqa birov gulga shaydo. Ayrimlar uy hayvonlarisiz hayotni tasavvur qila olmaydi. Kimdir baliq ovi ishqibozi. Bazilar kamyob kitob toʻplash bilan shugʻullansa, boshqalar bogʻbonlikka mehr qoʻyishgan. Shaxmat oʻynash, sportning biror turiga muxlislik qilish, ochiq havoda sayr, yugurish ham boʻsh vaqtni mazmunli oʻtqazish sirasiga kiradi. Bunday tinib-tinchimas kishilarning tabiatiga mos xalqaro atamalar ham bor. Qadimiy qogʻoz pullarini ham yigʻish – bonistika, turistik belgilarni toʻplash – numizmatika, koʻkrak nishonlarni jamgʻarish – faleristika, gugurt qutisi etiketkalariga ishqibozlik – filumeniya, deb yuritiladi. Marka va konvertlarning eng qadimiylarini izlaydiganlarni filatelistlar deyilishi hammaga ayon. Toshkentlik xushovoz xonanda [Zokirjon Sultonov] esa ajoyib filofonist. U koʻxna va zamonaviy gramplastinkalarni toʻplab, noyob xazina yaratdi.
- Bekorchidan el bezor. Vrachlar bir mehnat turini ikkinchisi bilan
almashtirish ham dam olishga kiradi deyishadi. Leningradlik [Viktor Tujilov] degan kishi turli millat va ellatlarga oid 200 dan ziyod qoshiq toʻplabdi, - deydi [Zokirjon].
- Nima bu, erkakmi? Menimcha, boʻsh vaqtni ma’nili oʻtqazishga harakat
qilishdir. Mening filofonist boʻlishim ham qiziq kechgan. Bolalikdayoq qoʻshiq aytishni mashq qilib yurardim. Goʻravonlik pionerlar bilan Katta Fargʻona kanali qurilishlari azamatlariga berilgan konsertda sahnaga chiqishga toʻgʻri keldi. “Mubtaloman” va “Aylagach” qoʻshiqlarini xonish etishim koʻpchilikka ma’qul tushdi. Menga bir dasta plastinka sovgʻa qilishdi. Plastinkalar ^^Xalima Nosirova^^, ^^Tamaraxonim^^, [Muhiddin Qoriyoqubov], [Joʻraxon Sultonov], [Ma’murjon Uzoqov] aytgan qoʻshiqlardan iborat edi. Ana shu tuhfani avaylab-asrash va ularni koʻpaytirish asnosida gramplastinkalarni yigʻishga mehr uygʻondi.
“Grammofon plastinkalarini Varshava va Rigadan birinchi bor otam [Ilhomjon Inagʻomjonov] keltirganlar. U kishining ansambli boʻlib, ukalari [Odiljon] dutorda, kichik ukalari [Ilyosjon] changda, oʻzi esa kamonda mashq qilishib, [Shobarot] tamburchi va [Mullatoʻychi] hofizni qoʻshganlar. Plastinkalarga ovoz olishda Varshava grammofon zavodidan usta chaqirib, [Mullatoʻychi] hofiz, [Hamroqul Qori], [Shoabduaziz], [Sadirxon hofiz], [Netayxon], ^^Xosiyatxon^^ va boshqa bir qanchalarning ovozlarini Toshkentda yozdirib, plastinkalarni tayyorlatgan”.
Keksa vrach [Ma’sud Ilhomov] ning xotirasidan koʻrinib turibdiki, u kishining otasi [Ilhomjon Inagʻomjonov] qoʻshiqchi ovozini gramplastinkaga koʻchirib, diyorimizga keltirishni yoʻlga qoʻygan. [Zokirjon] faqat turli plastinkalar toʻplash bilan cheklanmay, uning tayyorlanish tarixiga ham qiziqadi. U hozir oʻziga xos tarixga ega bir grammofon bilan kolleksiyasini boyitish ishtiyoqida. Ma’lumki, 1935 yili oʻzbekistonlik san’atkorlarning Londonga qilgan safari katta muvaffaqiyat qozongan. Shoʻx raqs va qoʻshiqlar sohibasi [Tamaraxonim] haqida gazetalar “Sharq marvaridi” deb yozishgan. Safar oxirida san’atimiz e’tirofi sifatida mehmonlarga – [Tamaraxonim], bastakor [Toʻxtasin Jalilov], mohir doirachi Usta [Olim Komilov] va naychi [Abduqodir Ismoilov] larning kuy-qoʻshiqlari yozilgan plastinkalar bilan grammafon taqdim etilgan. [Zokirjon] oʻsha plastinkalarni saqlamoqda. Lekin grammafonni ham ana shu noyob ovozlar yoniga qoʻyish niyatida.
“[Abdurahmonbegi]” plastinkasi 1912 yili Margʻilonda yozilgan boʻlib, elektromontyor [Kimsanboy] akaga dadam taqdim etgan ekan. Uni [Kimsanboy] akaning qoʻshnisi [Iskandar Qalandarov] (hozir respublikada xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi) menga topib bergan. Shundan beri men bu plastinkani saqlab kelaman. Qani endi anashu qoʻshiqni hofizlarimiz bugungilar aytganidek ijro etishsa. Hurmat bilan [Mammasiddiq Madaliyev] va [Iskandar Qalandarov]”.
Ana shu qoʻshiqning magnit lentasidagi nusxasi [Zokirjon]ning xazinasida. Noyob qoʻshiqlar xazinaboni mamlakatimiz turli shaharlaridan ham maktublar olib turadi. Jumladan, voroshilovgradlik [Yevgeniy Istomin]: “menda mashhur rus qoʻshiqchisi [F.I. Shalyapin]ning oktyabr inqilobidan ilgari aytgan “Zashumelo razgulyalos” nomli plastinkasi bor. Noyob gramplastinkalar yigʻayotganingizni eshitib, sizga shuni tortiq etishga ahd qildim”, - deb yozibdi.
[Zokirjon Sultonov]ning oʻzbek qoʻshiqchiligi tarixiga oid noyob grammplastinkalarni toʻplashi respublikamiz madaniyat va san’at namoyondalari e’tiborini ham qozonmoqda. Chunonchi, qadimiy grammplastinkalar roʻyxatga olingan daftarga quyidagi soʻzlarni oʻqish mumkin.
^^Halima Nosirova^^ – SSSR xalq artisti:
- [Zokirjon Sultonov] ning noyob ovozlar xazinasi boyib borayotgani tahsinga
loyiq. Oktyabr inqilobiga qadar va undan keyingi davrlarda Istambul, London, Riga, [Lenin]grad hamda Toshkent shaharlarida tayyorlangan plastinkalar endilikda yoqolib borayotganligi tabiiy. Zero, oʻz davrining sevimli xonandalarining xonishlarini toshkentlik filofonist toʻplamlari orasidan topib, tinglash imkoniyatiga egamiz. [Zokirjon]ning san’atga ixlosi, ustozlarga muhabbati tufayli toʻplangan betakror ovozlar qadri esa oshib bormoqda. Qadimiy ijrochilik uslubi esa asqotmoqda. Xazina oʻzbek muzika madaniyati rivojining oʻziga xos salnomasidir.
- ^^Saodat Qobulova^^ – SSSR xalq artisti, ^^Gulsunoy Rahimova^^ – pedagogika
fanlari kandidati, [Xabib Rahmonov] respublikada xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi:
- [Zokirjon Sultonov]ning 40 yildan beri ajib qoʻshiqlar yozilgan plastinkalarni
toʻplashdagi e’tirofga loyiq. Turli davrlarga oid 25 mingdan ortiq gramplastinkani yigʻish, ayrimlarini magnit lentasiga koʻchirib qoʻyish oʻziga xos mehnat samarasidir. U toʻplagan “boylik’’ yosh avlodga katta naf keltirishi mumkin.
Asr boshida qoʻshiq aytgan xonandalarning ovozini tinglashni kim istamaydi, deysiz. Vaholanki, ^^Adolatxon^^, ^^Netayxon^^, ^^Ninaxon^^, ^^Toʻlaxon^^ kabi qoʻshiqchi ayollarimizning ovozlari yozilgan gramplastinkalar 1902 yili Rigada tayyorlangan.
Domla [Xalim Ibodov], [Yunus Rajabiy], [Mullatoʻychi Toshmuhammedov], [Xoji Tamtam], [Xoji Abdulaziz], [Mamadali Hofiz], [Ma’murjon Uzoqov], [Joʻraxon Sultonov], [Hamroqul Qori], [Boboqul Fayzullayev], [Sadirxon Hofiz], [Usta Shodi], [Levi Boboxonov], [Boborahim Mirzayev], [Yusufjon Qiziq], [Oxunjon Qiziq], ^^Mukarrama Turgʻunboyeva^^, ^^Lutfixonim Sarimsoqova^^, ^^Gavhar Rahimova^^… Filofonist toʻplagan noyob gramplastinkalarning roʻyxatini yana davom ettirish mumkin. Muhimi, uning “xazina”si boyimoqda. Bunday xayrli ishni ma’qul koʻrganlar safi kengaymoqda. Toshkentlik [Habib Rahmonov] yaqinda oʻzi saqlab qoʻygan 500 ta gramplastinkani [Zokirjon]ga berishni lozim topdi. Uning hamshahari pensioner [Kozimxon Umarov] ham bu boradagi bisotini filofonist bilan baham koʻrdi.

Total words

764

Unique words

575

Annotated anthroponyms

72

Toponyms

0

TTR

0.753

Hapax

469

Distribution

Top frequency chart

Dataset