$$O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti$$ [Shavkat Mirziyoyev]ning Oliy Majlis va $$O‘zbekiston xalqi$$ga Murojaatnomasida mamlakatimizda turli jabhalardagi islohotlar sarhisobi bilan bir qatorda kelgusi yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifa va muammoli masalalarga, shu jumladan, davlat boshqaruvidagi samaradorlikka alohida e’tibor qaratildi.
Murojaatnomada davlat boshqaruvi idoralari faoliyatini tubdan takomillashtirish, boshqaruv idoralarining hududiy masalalarni hal qilishdagi mas’uliyat va javobgarligini kuchaytirish, korrupsiyaning har qanday ko‘rinishi bilan murosasiz kurashish, qabul qilinayotgan qonun va qonunosti hujjatlar ijrosini o‘z vaqtida va samarali ta’minlash kelgusi yilda amalga oshiriladigan ma’muriy islohotlarning ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lishi lozimligi ta’kidlandi.
O‘tgan davr mobaynida davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish borasida davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimi tubdan takomillashtirildi. Davlat organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash bo‘yicha samarali mexanizmlar joriy etildi. Davlat funksiyalarini xususiy sektorga o‘tkazishning huquqiy asoslari yaratildi.
Mazkur islohotlarning izchil davomi tariqasida, shuningdek, Yangi O‘zbekiston sharoitida zamonaviy talablariga javob beradigan ixcham davlat boshqaruvi tizimini shakllantirish, qaror qabul qilish va masalani ko‘rib chiqish jarayonlarini soddalashtirish orqali davlat organlari rahbarlarining mas’uliyatini oshirish hamda ularning faoliyatini natijadorlikka yo‘naltirish maqsadida 2022 yil 21 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi.
Farmon bilan hukumat va davlat organlari, tashkilotlari tuzilmalari ixchamlashtirilishi hamda qisqartirilishi nazarda tutilgan bo‘lib, unga ko‘ra, 2023 yil 1 yanvardan Vazirlar Mahkamasi a’zosi bo‘lgan ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining Vazirlar Mahkamasining tarkibiy tuzilmalaridan mustaqil ravishda Bosh vazir bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlash tizimi joriy etiladi.
Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasida o‘zgarishlar, shuningdek, mustaqil faoliyat yurituvchi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining soni 61 tadan 28 tagacha, shu jumladan, vazirliklar soni 25 tadan 21 tagacha qisqartirilishi belgilandi.
Endilikda Vazirlar Mahkamasi tizimini Investitsiyalar, sanoat va savdo, Iqtisodiyot va moliya, Tog‘-kon sanoati va geologiya, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar, Maktabgacha va maktab ta’limi, Tabiat resurslari, Yoshlar siyosati va sport, Qishloq xo‘jaligi, Suv xo‘jaligi, Raqamli texnologiyalar, Adliya, Transport, Madaniyat va turizm, Mudofaa, Energetika, Sog‘liqni saqlash, Tashqi ishlar, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari tashkil etadi.
Bundan tashqari, 12 ta davlat boshqaruvi organlari faoliyati tugatilib, ularning vazifa va funksiyalari tegishli vazirlik va idoralarga o‘tkazilmoqda. Shuningdek, 16 ta respublika davlat boshqaruvi organlari qayta tashkil etilib, 24 ta davlat boshqaruvi organining, shu jumladan, 10 ta qo‘mita, 10 ta agentlik, 3 ta inspeksiya va 1 ta boshqa organlarning tashkiliy bo‘ysunuvi o‘zgartirilishi nazarda tutildi.
Farmonda belgilangan vazifalar natijasida mamlakatimizda davlat xizmatchilari soni bosqichma-bosqich 30–35 foizga qisqarib, iqtisod qilinadigan mablag‘lar ijtimoiy soha, xususan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, infratuzilmani rivojlantirishga yo‘naltiriladi.
Tegishli vazirlik, idora va mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan takrorlanadigan vazifa va funksiyalar qisqartirilib, amalga oshirish tartibi yoki mexanizmi mavjud bo‘lmagan, shuningdek, biror-bir tuzilma zimmasiga yuklatilmagan vazifa va funksiyalar qayta ko‘rib chiqiladi.
Ta’kidlash lozimki, xorijiy tajribaga ko‘ra, ko‘pgina rivojlangan mamlakatlarda ixcham davlat boshqaruvi apparati (vazirliklar) shakllantirilgan. Bularga $$Fransiya$$da 18 ta, $$Germaniya$$da 14 ta, $$Yaponiya$$da 13 ta, $$Finlyandiya$$da 12 ta, $$Niderlandiya$$da 11 ta, $$Shveytsariya$$da 7 ta davlat organlari davlat boshqaruvida samarali faoliyat yuritishini misol qilsa bo‘ladi.
Bunday islohotlar, shubhasiz, davlat mablag‘larini tejashga, ulardan to‘g‘ri va oqilona foydalanishga, eng asosiysi, davlat organlari xalqga chinakam xizmat qilishiga hamda byurokratiyani keskin kamaytirishga olib keladi.