KPPSning yangi tahrirdagi programmasi loyihasi umumxalq muhokamasiga xavola qilindi, xalqning maslahatiga tashlandi. Partiya oʻzining siyosati, tutgan yoʻli, amaliy ish tajribasini xalqning fikr-oʻylari, orzu-umidlari, hayotiy tajribalari bilan boyitishni lozim koʻrdi. Ana shuning uchun ham sovet kishilari - ishchidan tortib olimgacha, studentdan tortib partiya xodimigacha, kalxozchi dehqondan tortib ministrgacha - bu loyihani asrimizning buyuk hujjati, deb koʻtarinki, manfaatdorlik ruh bilan qizgʻin muhokama qilmoqdalar. Xalq bilan partiyaning mustahkam birligi oʻzining hayotbaxsh kuchini, qudratini koʻrsatmoqda.
Ana shunday qutlugʻ damlarda yigirma birinchi asrga peshvoz chiqyabmiz. Vaqt, umr tez oʻtyabdi. Koʻpincha ana shu uchqur umrdan nolib ham qoʻyamiz: “Vaqtim ziq, hech narsaga ulgurolmayman, tong otadi, kun botadi, hayallamay kunlar, haftalar, oylar chopyabdi. Bosh qashishga qoʻl tegmaydi-ya”, deymizu, ammo doʻppini yerga qoʻyib mundoq oʻylasak, xuddi ana shu vaqt ziqligi, uchqurligida olam-olam ishni bajarib qoʻyamiz. [Gʻafur Gʻulom] nafasi: “koʻz ochib yumguncha oʻtgan dam qimmat, bir lahza mazmuni bir butun bahor” deganlaridek, koʻz ochib yumguncha oʻtgan vaqt serunum, mazmuni salmoqli, barakali boʻladi. Ana shunisi taskin ham, madad ham, ruhni tetiklashtiradi. Noliganingdan oʻzing xijolat boʻlasan, kishi.
Yigirmanchi asr kosmos asri boʻldi, deymiz, fashizm ustidan qozonilgan buyuk gʻalaba asri deymiz, sotsializm qaror topgan… Ammo bularning hammasi oʻz-oʻzidan sodir boʻlib, asr kitobiga yozilib qolgani yoq. Uning ijodkori, yoʻl koʻrsatuvchi yoʻlchi yulduzi, mash’ali, dahosi boʻlgan. Bu – Kommunistik partiya va uning Programmasi edi. Asrimiz boshida qabul qilingan birinchi Programma — bolshevistik partiya Programmasi mexnatkash xalqning chor hukumatini, kapitalistik tuzumni agʻdarib tashlash uchun kurashga otlantirdi. Oʻn yettinchi yilda ishchilar sinfi siyosiy hokimiyatni qoʻlga oldi. Yangi dunyo qurish boshlandi. Sakkizinchi s’yezdda qabul qilingan ikkinchi Programma bizga sotsializmni qurish istiqbolini ochib berdi. Bundan chorak asr muqaddam qabul qilingan Programma mamlakatni rivojlangan sotsializm bosqichiga olib chiqdi. Va nihoyat, biz hozir partiyamiz, mamlakatimiz bosib oʻtgan chorak asrning yutuq, tajribalari, buyuk istiqbol rejalari aks etgan olamshumul hujjat – yangi tahrirdagi partiya Programmasi loyihasini oʻqib, oʻrganyabmiz.
Programma loyihasi partiyamizning koʻp yillik va sermashaqqat kollektiv ijodining samarasi ekanligi yaqqol koʻrinib turibdi. Yoqimli, da’vatkor lenincha bayon uslubi, til ravonligi, fikr tiniqligi, mazmun teranligi va ravshanligi, saviya dahosining yuksakligi – bular hammasi inson Qadri, insonkamoli, inson tarbiyasi, inson taqdiri, inson ruhi, ichki dunyosi, inson tafakkuri-shuuri – katta harf bilan yoziladigan insonni ulugʻlaydi. Bularning hammasi ana shu hayotnomada., baxtnomada mukammal ifodasini topgan. Oʻz mohiyati va qamrovi, siyosiy qudrati va buyuk insonparvarlik ruhi bilan har bir communist, har bir sovet kishisining, sotsialistik hamdoʻst mamlakatlar mehnatkashlarining, taraqqiyparvar barcha yaxshi niyatli kishilarning qalblaridan joy oladi, ularga yoʻlchi yoʻldosh boʻladi, ilhom baxsh etadi, erk, taraqqiyot sari undaydi. [Gorkiy]ning inson nomi magʻrur jaranglaydi, degan tabarruk lafvidek, inson nomini katta harf bilan yozishga oʻrganganimizdek partiyamizning bu Programmasi ham katta harf bilan yozilishi ayni muddao, koʻngildagi gap. Negaki, bu programma yangi insonning kurash va gʻalaba programmasi, yangi davr, yangi dunyo programmasi, yangi asr programmasi.
Programma loyihasi biz uchun muazzam dorilfunun bir darslik misoli. Darslik boʻlganda ham hayot darsligi. Istiqbol darsligi. Shuning uchun biz uni qayta-qayta mutolaa qilsak, birinchi manbalar, qoʻshimcha adabiyotlar koʻmagida diqqat bilan pishiq-puxta oʻrganib olsak ishimizga, ijodimizga, tadqiqotimizga, bunyodkorlik shijoatimiz, rahbarlik uslubimiz, ma’naviyatimiz, tarbiyaviy ishlarimiz, madaniyatimiz, turmush tarzimiz, texnika taraqqiyotimiz, jamiki faoliyat-rejalarimizga tatbiq etishda qiynalmaymiz, ishlarimiz oson koʻchadi, pishiq-puxta boʻladi.
Bu darslik bizga fan-texnika taraqqiyotini tubdan jadallshtirish jarayonida inson omilini faollashtirish, inson tafakkuri psixologiyasini oʻzgartirishni oʻrgatadi. Jamiki insoniy fazilatlar: kommunistik axloq, ilmiy dunyoqarash, vatanparvarlik, internatsionalizm, kolektivchilik, insonparvarlik axloqi – darslikning asosiy sahifalari. Sovet jamiyatining rahbar kuchi boʻlgan partiyamizning butun faoliyati, ichki va tashqi siyosatimiz, xalqaro aloqalar, jahon tinchlik harakatida Sovet Ittifoqi yetakchiligi – bular darslik mundarijasining magʻzini tashkil etadi.
Bu darslik hajmi jihatidan bir risoladek boʻlsa ham, mazmun va mohiyat jihatidan eng muazzam siyosiy-iqtisodiy, gʻoyaviy-partiyaviy, ijtimoiy-ilmiy, madaniy-ma’rifiy, milliy-baynalminal darslikdir. Hozir loyiha holida oʻranyabmiz, XXVII siyezdi tasdiqlaganidan keyin ham mutolaani davom ettiraveramiz, undan olgan bilim va saboqlarimizni har birimiz oʻz ishimizda, tadbirlarimizda omilkorlik bilan tatbiq qila beramiz. Bu degan gap har birimiz darslik yuzasidan imtihon beramiz. Elimiz, yurtimiz, partiyamizga mehr-oqibatlarimizdan, sadoqatimizdan imtihon beramiz. KPSSning qabul qilinadigan yangi tahrirdagi Programmasi stolimiz ustidan hamishalikka oʻrin oladigan eng muqaddas darslik boʻladi!
Total words
629
Unique words
452
Annotated anthroponyms
2
Toponyms
0
TTR
0.719
Hapax
371
Distribution
Top frequency chart
Dataset