$$KPSS Markaziy Kometeti$$ 1985 yil oktabr Plenumi materiallari bilan tanishar ekanman, quyidagi soʻzlarni qayta-qayta oʻqidim: “Mehnat kollektivi, uning boshlangʻich boʻgʻinlari – uchastka va brigada, ferma va laboratoriya s’yezdoldi hujjatlarini oʻrganish hamda tushuntirish sohasidagi barcha ishlarning markazi boʻlib qolishi lozim. Bu yerda ishlarimiz toʻgʻrisida, gʻoyat katta rezervlarni ishga tushirish, resurslardantejab-tergab foydalanish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish haqida, ilgʻorlar tajribasini ommalashtirish toʻgʻrisida amaliy suhbatni avj oldirib yuborish kerak”.
Shu nuqtai nazardan qaraganda, brigadamizda qanday ishlar amalga oshirilmoqda? Albatta, davrimiz bizdan yangicha ilhom, kuch-gʻayrat va tashabbus bilan ishlashni talab qilmoqda. Bu KPSSning yangi tahrirdagi Programmasi, taklif etilayotgan oʻzgartirishlar bilan $$KPSS Ustavi$$ loyihalarida ham oʻz ifodasini topgan. Bu ikki siyosiy hujjat bir-biri bilan chambarchas bogʻliq boʻlib, ular partiyani tashkiliy jihatdan mustahkamlash, siyosiy rahbarlik ta’sirchanligini oshirishga xizmat qiladi.
Biz mehnatga halol, ijodiy munosabatda boʻlmoqdamiz. Yuksak uyushqoqlik va intizomlilik tufayli oʻtgan yili ham brigadamizda paxta tayyorlash plani oshirib bajarildi. Har gektar maydondan 36 sentnerdan hosil yigʻib-terib olindi.
Sovxozimizda shaxsiy namuna koʻrsatib ishlayotgan kommunistlar koʻp. kamtarlik, tashabbuskorlik va hamisha ilgʻorlar safida boʻlish kommunist [Rahmatulla Toʻrayev]ga xos fazilatdir. U bir necha yildan beri paxtachilik brigadasiga yetakchilik qilib kelayotir. Brigada a’zolarining paxta plani va sotsialistik majburiyatlarini bajarmagan biror yili yoq. Shuning uchun ham [R. Toʻrayev] $$Sotsialistik Mehnat Qahramoni$$dek yuksak unvonga muyassar boʻlgan.
Lekin savxozimizda hamma ham ishda shaxsiy namuna koʻrsatayotirmi? Albatta, yoʻq! Yigʻilishlarda katta gapirib, quyuq vada berib, keyin uni oqlolmayotgan, yangilikka intilish oʻrniga hamon eski uslubga taqlid qilayotgan rahbarlar ham uchrab turibdi. Hatto sovxozimiz partiya komiteti sobiq sekretari [Nazar Shukurov] ham ochiq-koʻngillik qilib, ayrim nopok shaxslarning partiya safiga oʻtishiga yoʻl qoʻygan. Rayon partiya komiteti byurosi [N.Shukurov]ga tegishli partiyaviy jazo berdi va vazifasidan olib tashladi. Eski uslubga yopishib, manmanlikka berilgan [Mavlonberdi Allaberdiyev], [Muhammadi Ibrohimov], [Ergash Nosirov] singari boʻlim boshqaruvchilari ham ishdan chetlatildi.
Soʻz va ish birligi ta’minlanmaganligi sababli xoʻjaligimizda 46ta brigada yillik paxta tayyorlash planini uddalay olmadi. Bu esa har bir kommunist imkoniyati darajasida ishlamayotganligi, intizom va tartib oʻz holiga tashlab qoʻyilganligini koʻrsatib turibdi.
Brigadamiz a’zolari oʻn ikkinchi besh yillikning dastlabki yiliga puxta zamin yaratmoqdalar. Kuni kecha boʻlib oʻtgan partiya yigʻilishida intizom va tartibni mustahkamlash, soʻz va ish birligini ta’minlash haqida gap bordi. Partiyamizning siyezdoldi hujjatlari loyihalari qunt bilan oʻrganildi. Ayrim fikr-mulohazalar oʻrtaga tashlandi. Jumladan, men ham KPSSning yangi tahrirdagi Programmasi loyihasining “Partiyaning iqtisodiy strategiyasi” boʻlimi “Partiya mehnatga kommunistik munosabatda boʻlish harakatini avj oldirish vositasi boʻlgan – sotsialistik musobaqani rivojlantirishga bundan buyon ham doimiy e’tibor beraveradi” soʻzlari bilan yakunlanishini istardim.
Total words
389
Unique words
311
Annotated anthroponyms
7
Toponyms
3
TTR
0.799
Hapax
262
Distribution
Top frequency chart
Dataset