🔍

Article

M.S. Gorbachevning K. Livingston murojaatnomassiga javobi

By M. S. Gorbachev • in 1986

Hurmatli [Livingston] janoblari!
Sizning xalqlarni yadro xavf-xataridan xalos etish uchun kechiktirib boʻlmaydigan choralar koʻrish zarurligini anglash ruhi bilan sugʻorilgan murojaatnomangiz bilan e’tibor berib tanishib chiqdim. $$Sovet Ittifoqi$$dagilar vatandoshlaringizning dunyodagi vaziyat xatarli rivojlanib borayotganligidan tashvishlanayotganliklariga batamom qoʻshiladilar.
Insoniyat oʻz tarixining qaltis pallasini boshidan kechirmoqda. Uning oldida omon qolish bilan yalpi qirgʻin oʻrtasidagi ikki yoʻldan birini tanlab olishdan boshqa iloj yoq. Zotan, odamlar oʻz istiqboli toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qilishni ishonib topshirgan barcha siyosiy arboblardan davlat koʻlamidagi keng yondashuv, tor, xudbinlik manfaatlaridan yuqori turish, tinchlik taqdiri uchun davlatlarning kollektiv va yakka-yakka javobgarligini butun toʻlaligicha anglash mahorati hozir har qachongidan koʻra koʻproq talab etiladi.
$$Sovet Ittifoqi$$ ravshan, izchil tinchliksevar yoʻlga amal qilib, qurolning kosmosga chiqish yoʻlini yopib qoʻyish, yadro qurollarining tubdan qisqartirilishiga va pirovard natijada ularning toʻla tugatilishiga erishish uchun oʻziga bogʻliq boʻlgan hamma ishni qilmoqda. Siz oʻz murojaatnomangizda bu yoʻnalishda ijobiy qadamlar qoʻyish zarurligi toʻgʻrisida gapirgansiz. Sovet Ittifoqi ham xuddi shunday ijobiy qadamlar qoʻymoqda. $$SSSR$$ hozirdayoq yadro qurolini birinchi boʻlib ishlatmaslik toʻgʻrisida majburiyat qabul qildi, barcha yadro portlatishlarini oʻz ixtiyori bilan toʻxtatib qoʻydi, bu tadbirning oʻzaro ahdnomaga aylanish istiqboli $$AQSH hukumati$$ga bogʻliq.
Biz yadro qurollarini koʻpaytirish darhol toʻxtatilishi, shunday qurollarning sinovlari gʻoyat samarali kontrollik ostida batamom va muddatsiz taqiqlanishi uchun kurashmoqdamiz. Biz $$AQSH$$ va $$Buyuk Britaniya$$ vakillari bilan ushbu problemaning oʻzaro maqbul yechimini toppish uchun juda yaqin vaqt ichida yana uch tomonlama muzokaralar stoli atrofiga oʻtirishga tayyormiz.
Mamlakatimiz $$SSSR$$ va $$AQSH$$ning tegishli yadroviy vositalarini ikki baravar kamaytirishni taklif etganligini ham siz bilasiz. Oʻz-oʻzidan ravshanki, zarbdor kosmik qurollar batamom taqiqlab qoʻyilgan taqdirdagina Jeneva muzokaralarida siljish boʻlishi mumkin. Boshqacha soʻzlar bilan aytganda, “samoviy urushlar” programmasidan voz kechilgan taqdirdagina siljish boʻlishi mumkin. Ana shu programmaning amalga oshirilishi strategik beqarorlikka, qurollanish poygasining sifat jihatidan yangi, control qilib boʻlmaydigan bosqichiga olib kelgan boʻlur edi. Afsuski, “samoviy urushlar” rejalariga qoʻshilishning halokatli oqibatlarini Buyuk Britaniyaning ham, $$AQSH$$ning eng yaqin boshqa ba’zi ittifoqchilarining ham hukmron doiralari hali toʻla anglab yetmaganliklarini koʻrib turibmiz.
Men bir yil muqaddam mamlakatingizga qilgan vizitimni, $$Britaniya$$ diyoridagi koʻpdan-koʻp uchrashuvlarni yaxshi eslayman. Inglizlarning oʻz an’analarini, tarixiy merosini saqlab qolish, turli sohalardagi yutuqlarni koʻpaytirish, bularning hammasini bus-butun holda oʻz avlodlariga yetkazish muddaosi menga tushunarlidir. Yevropaning boshqa mamlakatlaridagi, Sovet Ittifoqidagi, qolaversa butun dunyodagi kishilar ham xuddi shu haqda jon kuydirmoqdalar. Shu boisdan oliyjanob, insonparvar vazifalarni amalga oshirish yoʻlida ajal urugʻini sochuvchi togʻ-togʻ qurol yarogʻlar paydo boʻlayotganligi munosabati bilan xalqlarning tashvishlanayotganligi mutlaqo qonuniydir. Hatto uncha katta boʻlmagan Britaniya orollariga ham hozir yadro quroli tiqishtirib tashlanmoqda, ochigʻini aytganda, bunday qurolning mavjudligi hech kimning xavfsizligini mustahkamlamaydi.
Yadro qurolini tarqatmaslik va dunyoning turli rayonlarida yadrosiz zonalar yaratish borasidagi tadbirlar yadroviy tayyorgarliklar sohasini kamaytirish uchun kurashda muhim oʻrin oladi. Ayrim territoriyalar va shaharlar yadro qurolidan xoli zonalar, deb e’lon qilinayotgani ham xuddi shu yoʻnalishdagi tadbirlardandir. Buni biz Xalqlar tinchlik taqdiri uchun oʻz mas’uliyatini anglayotganligi va oʻz imkoniyatlari doirasida harakat qilish Niyati, deb bilmoqdamiz. Tinchlik binosi alohida-alohida gʻishtlardan quriladi. Keskinlikni yumshatish boyligi zarralardan yigʻiladi. Munitsipalitetlar, boshqa tashkilotlarning yadrosiz zonalarni vujudga keltirish tadbirlarini qoʻllab-quvvatlash harakati tobora oʻsib, mustahkamlanib borayotganligini koʻrish quvonchlidir. Bizning fikrimizcha, bunday zonalar ezgu-istak emas, idealistik orzular emas, balki xalqaro hayotning ijobiy hodisasi boʻlib, u oddiy kishilarni tinchlikka, hamkorlikka va keskinlikni yumshatishga boʻlgan irodasini aks ettiradi. Biz yadrosiz zonalarga nisbatan oʻz munosabatimizda harbiy ittifoqlarda qatnashuvchi davlatmi yoki qatnashmaydigan davlatmi, ularni hech mustasno qilmaymiz. Bizning shartimiz bitta: biron bir mamlakat yadro qurolini qoʻlga kiritishdan voz kechayotgan va oʻz territoriyasida bunday qurolga ega boʻlmagan taqdirda u bizdan qat’iy va samarali garantiyalar oladi. Masalan, $$Buyuk Britaniya$$ yadro qurolidan batamom voz kechgan va oʻz territoriyasidan chet el yadroviy bazalarini yoʻq qilgan taqdirda Sovet Ittifoqining yadro quroli Britaniya territoriyasiga moʻljal ham oldirilmaydi, unga qarshi ishlatilmaydi ham, deb $$SSSR$$ garantiya bergan boʻlur edi. Bunday garantiyalar harbiy xarakterdagi barcha tegishli jihatlarni e’tiborga oluvchi rasmiy bitimni tuzish orqali ham rasmiylashtirilishi mumkin boʻlur edi.
Biz jahondagi oʻnlab mamlakatlarning necha yuzlab boshqa munitsipalitetlari kabi $$Katta London kengashi$$ning ham xalqlarning yadro urushi xavfini bartaraf etishga, davlatlar oʻrtasidagi munosabatlarga ishonch va hamjihatlik muhitini tiklashga qaratilgan umumiy kuch-gʻayratlariga oʻz hissasini qoʻshish ishtiyoqini yuksak qadrlaymiz.
Yer yuzida tinchlikni saqlab qolish manfaatlari yoʻlidagi oliyjanob faoliyatingizda sizga yangidan-yangi muvaffaqiyatlar tilayman. Boshlangan yangi yilda eng ezgu-istaklarni qabul qilgaysiz.

Total words

665

Unique words

491

Annotated anthroponyms

1

Toponyms

13

TTR

0.738

Hapax

402

Distribution

Top frequency chart

Dataset