1986 yil ham boshlandi. Oʻn ikkinchi besh yillik start oldi. U partiya iqtisodiy strategiyasini roʻyobga chiqarishda muhim bosqich boʻladi. Yangi besh yillikda xalq xoʻjaligi taraqqiyotini shunday jadallashtirish kerakki, bu tadbir KPSSning yangi tahrirdagi Programmasi, $$SSSR$$ni iqtisodiy va sotsial rivojlantirishning 1986-1990 yillarga hamda 2000-yilgacha boʻlgan davrga moʻljallangan. Asosiy yoʻnalishlari loyihalarida belgilangan marralarga chiqib olishimizni ta’minlashi lozim.
Yangi besh yillik jamiyatimizning iqtisodiy va sotsial rivojlanishi tarixida burilish davri boʻlib qoladi. Partiyaning syezdoldi hujjatlarida yangi besh yillikning bosh vazifasi – fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish, ishlab chiqarishni texnik jihatdan qayta qurollantirish va rekonstruksiyalash, bunyod etilgan ishlab chiqarish potensialidan intensiv ravishda foydalanish, xoʻjalik mexanizmini boshqarish sistemasini takomillashtirish negizida ekonomikani rivojlantirish sur’atlarini va samaradorligini oshirishdan iborat ekanligi va shu yoʻl bilan sovet xalqi farovonligini yanada yuksaltirish zarurligini ta’kidlab oʻtilgan.
Respublika xalqi xoʻjaligining shaxdam odimlar bilan rivojlanishi, mehnatkashlar farovonligining yanada yuksalib borishi koʻp jihatdan kapital qurilishning sur’atlari va sifatiga bogʻliqdir.
Kapital qurilish hajmi yildan-yilga oʻsib bormoqda. Oʻtgan besh yillikda Respublika xalq xoʻjaligida 30milliard soʻmlikdan koʻproq kapital mablagʻ oʻzlashtirildi. Bu – besh yillik topshiriqlarida belgilanganidan 9,7 protsent koʻp va oʻninchi besh yillikdagidan 1,3 baravar ortiqdir. Bu narsa asosiy ishlab chiqarish fondlarining 32,8 protsent oʻsishini ta’minlash imkonini berdi.
Ana shu yillar mobaynida bir qator yangi sanoat korxonalari qurildi va foydalanishga topshirildi. Qishloq xoʻjaligida va ekanomikaning boshqa tarmoqlarida katta hajmdagi ishlar bajarildi. $$Oʻzbekiston mehnatkashlari$$ salkam 30 million kvadrad metr sahnli uy-joy oldilar. Bu – oʻn birinchi besh yillik davomida Respublika aholisining qariyb beshdan bir qismi hovli toʻyi oʻtqazdi, demakdir.
Oʻtgan yili respublikada 40 tadan koʻproq yirik ishlab chiqarish obyektlari va quvvatlari qurib bitkazildi. Bular orasida $$Yangi Angren GRES$$ ning dastlabki quvvatlari, $$Yangi Qoʻqon ximiya zavodida mineral oʻgʻit ishlab chiqaruvchi, Fargʻonadagi “Azot’’ ishlab chiqarish birlashmasida oʻsimliklarni himoya qilish vositalari tayyorlovchi, “SSSR 50 yilligi nomli Toshkent traktor zavodi”$$ birlashmasining [Leninsk] shahridagi filialida traktor priseplari yaratuvchi ishlab chiqarishlar va boshqa quvvatlar bor.
$$Marjonbuloq$$, $$Chust$$, $$Chortoq$$ va $$Kullad$$agi tikuvchilik, trikotaj fabrikalarining, Il’ichevskdagi paypoq fabrikasining, $$Buxoro toʻqimachilik kombinati$$da tayyor gazlamalar ishlab chiqaruvchi yangi quvvatlarning, $$Beruniy, Uchqoʻrgʻon, Xazorasp yigiruv fabrikalari$$ning, $$Xoʻjayli$$da toʻquv fabrikasining foydalanishga topshirilganligi xalq iste’moli mollari tayyorlashni yanada kengaytirish imkonini beradi.
Oziq-ovqat programmasiga muvofiq qishloq xoʻjaligining, shu jumladan, paxtachilikning, oziq-ovqat mollari ishlab chiqarishni koʻpaytirish bilan bogʻliq tarmoqlarning moddiy-texnika bazasini yanada rivojlantirish va mustahkamlash borasida muayyan ishlar amalga oshirildi. Goʻsht va tuxum yetishtirishga moʻljallangan yangi parrandachilik fabrikalari, chorvachilik komplekslari va binolari qurildi: $$Jizzax$$, $$Qarshi choʻllari$$da va $$Amudaryo etaklari$$da yangi yerlar oʻzlashtirildi.
Mablagʻ bilan ta’minlashning barcha manbalari hisobiga 100mingdan ziyod kvartira, 118ming oʻquvchiga moʻljallangan maktablar, 33ming kichkintoy tarbiyalanadigan bolalar bogʻchalari va yaslilari, 5 ming oʻrinli kasalxonalar bir yoʻla 7,5 ming kishiga xizmat koʻrsatadigan poliklinikalar qurildi, sotsial-madaniy-maishiy ahamiyatga molik koʻplab boshqa ob’ektlar bunyod etildi.
Ummuman olganda esa kapital qurilishdagi hozirgi ahvol zamon talablariga javob bermaydi. Chunonchi, bir qator ob’ektlarni tiklash choʻzilib ketdi. Kuch va mablagʻlarni haddan ziyod sochib yuborishga yoʻl qoʻyildi. Tugallanmagan qurilishlar miqdori hamon normadagidan ancha koʻp. qurilish va montaj tashkilotlarining aniq bir maromda ishlashini ta’minlashga, ob’ektlarni butun yil davomida bir tekisda foydalanishga topshirishga erishib boʻlmadi. Koʻpgina trestlar, boshqarmalar va mexanizatsiyalashgan koʻchma kollonalarning kollektivlari quvvatlarni ishga tushirish, mehnat unumdorligini oshirish, ishlar tannarxini arzonlashtirish boʻyicha topshiriqlarni bajarmayabdilar. Quruvchilar va montajchilar Respublika aholisidan katta qarzdor boʻlib qoldilar. Oʻtgan besh yillikda 500 ming kvadrat metrdan ortiq uy-joy binolarini qurib bera olmadilar. Ayniqsa, bu hol Jizzax va Samarqand oblastlari hamda Toshkent shahrida yaqqol sezilmoqda. Plansiz ob’ektlarni qurish va shu maqsadlar uchun juda koʻplab mehnat va material resurslarini jalb qilish hollariga hali uzil-kesil barham berilmagan.
Partiya plansiz qurilishlarni, “nufuzli” deb atalmish ob’ektlarni qurishdan iborat yaroqsiz praktikani keskin qoralaydi. Shunga qaramay respublikada ayrim birlashmalar, korxonalar va tashkilotlar rahbarlarining aybi bilan yotoqxonalar, hisoblash markazlari, laboratoriyalar va shu kabilar niqobi ostida ma’muriy binolarni qurish davom etib keldi. $$Oʻzbekiston Kompartiyasi$$ $$Markaziy Komiteti Byurosi$$ bunday suiste’molliklarni muhokama qildi, aybdorlarni qattiq jazoladi.
1986 yil barcha partiya komitetlari, xoʻjalik tashkilotlarining rahbarlari uchun partiyaning ekonomika taraqqiyoti sur’atlarini jadallashtirish, uning xalq farovonligini oshirish programmasida belgilangan rejalarni bajarishda imtihon boʻladi. Oʻn ikkinchi besh yillikning birinchi yarmida $$Oʻzbekiston$$da mablagʻ bilan ta’minlashning barcha manbalari hisobiga 7.1 milliard soʻmlik kapital mablagʻi, boshqacha aytganda 1985 yildagiga qaraganda 3 protsent koʻp mablagʻni oʻzlashtirish vazifasi turibdi. Bu mablagʻning anchagina qismi mavjud korxonalarni rekonstruksiyalash va texnik jihatdan qayta qurollantirishga, ilgari boshlangan qurilishlarni bitkazishga, shuningdek mehnatkashlar farovonligini oshirish bilan bevosita bogʻliq ob’ektlarni bunyod etishga ajratilmoqda. Shu bilan birga, ayni bir vaqtning oʻzida qurilayotgan hamda qurilishi yangidan boshlanadigan ob’ektlar miqdorini qisqartirish, shu yoʻl bilan tugallanmagan qurilishlar hajmini kamaytirish koʻzda tutilyabdi.
$$Oʻzbekiston$$ ulkan qurilish maydoni boʻlib qolaveradi. Xalq xoʻjaligining barcha tarmoqlarida yangi quvvatlar qurilishi tezlashtiriladi. Respublika xalq xoʻjaligining tobora oʻsib borayotgan ehtiyojlarini qondirish uchun yoqilgʻi-energetika kompleksi rivojlantiriladi. Bu yil $$Yangi Angren$$, $$Taxiatosh$$, $$Tollimarjon GRES$$lari va $$Muborak issiqlik elektrosentrali$$ qurilishlari davom ettiriladi. $$Muborak zavodi$$da gazni qayta ishlovchi quvvatlarni kengaytirish, $$Shoʻrtan$$, $$Dengizkoʻl-Xovzak, Pomiq konlari$$ni jihozlashni davom ettirish va gaz-transport sistemasini kengaytirish belgilanmoqda.
Qora va rangli metallurgiyada katta hajmdagi qurilish ishlari ado etiladi. $$Oʻzbekiston metallurgiya zavodi$$da tayyorlamalarni uzluksiz qoʻyadigan uchinchi mashinani, $$Samarqand$$ tajriba zavodida burgʻulash asboblarini tayyorlovchi quvvatlarni, $$Olmaliq kon-metallurgiya$$ kombinatida mis rudasini qazib oluvchi va qayta ishlovchi ishlab chiqarishlarni foydalanishga topshirish moʻljallangan. Nukusda temir-tersakni qayta ishlovchi sex qurilishi davom ettiriladi. Xuddi shunday sexni esa Andijonda barpo etish boshlab yuborildi.
Ximiya, neft ximiyasi sanoati, mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarish, shuningdek mashinasozlik yanada rivojlantiriladi. Bu tarmoqlarning asosiy ob’ektlari boʻlmish $$Toshkent motor$$, $$Andijon podshipnik zavodlari$$, $$Toshkent traktor zavodi$$ning quyov sexlari kompleksi shular jumlasidandir.
Xalq iste’mol mollari ishlab chiqarishni yanada koʻpaytirish maqsadida yengil sanoat korxonalarining filiallarini $$Olot$$, $$Mangʻit$$, $$Uchqoʻrgʻon$$, $$Toʻrtkoʻl$$, $$Qorakoʻl$$, $$Yorqishloq$$, $$Shahrixon$$da ishga tushirish, $$Buxoro toʻqimachilik kombinati$$ning tayyor gazlamalar ishlab chiqaruvchi quvvatlarini, Oltinkoʻldagi fabrikada trikotaj polotnolari, $$Toshkentdagi ” Malika “ birlashmasi$$da ustki trikotaj va Samarqand trikotaj fabrikasida shunday gazlamani, Yangiyoʻldagi fabrikada poyabzal ishlab chiqaruvchi va boshqa koʻplab quvvatlarni foydalanishga topshirish koʻzda tutilgan. $$Andijon ip gazlama kombinati$$ni, $$Jizzax paypoq fabrikasi$$ni, $$Qoʻqon paypoq toʻquv-ip yigiruv kombinati$$ni qurish, $$Toshkent chinni zavodi$$ni rekonstruksiyalash davom ettiriladi.
1986 yilda $$Shahrisabz$$da non zavodini, Yangiyoʻldagi “Lazzat” ishlab chiqarish birlashmasida qandolatchilik mahsulotlari, $$Namangan$$dagi sut kombinatida va $$Urganchdagi sut zavodi$$da qaymogʻI olinmagan sut mahsulotlari ishlab chiqaruvchi quvvatlarni ishga tushirish moʻljallanmoqda. Andijon va Jizzaxda mebel fabrikalarini qurish davom ettiriladi.
Bu yilgi planlarimizda agrosanoat kompleksi tarmoqlarining moddiy-texnika bazasini yanada rivojlantirish va mustahkamlashga, oziq-ovqat programmasini izchillik bilan amalga oshirishga muhim ahamiyat berilgan. Qishloq xoʻjalik ishlab chiqarishini taraqqiy ettirishga 2 milliard 448 million soʻmlik davlat kapital mablagʻi ajratilyabdi. Bu – oʻtgan yildagidan 3 protsent koʻp demakdir.
Yangi yilda 69,7 ming gektar sugʻoriladigan yangi yerlarni oʻzlashtirish lozim. Yirik suv xoʻjaligi inshootlaridan: $$Tuyamoʻyn gidrouzeli$$, $$Surxondaryo oblasti$$da $$Toʻpalang suv ombori$$, $$Namangan oblasti$$da $$Jiydasoy$$, $$Samarqand oblasti$$da $$Qorasuv$$, $$Fargʻona oblasti$$da $$Soʻx$$, $$Qashqadaryo oblasti$$da $$Hisorak suv omborlari$$ni, shuningdek bir qancha yirik nasos stansiyalarni, magistral kanallar va kollektorlarni qurish davom ettiriladi.
Yiliga besh ming bosh qoramollarni parvarish qiluvchi va soʻqimga boquvchi chorvachilik komplekslarini qurish, tuxum yetishtirishga moʻljallangan 395 ming parranda boqiladigan, goʻsht yetishtirishga ixtisoslashtirilgan 6,25 million bosh parranda boqiladigan yangi parrandachilik fabrikalarini qurish va mavjudlarini kengaytirish darkor.
Uy-joy qurilishini madaniy-maishiy ahamiyatga molik ob’ektlar kompleksida qurishga alohida ahamiyat beriladi. Bu yil davomida mablagʻ bilan ta’minlashning barcha manbalari hisobiga qariyb 7million kvadrat metr sahnli uy-joylarni barpo etish moʻljallanyabdi. Bunda uy qurilishi kooperatsiyalari ish hajmi 1985 yildagiga nisbatan 10 protsent koʻpayadi. 137 ming oʻquvchiga moʻljallangan yoki 1985 yildagidan 16 protsent koʻp maktab binolari, 35,9 ming kichkintoy tarbiyalanadigan bolalar bogʻchalari va yaslilar, 4.250 oʻrinli kasalxonalar, 9.195 kishiga bir yoʻla xizmat koʻrsatadigan poliklinikalarni, bir qator fan, madaniyat va aholiga maishiy xizmat koʻrsatish muassasalarini foydalanishga topshirish vazifasi turibdi. $$Toshkent$$da metropolitenining ikkinchi liniyasini qurish davom ettiriladi.
Belgilangan topshiriqlarni bajarish maqsadida pudratchi qurilish tashkilotlarining ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish, ulardagi quvvatlar bilan tobora oshib borayotgan qurilish-montaj ishlari hajmlari oʻrtasidagi nomutanosiblikka barham berish chora-tadbirlari koʻrilmoqda. Binokorlik materiallari ishlab chiqarish va qurilish industriyasi shunga muvofiq rivojlantirilmoqda. Bu maqsadlar uchun 170 million soʻmga yaqin mablagʻ ajratilyabdi.
Xullas, kapital qurilish programmasi Respublika xalq xoʻjaligi barcha tarmoqlarining yanada rivojlanishini koʻzda tutadi. Vazifa – ajratilgan mablagʻlardan samarali foydalanishdan ishga tushiriladigan ishlab chiqarish ob’ektlarini, uy-joy binolari, maktablar, bolalar bolalar bogʻchalari, kasalxonalar, poliklinikalar, savdo va maishiy xizmat koʻrsatish korxonalari bir maromda foydalanishga topshirishni ta’minlashdan iborat.
Ministrliklar va idoralar, qurilish va montaj tashkilotlari, buyurtmachi korxonalar kollektivlari yangi yilning dastlabki kunlaridanoq ob’ektlarda qurilish konveyerida qatnashuvchi barcha kishilarning aniq, bir me’yorda ishlashini tashkil qilishlari, barcha yangiliklar va ilgʻor usullarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashlari, qurilish ishlab chiqarishi ilgʻorlari va novatorlarining tajribasini praktikaga keng joriy qilishlari lozim.
Partiya komitetlari, boshlangʻich partiya, kasaba soyuz va kombosol tashkilotlari qurilishlarda sotsialistik musobaqani keng avj oldirishga, ommani fidokorona mehnat qilishga, KPSS XXVII siyezdi va $$Oʻzbekiston Kompartiyasi$$ning XXI s’yezdini munosib kutib olishga ruhlantirishga da’vat etilgandirlar.
Total words
1,351
Unique words
793
Annotated anthroponyms
1
Toponyms
60
TTR
0.587
Hapax
563
Distribution
Top frequency chart
Dataset