Har bir xalq oʻz kasbi boʻyicha mahoratning yuksak choʻqqilarini egallagan kishilarni ardoqlab “usto” deb atagan. Hozir ham shunday. $$Samarqand$$ diyorida xalq amaliy san’ati hozirgi kunda yanada gullab-yashnayotgan ekan, bunda $$Respublika Badiiy fondi$$ga qarashli “Usto” ijodkorlik uyushmasi zonal ustaxonasi xodimlarining hissasi kattadir. Uyushma 130 nafardan ziyod rassomlar va kullolar, ganch va yogʻoch oʻymakorlari, zargarlar va zardoʻzlarni birlahirgan. Ustaxona ularga oʻz ish joylarini uskunalashda yordam bermoqda. Materiallar yetkazib beryapti. Koʻrgazmalarni uyushtirmoqda. Buyurtmalarni qabul qilmoqda. $$Samarqand$$ ustaxonasining badiiiy kengashi faqat 1984 yilning oʻzida xalq amaliy san’atiga oid qariyib ikki yuzta asarni koʻplab tayyorlashni tavsiya qildi.
$$Samarqand$$liklar marhum xalq ustasi, kulo [Umar Joʻraqulov]ning nomini minnatdorchilik bilan eslaydilar. Hozir bu kishining ishlarini iqtidorli ustalardan [Abduraim Muxtorov], [Mansur Nosirov] kabi shogirdlari izchillik bilan davom ettirmoqda. Ular yaratgan asarlar turli katta-kichik koʻrgazmalar va konkurslarda katta muvaffaqiyat bilan namoyish qilinib kelinmoqda. Yoshlardan [Erkin Boboyev] esa hozir $$Samarqand$$da oʻzining birinchi koʻrgazmasini ochishga tayyorgarlik koʻryapti.
Ha “Usto” uyushmasi ana shunday qoʻli gul ustalar ijodini xalq amaliy san’ati yutuqlarini targʻib va tashviq qilishga da’vat etilgan. Xalq ijodi an’analari davomiyligini ta’minlash toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qilishni uyushma kollektivi oʻzining eng asosiy vazifasi deb bilayotir.
Article
ARDOQ
Total words
180
Unique words
155
Annotated anthroponyms
4
Toponyms
5
TTR
0.861
Hapax
141
Distribution
Top frequency chart
Dataset