Kenja qizim bilan sayrga chiqdik. $$Namangan$$dagi $$Toʻqimachilik shaharchasi$$damiz. $$Dohiy [Lenin] haykali$$ atrofini aylanar ekanmiz: “Ana [Lenin] bobmiz!” – dedi quvonch bilan qizim. Ikimiz dohiy siymosiga tikildik.
- Dada, bobmiz haykalini kim yasagan? – deb soʻrab qoldi qizim.
Bu savol meni oʻylantiirb qoʻydi. Izlanib shu haqda ba’zi ma’lumotlar toʻpladim. Mazkur haykal avtorining avlodlari boʻlmish quruvchilar sulolasi bilan tanishishga toʻgʻri keldi. Ularni shaharda sarkorlar avlodi deyishadi.
Yigirmanchi yillarning oʻrtalarida ham din ta’siri kuchli boʻlganligi hammaga ayon. Surat chiizsh, haykal yasash gunoh hiosblangan. Shunga qaramay Ziyot hoji oʻsha yillari haykal taroshlikni oʻrgangan. Bu – sovet xalqining buyuk yoʻlboshchisi, barcha mehnatkashlarga ozod va obod turmush yaratib bergan dohiy [Lenin]ga boʻlgan buyuk ixlos va hurmat ramiz boʻlsa ajab emas. Chunki u dastlab [V.I. Lenin] byustini yasashni oʻrgangan. Keyinchalik [Marks] va [Engels]ning siymosini ganchga koʻchirgan.
1929 yilda Namangan shahri markaziga $$[V.I. Lenin] haykali$$ oʻrnatishga kirishildi. Bu katta va mas’uliyatli ishni istedodli san’atkor [Ziyot] hoji oʻz zimmasiga oldi va uni muvaffaqiyatli ado etdi. 1930 yilda esa $$Markaziy Oktabr Qizil choyxonasi$$ – hozirgi Teatr maydoni oldiga dohiy haykalini yasab oʻrnatdi. Rayonlarda ham koʻpgina haykallar barpo etdi. Uning ajoyib moʻjizakor san’atiga, hayratomuz mehnatiga berilgan yuksak bahoni oʻsha davrda unga taqdim etilgan lotin alifbosida bosilgan va oʻgʻli [Madumar] akada e’zozlab saqlanayotgan Qizil shahodatnomadan oʻqib qoʻyaqolaylik.
“Berildi ushbu Qizil shahodatnomani oʻrtoq [Ziyot] hoji sarkor oʻgʻliga shul toʻgʻridakim, bul oʻrtoq Namangan kasabalar sarkotinbligining qaramogʻida boʻlgan $$Markaziy Oktabr choyxonasi$$ning yozgi binosi oldiga dohiymiz oʻrtoq [Vladimir Ilya oʻgʻli Lenin]ning katta haykalni oʻz qoʻli bilan yasab, 1930 yil sakkiz avgustda muvaffaqiyat bilan haykal qabul qiluv komissiyasiga topshirdi.
Oʻrtoq [Ziyot] hoji [Sarkor] oʻgʻli $$Namangan shahri$$ning $$Sardoba dahasi$$da 1866 yilda tugʻilgan. Otasining ijtimoiy ahvoli suvoqchi-binokor boʻlgan. Oʻrtoq sarkorov oʻn olti yoshiga qadar otasining qaramogʻida boʻlib, oʻn olti yoshdan soʻngra muddati 50 yildan buyon mazkur otasining qaramogʻida boʻlib, oʻn olti yoshidan soʻngra muddati 50 yildan buyon mazkur otasining hunari boʻlmish suvoqchilik ishida davom etib keladi.
Oʻrtoq [Ziyot] hoji [Sarkor] oʻgli onasidan tilsiz soqov tugʻilgan boʻlsa ham hech bir rassomlik kursida oʻqimasdan turib dohiymiz oʻrtoq [Lenin]ning haykalini ayni oʻzi qilib muvaffaqiyat bilan 75000 $$Namangan mehnatkashlari$$ oldie taqdim etadilar.
Oʻrtoq [Sarkorov]ni 1930 yil 9 avgustda boʻlgan [Lenin] haykalini ochish tantanali mitingida qilgan xizmatini taqdim etib, ushbu Qizil shahodatnoma berishga qaror qilinib, koʻpchilik bilan olqishlar orqasida tasdqilanib muhr imzolar bilan taniqlik qilindi….
$$Namangan shahar$$ va rayon ijroiya qoʻmitasining mas’ul kotibi va haykal qabul qiluv komissiyasi raisi [Xoliqulov], Namangan shahar kasabalar kotibibning raisi [Abdullayev], $$Markaziy Oktabr Qizil choyxonasi$$ mudiri [Mavlonov], shu choyxona siyosiy rahbari [Kamolov]”.
Din va Jaholat peshvolariga qarshi beayov kurashgan otashin shoir [Hamza] joniga qasd qilingan oʻsha qattol yillarda biromi oʻzbekning haykal yasashga jazm etishining oʻzi bir jasoratdir. Oʻzining bu ishi bilan u buyuk dohiy [B.I. Lenin] dahosi, yangi dorilamon zamon quyoshi tufayli xalq amaliy san’ati sirlarini mehr bilan oʻrganganligini namoyish qildi. Oʻsha paytlardayoq $$Namangan$$ning 75000 aholisi [Ziyot] hoji yaratgan haykalni ziyorat qilgan boʻlsa, endilikda bu tarixiy obidaga shahrning 250 ming kishilik xalqi zoʻr mehr bilan ta’zim qilmoqda. Bu ta’zim shu haykal yaratuvchisiga ham beqiyos hurmat timsolidir.
[Ziyot] hoji 1929 yilda barpo etgan haykal 1970 yilda shahardagi [Lenin] maydoni rekonstruksiya qilinishi munosabati bilan Toʻqimachilar shaharchasi markaziga qayta oʻrnatildi. Dohiyning bu nuroniy siymosi shahrimiz ishchilar sinfini, barcha mehnatkashlarni hamon yangi zafarlar sari ilhomlantiirb turmoqda.
Otasining izidan borib, undan saboq olgan [Madumar] aka [Sarkorov] ham oʻz mehnati tufayli obroʻ e’tibor qozondi. 1930 yildan buyon shahrdagi ulkan qurulishlarda qatnashib, malaka ortirgan bu qoʻli gul binokor keyinchalik Namangan rayoni quruvchilariga ustozlik qildi. Qariyib 50 yil davomida bir necha oʻnlab shogirdlar tayyorladi. Oʻymakor nqshlar bilan bezatilgan koʻplab madaniy-maishiy binolar, uy-joylar barpo etdi. Samarali va fidokorona mehnatlari uchun [Lenin] ordeniga, “Ozbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan binokor” degan faxriy unvonga, bir qancha medallar va faxriy yorliqlarga sazovor boʻldi.
[Madumar] aka pensiyaga chiqqan, mehnat estafetasini toʻngʻich farzandi [Madamin Sarkorov]ga topshirdi. [Madaminjon] hozir shahardagi 112-mexanizatsiyalashgan koʻchma kolonnada tajribali quruvchi.
[Ziyot] hojining ukasi [Madazim] ham $$Sardoba dahasi$$da tugʻilib, akasi ustozligida usta boʻlib yetishdi. U bilan riga samarali mehnat qildi. 1930 yillarda akasi kabi mashhur quruvchi boʻlib tanildi, binokorlarga sarkor boʻldi. $$Namagan shahri$$da hozir ham eng yirik sanoat va madaniy-maishiy obyektlar boʻlib qolgan katta qurilishlar borki, hammasi usta [Madazim] nomi bilan bogʻliq.
Oʻgʻli [Abdurahim] akaning eslashicha, usta [Madazim] oʻttizinchi yillarning zarbdor quruvchisi boʻlgan. Ma’morchilikka yangi texnika va progressiv usullarni joriy etishda oʻsha davrning taniqli quruvchi injinerlari [Deyatov], [Beketov] va boshqalar bilan hamkorlik qilgan. Ulardan qurilishning yangi usullarini sabot bilan oʻrgangan. “Zarbdor yorligʻi” “Eng yaxshi zarbdorga” degan bir necha faxriy yorliqlar bilan taqdirlangan.
Bu zabardast quruvchi koʻplab shogirdlar tayyorlash bilan bir qatorda oʻz oʻgʻillari va nabiralarini ham shu sharafli kacbni egallshga undadi. Toʻrt oʻgʻilni quruvchi qilib yetishtirdi. Oʻgʻillari [Abdurauf] va [Abdugʻafur Sarkorov]lar Ulugʻ Vatan urushida qahramonlarcha halok boʻlishdi. Janglardan omon-eson qaytib kelgan [Usmonjon] aka esa ana shu kasbni davom ettirib, soʻngra pensiyaga chiqdi. Uning ishini esa oʻgʻli [Abduqahhor Sarkorov] davom ettirib kalyapti. Nabirasi [Adhamjon] ham hozir ana shu sharafli kasbni ulugʻlab mehnat qilmoqda.
[Madazim] otaning nabirasi [Olimjon Sarkorov] 112 mexanizatsiyalashgan koʻchma kolonda uchastka boshligʻi. Mehnatsevarligi, uddaburonligi, tufayli u boshliq uchastka hamisha ilgʻorlar qatoridan oʻrin olib kelyapti. Namangan shahrida eng ilgʻor qurilish uchastkasi boshligʻi mohir binokor sifatida tanilayotgan [Olimjon] shahrdagi eng yirik sanoat markazlari – shoyi gazlamalar hamda avrli gazlamalar kombinatlarining qurilishida fidokorlik namunalarini koʻrsatdi. Hozir u shahardagi qator yirik obyektlar qurilishida aktiv ishtirok etayotir. Oʻtgan yili u “Mehnatda oʻrnak koʻrsatgani uchun” medali bilan taqdirlandi. Usta [Madazim]ning [Nasriddin], [Valixon], [Mirzajon] ^^Manzura^^ kabi nevara va evaralariham oliy ma’lumotli quruvchi mutaxasis boʻlib yetishishdi.
Ha bu quruvchilar avlodining mehnat staji hzircha 37 yil. Avlodlar roʻyxati hali davom etadi.
Total words
888
Unique words
573
Annotated anthroponyms
53
Toponyms
14
TTR
0.645
Hapax
439
Distribution
Top frequency chart
Dataset