🔍

Article

HUQUQIY EKSPERTIZA VA QONUN HUJJATLARINI TURKUMLASH

By N. Muqimov, Viloyat adliya boshqarmasi … • in 2016

Mustaqillik yillarida huquq tizimini yaratish, qonunlar va qonunchilik texnikasini takomillashtirish maqsadida milliy parlament "Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi to‘g‘risida", "Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida", "Qonunlar loyihalarini tayyorlash va $$O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi$$ga kiritish tartibi to‘g‘risida"gi qonunlarni qabul qildi. Davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati tizimida huquqiy asoslar yanada mustahkamlanmoqda.

Viloyat adliya boshqarmasi huquqiy ekspertiza va qonun hujjatlarini turkumlash borasida qator ishlarni amalga oshirmoqda. Jumladan, boshqarmaga mahalliy davlat hokimiyati organlaridan tushgan 148 ta normativ-huquqiy hujjatlar loyihasidan 126 tasi huquqiy ekspertizadan o‘tkazildi va 22 ta loyiha belgilangan tartibda taqdim etilmagani sababli kamchiliklarni bartaraf etish uchun qaytarildi.

Adliya boshqarmasi hokimliklar qabul qilayotgan normativ tusdagi qaror loyihalarini ekspertiza qilishga, tadbirkorlik subyektlari rivojiga to‘siq bo‘layotgan korrupsiya, byurokratik va boshqa qonunga xilof harakatlarning oldini olishga alohida e’tibor qaratmoqda. Mahalliy davlat hokimiyati organlari qabul qilgan 73 ta qaror davlat hisobiga olingan va belgilangan tartibda rasmiy nashrlarda e’lon qilingan.

O‘zbekiston Respublikasining "Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida"gi va "Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida"gi qonunlari, adliya vazirining 2012 yil 14 fevraldagi "Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarida qonun hujjatlarining turkumlashtirilgan hisobini yuritish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida"gi buyrug‘i hamda boshqa qonun hujjatlari ijrosi boshqarmaning ish rejasiga muvofiq o‘rganilmoqda. Xususan, viloyat Yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasi va uning tizimidagi Chirchiq va Olmaliq shaharlari hamda Bo‘stonliq, Qibray, Parkent, Zangiota, Chinoz tumanlari “Yermulk kadastr” davlat korxonalarida qonun hujjatlarining turkumlashtirilgan hisobini yuritish hamda yuridik xizmat ko‘rsatishni tashkil etishda qonun hujjatlariga rioya qilish holati o‘rganildi va tashkilotga taqdimnoma kiritildi. Uning natijasi bo‘yicha viloyat Yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining 3 xodimiga hayfsan intizomiy jazosi qo‘llanilgan. Shuningdek, o‘rganish jarayonida ularga tegishli tushuntirish va takliflar berildi.

Boshqarma hamda tuman va shahar davlat notarial idoralari, FHDYO bo‘limi xodimlari malakasini oshirish maqsadida yangi qonunlar va ularga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar, Prezident farmonlari, qarorlari, hukumat qarorlari hamda adliya vaziri, shuningdek, boshqarma boshlig‘ining buyruq va farmoyishlari bilan tanishtirib borilmoqda. Joriy yilning o‘tgan davrida boshqarma tuman va shahar davlat notarial idoralari va FHDYO bo‘limlariga 750 ta qonun hujjatlari to‘plamlari yetkazib berildi.

Shu bilan birga "Ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi Qonunning mazmun-mohiyatini aholiga tushuntirish maqsadida seminar va davra suhbatlari o‘tkazilmoqda. Jumladan, shu yil 14 iyulda adliya boshqarmasida Adliya vazirining 2015 yil 10 iyundagi "O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 4 iyundagi 149-son “Davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari yuridik xizmatlari faoliyatining yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash haqida"gi buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida o‘quv-seminar o‘tkazilib, unda davlat boshqaruvi organlarining viloyat hududiy bo‘limlari, tuman va shahar hokimliklari, davlat korxona, muassasa va tashkilotlarining tashkiliy-nazorat guruhi rahbarlari (tuman, shahar hokimliklari), yuridik xizmat xodimlari hamda kadrlar bo‘limi boshliqlari ishtirok etdi.

Boshqarma 2014–2015 yillar davomida "Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida"gi Qonun talablariga qat’iy rioya qilish va yo‘l qo‘yilgan qonunbuzilishlarni bartaraf etish yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlariga 21 ta taqdimnoma va 60 ta yozma ko‘rsatmalar kiritdi. Taqdimnomalar natijasiga ko‘ra, mahalliy davlat hokimiyati organlarining 23 ta normativ qarori bekor qilindi. Qolaversa, qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha Adliya vazirligiga 28 ta taklif berildi.

Xulosa qilib aytganda, qonun hujjatlarini ekspertiza qilish, normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash, huquqiy ekspertizadan o‘tkazish, qabul qilish va e’lon qilish sohasidagi faoliyatni, shuningdek, qabul qilingan normativ xususiyatga ega qarorlarning qonuniyligini o‘rganish kabi qator masalalarda samaradorlikka erishilmoqda.

Total words

523

Unique words

302

Annotated anthroponyms

0

Toponyms

1

TTR

0.577

Hapax

213

Distribution

Top frequency chart

Dataset