Qoʻqqisdan boshlangan $$Ulugʻ Vatan urushi$$ chekka $$Navkent qishlogʻi$$ ahlini ham oyoqqa turgʻazdi. Kechqurun katta-yu kichik qishloqdagi qizil choyxonaga toʻplandi. $$Kolxoz raisi$$ [Toʻra Umarov] nemis-fashistlarning xiyonatkorona hujumi, urushning mohiyati haqida hayajon va iztiorb bilan soʻzlab, hammani jonajon Vatanini dushmandan xalos qilish uchun kurashga chaqirdi. Oʻsha vaqtda kolxozchilarning koʻpgina farzandlari, qarindosh-urugʻlari $$Ukraina$$ va $$Belorussiya$$da harbiy xizmatni oʻtamoqda edilar.
[Mamayoqub Xoliqov] oʻshanda harbiy xizmatni tamomlash arafasida edi. U tez orada jonajon qishlogʻiga qaytish, avvalgiday choʻponlik tayogʻini qoʻlga olib, kolxoz qoʻy qoʻzilarini boqish ishtiyoqida edi. Ammo, urush… U $$Belorussiya$$dagi “Iskra” partizanlar otryadida komandiri Vladimir Pavlovich Deryabin, shu otryad hamshirasi ^^Proskovya Petrovna Xovonskaya^^ bilan boʻlgan yozishuvlar, $$Belorussiya Kompartiyasi Markaziy Komiteti$$ huzuridagi partiya tarixi institui arxividan olingan koʻchirma ma’lumotlarda oʻz aksini topgan.
$$Belorussiya$$ oʻrmonlaridan birida dushmanning maxfiy konslageri joylashgan boʻlib unda sovet ofiserlari, jangchilari, [Borisovsk], [Smolensk], [Chervinskiy], $$Minsk rayonlari$$dan haydab kelingan tinch aholi tutqinlikda hayot kechirardi. Shunga koʻra oldinda konslagerni aniqlash, barbod qilish va tutqinlarni ozod qilishdan iborat jangovar vazifa turardi. Bu vazifani otryad komandiri [Deryabin Xoliqov], [Tyvkin], [Toshniyozov]larga topshirdi. Ular bu jangovar vazifani Sharaf bilan bajarisgdan tashqari, dushmanning 5 avtomashinasini, 100 dan ortiq soldatini gumdon qildilar, temir yoʻl va koʻprikni izdan chiqardilar, yuk ortilgan bir eshelonni portlatib yubordilar, shuningdek, birqancha qurol-yarogʻ va muhim hujjatlarni qoʻlga tushirdilar.
Total words
201
Unique words
178
Annotated anthroponyms
9
Toponyms
9
TTR
0.886
Hapax
159
Distribution
Top frequency chart
Dataset