7-8 yanvar kunlari $$Jeneva$$da $$SSSR tashqi ishlar ministri$$ [A.A. Gromiko] bilan $$AQSH davlat$$ sekretari [Sh. Shuls] oʻrtasida boʻlib oʻtadigan muzokaralar shu kunning asosiy mavzui boʻlib qolmoqda.
$$Sovet – Amerika muzokaralari$$ butun dunyoda katta qiziqish uygʻotishning taajjublanarli joyi yoʻq. Chunki xalqaro vaziyat koʻp jihatdan ana shu ikki buyuk davlat oʻrtasidagi munosabatlarning qay darajada boʻlishiga bogʻliqdir. Sovet Ittifoqi oʻz zimmasidagi mas’uliyatni yaxshi his etgan holda ikki buyuk davlat oʻertasidagi munosabatlarning normal holda boʻlishi uchun kurashmoqda.
Lekin, soʻnggi yillarda Sovet – Amerika munosabatlari ikki davlat noʻrtasida diplomatic aloqalar oʻrnatilganidan beri oʻtgan 50 yildan ortiq vaqt mobaynida oʻzining eng past nuqtasiga yetgan ekan, buning uchun butun mas’uliyat Sovet Ittifoqiga nisbatan dushmanlik siyosati oʻtkazib, uning nomiga tuxmatlar ygʻdirayotgan Vashingtonning hozirgi ma’muriyati zimmasiga tushadi.
Prezident [R. Reygan] boshliq ma’muriyat hokimiyat tepasiga kelganidan soʻng $$Sovet Amerika aloqlari$$ susayib ketdi. Masalan, 1984 yilga kelib, ikki tomonlama shartnomalrni amalga oshirishda ishtirok etayotgan $$Sovet va Amerika olimlari$$ning soni 1975 yildagiga nisbatan 7 baravar kamaydi. $$Amerika$$ning biznesmenlariga yaxshi ma’lum boʻlgan bir mavzu borki, u toʻgʻrida rasmiy Vashington gapirishni yoqtirmaydi. Bu – Qoʻshma Ittifoqi bilan munosabatni keskinlashtirishdan biznesmanlarning iqtisodiy zarar koʻrayotganligidir.
$$Sovet Ittifoqi$$ ikki davlat oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy, oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy va boshqa sohalardagi aloqalarga birinchi nacbatda tinchlik ishiga, yadro urushga va oʻzaro ishonchli vujudga keltirishga xizmat qiladigan omil deb qarab, ularni kengaytirish va mustahkamlashning tarafdoridir. Ammo qurollanishdan manfaatdor boʻlgan harbiy sanoat komplekis bilan harbiy sanoat kompleksi bilan bogʻliq hozirgi ma’muriyat tinchlik ishiga xizmat qiladigan Sovet – $$Amerika$$ aloqlarini kengaytirish yoʻlidan bormayapti. Oq uyning qurollanish poygasiga kuchaytirishdan koʻzlaytogan maqsadi, birinchidan, ikki davlat – $$AQSH$$ bilan $$SSSR$$, $$NATO$$ bilan $$Varshaav Shrtnomasi$$ davlatlari oʻrtasidagi harbiy sohada soʻnggi yillarda vujudga kelgan taxminiy tenglikni oʻz foydalariga oʻzgartirishga urinishdir. Harbiy ustinlik $$Vashington$$dagilarning fikricha. $$Sovet Ittifoqi$$ga oʻz shartlarini qabul qildirishga imkon berish kerak edi. Ikknchidan, Qoshma shtatlar katta mablagʻ talab etadigan qurollanish poygasiga sovet ekonomikasi bardosh berolmay michki iqtisodiy qiyinchiliklar paydo boʻladi, deb hayol qilgan edi. Lekin Vashingtondagilarning bu hayollari hayolligicha qoldi. $$Sovet Ittifoqi$$ oʻz ittifoqchilarining va doʻstlarining xavfsizligini ta’minlash yoʻlida $$AQSH$$ning qurollanish poygasiga javob tariqasida chora-tadbirlar koʻrishga majbur boʻldi. Natijada ikki Sistema davlatlari oʻrtasida harbiy sohadagi tenglik yana qayta tiklandi.
$$Sovet Ittifoqi$$ ekonomikasin holdan toydirish, ichki qiyinchilikar keltirib chiqarish maqsadida $$AQSH$$da avj oldirilgan qurollanish poygasi soʻnggi toʻrt yil hokimiyat tepasida president [R. Reygan] boshjliq ma’muriyat turgan yillarda mamlakartda ogʻir iqtisodiy ahvolda yashayotgan amerikaliklar soninig yanada koʻpayishiga olib keldi. Prezident [R.Reygan] ma’muriyati qurollanishga qoʻshimcha mablagʻlarni sotsial sohalar – maorif, sogʻliqni saqlash, keksalik boʻyicha beriladigan nafaqalarni qisqartirish yoʻli bilan oldi. Masalan, yoshlarga ish joylari tashkil etishga moʻljallangan programma 100 prosentga, jamoat transpotini rivojlantirish programmasi 96 prosentga qisqartirildi.
$$Sovet Ittifoqi$$ esa soʻnggi yil davomida mudofaa qudratini kerakli darajada saqlagan holda mehnatkashlar turmush darajasini mkoʻtarish bilan bogʻliq birorta programmani kechiktiirb amalga oshirgani yoki bekor qilgani yoʻq. Xalqaro vaziyat murakkabligicha qolayotgan hozirgi vaqtda partiya va hukumatimiz maktab islohoti oʻtkazilishiga 11 miliard soʻm ajratdi. Soʻnggi bir yarim yil mobaynida mamlakatimizda ba’zi mollar narxi tushirlidi, aholining bundan koʻradigan foydasi 9 milliard soʻmni tashkil etadi.
$$AQSH$$ prezidenti [R. Reygan]ning yadro va kosmik qurolarga taaluqli masalalarning butun kompleksi yuzasidan oʻzaro ma’qul bitimga erishish maqsadida muzokaralar boshlashga rozilik bildirishiga $$Amerika$$ ekonomikasida hukm surayotganqiyinchilikar sabab boʻlmoqda. Bundan tashqari, Amerika jamoatchiligining Vashington ma’muriyati Sovet Ittifoqi bilan munosabatlarni keskinlashtirishidan noroziligi koʻlamining niyohat darajada kengayishi, uning ittifoqchilarining ham Qo'shma Shtatlarning qurollanish poygasini kuchaytirish siyosatidan tashvish bildirishlari $$Vashington$$ni $$Sovet - Amerika muzokaralari$$ni oʻtkazishga majbur qildi.
Amerikalik siyosiy sharhlovchi [Robert Kayzer] “Vashington post” gazetasida yozganidek, tomonlar Jenevada muzokaralar olib boorish toʻgʻrisida kelishib oldilar. Endi shu muzokaralar stoli ustida qanday taklif va tashabbuslar paydo boʻladi? Bu birinchi navbatda Vashington ma’muriyati oldiga qoʻyilgan savoldir. Chunki $$Vashington$$ ma’muriyatining muzokaralarda tutadigan pozitsiyadihamon aniq emas. Gap muzokaralar olib borishga tayyorgarlikda emas, balki qaysi masalani muhokama qilish va bir bitimga kelishish ustida bormoqda.
Hozircha Vashington oʻz militaristic rejalarning birortasidan – kosmosni militarlashtirish, $$Gʻarbiy Yevropa$$da yangi yadro raketalarini joylashtirish rejalaridan qaytgani yoʻq. $$AQSH mudofaa ministri$$ [K. Uaynberger]ning aytishicha, $$Jeneva$$da boʻlib oʻtadigan $$Sovet Amerika Muzokaralari$$ qanday natija bilan tugashidan qat’iy nazar $$Qoʻshma Shtatlar$$ kosmosni militarlashtirish rejasini amalga oshirar ekan. Albatta, bu hol $$Sovet – Amerika muzokaralari$$ga katta umid bogʻlayotganlarni haqli ravishda tashvishlantirmoqda.
Gap shundaki, qurolsizlanishga erishish Pentagon va u bilan bogʻliq harbiy korporatsiyalar maqsadlariga mutlaqo ziddir. Bu doiralar qurollanish poygasining kuchaytirilishiga birinchi navbatda daromadlariga daromad qoʻshsh nuqtai nazaridan qarab kelmoqdalar. Zero, faqat oʻtgan yilning oʻzidagina Kaliforniya shtatidagi harbiy saonat korporatsiyalari Pentagon buyurtmalaridan 9 millard dollar sof foyda olganlar.
$$Sovet ittifoqi$$ $$Jeneva$$ muzokaralariga yadro urushi xavfini kamaytirish ishida muhim siljishga erishishga qat’iy ahd qilib bormoqda. $$KPSS Markaziy Komiteti Bosh sekretari$$, $$SSSR Oliy Soveti Prezidumi$$ning Raisi [K. U. Chernenko] qayd qilib oʻtganidek,” koʻp narsa $$Vashington$$dagilarining shu muzokaralarga vijdonan va amaliy yondashishlariga bogʻliq boʻladi”.
Total words
743
Unique words
517
Annotated anthroponyms
9
Toponyms
36
TTR
0.696
Hapax
409
Distribution
Top frequency chart
Dataset