🔍

Article

Haqiqatga aylangan afsona “Uchinchi blog yagona tarmoqqa ulandi”

By J. Xolqosimov, A. Umarov “Sovet … • in 1975

Qip-qizil yaydoq choʻl, tuproq changib yotibdi. Besh oʻn odim nari-berida qovjiragan yantoq shoxlari titraydi. $$Bekobod shamoli$$ goh bilqillab turgan tuproqni toʻzitsa, goh yantoq shoxlarini chirt uzib, osmonga irgʻitadi. Pastlikda sharaqlab oqqan $$Sirdaryo$$ bepoyon choʻlga naf keltirmaydi – $$Mirzachoʻl yerlari$$ suvga tashna boʻlib, lab yalab yotibdi.
Asrlarning yillar davomida $$Mirzachoʻl$$ shunday qolib keldi. Xalq bundan zorlanib afsonalar toʻqidi, [Farxodini] yaratdi. U ^^Shirinni^^ shartlarini bajo keltirish niyatida togʻqoʻpordi, choʻlga suv chiqarishga bel bogʻladi. Togʻ qoyalarini kesib kanal chiqarish choʻlni sugʻorish u vaqtlarda faqat orzugina edi. Xalq yaratgan ^^Shirin^^ va [Farxod] oʻz umidlariga yetolmadi, oʻsha zamon nayranglari qurboni boʻldi…. Shu ezgu afsona vajidan $$Bekobod$$dagi ikki qoya [Farxod] va ^^Shirin^^ nomi bilan yuritildi.
Ming yillar oʻtib, afsona haqiqatga aylana boshladi. [Farxod] va ^^Shirin^^ niyatlarini avaylab-saqlab yotganday unsiz qoʻshqoya bizning zamondoshlarimiz qudarti bilan oʻzlashtirildi. Murakkab ishlarni bartaraf etishga qodir kishilari suv chiqarish,mirzachoʻlni yashnatishga kirishib ketdilar.
…. [Farxod] qoyasidan turib $$Mirzachoʻl$$ga boqing-a $$Sirdaryo suvi$$ni yetaklab kelgan azamatlar qutratidan qadimiy choʻl yam-yashil vodiyga aylanib ketganligini zavq-shavq bilan tomosha qilasiz. Mevali va manzarali azim daraxtlar
shabadada ohista chayqaldi. Ulugʻvatan urushining daxshatli kunlarida xalq xashari bilan tiklangan $$[Farxod] GESi$$ shalolasiga mahliyo boʻlib, hayol surasiz. Axir shu suv-energetika inshootini 1943 yil qahraton qishida 70 ming quruvchi tiklab berdi. Xayolga ham sigʻdirib boʻlmas oz fursatda Sirdaryo boʻgʻildi. $$Mirzachoʻl$$ga jon kirdi choʻl suv oldi., nur oldi. Moʻl hosil ishqidagi dehqonning orzusi ushaldi. Choʻl boʻylab elektr tarmoqlari bunyod etildi. Endi ijodkor xalq soni-sanoqsiz elektr simlari goʻzal ^^Shirin^^ zulfining tolalari-yu sugʻorish kanallari pahlavon Farxod sirli kamonining oʻqi-yoyi degan yangi afsonalar yaratdi.
$$Mirzachoʻl$$da koʻrkam posyolkalar, obod shaharlar bunyod etildi. Ular elektr nuridan charogʻon. $$Sirdaryo$$ boʻgʻilgan joydagi shigʻillagan daraxtzor orasida energetiklar dargohi – $$[Farxod] posyolkasi$$ yarq etib koʻzga tashlanadi. GESdan qudrat olayotgan metallurgiya zavodi, sement kombinatining tafti shu yerdanoq sezilib turibdi. $$[Farxod] posyolkasi$$dan kun botar tarafga boraverishda Shirin shahri tashkil topdi.
$$^^Shirin^^ zamonaviy shahar$$. Oʻziga yarasha katta roʻzgʻori bor. Qariyib 20 ming kishi istiqomat qiladigan Shahar toʻkis uy-joy kvartallariga, bogʻcha-yaslilariga, maktablariga, savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shohobchalariga ega.
$$Sirdaryo GRESi$$ jahonda eng yirik issiqlik elektr stansiualaridan biri boʻladi. U toʻla qurilib boʻlgach, yiliga qariyib 30 milliard kilovat-soat elektr energiya hosil qiladi. $$Oʻrta Osiyo ekonomikasi$$ni yuksaltirishga xizmat etadigan ana shu energiya hozir $$Oʻzbekiston$$dagi barcha nurxonalarda butun yil davomida hosil qilinayotgan ortiqroqdir. $$Sirdaryo stansiyasi$$ nur hosil qila boshlaganiga ikki yildan sal oshdi. Shu muddat Ichida har biri 300 ming kilovatli ikkita energetika bloki foydalanishga topshirildi. Kecha stansiyada qoʻsh bayram nishonlandi: korxona harakatga kelganidan buyon 5 milliard kilovat-soat elektr energiya hosil qilindi. Buning ustiga stansiyaning uchunchi pahlavon energetika bloki sanoat toki bera boshladi va u $$Oʻrta Osiyo$$ yagona tarmogʻiga aylandi.
Shu tariqa beqiyos stansiyaning qudrati ortib bormoqda. Korxona Mirzachoʻlning [Farxod] qoyasiga yaqin qismida mamlakatimizning turli joylaridagi ishchi kollektivlarining yaqindan berayotgan doʻstona koʻmagi tufayli tez tiklanyapti. Korxona bosh injineri [Vladimir Ivanovich Nozdrachev] ta’kidlaydi:
Stansiyamizga kelgan mehmonlardan biri Sirdaryo GRESi Mirzachoʻl sanoatining guli deb atadi. Menga qolsa, korxonani mamlakatimiz xalqlari doʻstligining haykali degim keladi. Negaki, stansiyani barpo etishda mamlakatimizdagi oʻnlab korxonalarning ishchi kollektivlari munosib yordam koʻrsatmoqdalar.
Katta stansiya kuch yigʻyapti, qudrati ortib boryapti. Kechadan boshlab uning quvvati 900 ming kilovatt bilan oʻlchanmoqda. Uchinchi blok muddatidan ilgari foydalanishga topshirildi. Quruvchilar, montajchilar, uskunalarni sozlovchilar ahil boʻlib mardona mehnat qildilar.
Shunday qilib besh yillikda $$Sirdaryo GRESi$$ning plandan tashqari – uchunchi energetika bloki foydalanishga topshirildi. Turbinachi slesarlarning, yogʻlash moylash, vacuum sistemasini ishga tayyorlovchilarning mardona mehnati ajoyib samaralar berdi. Qariyib 200 metr balandlikdagi ikkita moʻri savlat toʻkib turibdi. [V. Yashin], [V. Shaxiyev] brigadalari monolit va yigʻma temir beton yotqizishda alohida jasorat koʻrsatdilar. GRESdan 500 ming volt kuchlanishli elektr liniyasi $$“Qoʻqon” podstansiyasi$$ga ulandi. Bu bilan Fargʻona vodiysida elektr energiyaga boʻlgan taqchilikka barham beriladi. Stansiyaga ochiq tipdagi taqsimlash qurilmalari barpo etildi. [V. Petrov] boshliq montajchilar liniyani stansiyaga tutashtirishni oʻn kundayoq bajarib qoʻydilar. [Sh. Sharafutdinov] brigadasi eng oxirgi ishlarni bajardi: qozonga suv beradigan nasosni montajlash qisqa muddatda ado etiladi. Turbinalar kasb egalarining qoʻlni-qoʻlga berib mehnat qilishi natijasida korxonaning uchinchi energetika bloki ham sanoat toki bera boshladi.
$$Oʻrta Osiyo energetika halqasi$$ning qudrati yana ham ortgani stansiya uchinchi mashina zali boshqaruv pultidagi raqamlar jilvasida aks etib turibdi. Bu vaqtda kech kirib, hamma yoqda Ilich nurlari porlay boshladi. [Farxod] GESi va Sirdaryo GRESi. Taqqoslash zavqli. Sirdaryo stansiyasi toʻla ishga tushgach, $$[Farxod] GESi$$dan 50 baravar koʻp energiya hosil qiladigan boʻladi Mana, [Farxod] posyolkasi va ^^Shirin^^ shahri yonma-yon qad rostladi. Goʻyo bir-biriga qoʻl berib turganday. Ularning taqdiri bir umrga bogʻlanganday.

Total words

703

Unique words

530

Annotated anthroponyms

24

Toponyms

23

TTR

0.754

Hapax

442

Distribution

Top frequency chart

Dataset