$$Keksa kommunistlar$$ bilan suhbatni oʻqib, a’nanaviy qoniqish hosil qildim. Huquq, burch, mas’uliyat tuygʻulari haqida aytilgan mulohazalar haqiqatan ham koʻpchilikning yuragiga yrtib borishi aniq. Nafsambirga har bir muhim masala xususida, tarbiyaviy ishimiz haqida umumiy mulohazardan koʻra konkret, aniq ish olib borishning ahamiyati katta. Davra suhbati materialini oʻqirkanman, koʻrgan-kechirgan ayrim voqealarim, hayotimizga soya tashlaydigan, kishilarning qalbida gʻashlik uygʻotadigan hodisalar koʻz oʻngimdan oʻtdi.
Yaqin doʻstimizning ukasi oliy oʻquv yurtiga kirish istagida edi. U bilan birga biz uchun notanish boʻlgan yana bir yigit kirish imtihonlari topshirdi. Albatta, institute eshigi tutqichidan ushlagan kishi puxta tayyorgarlik koʻrishi, oʻrta maktab programmaisni mukammal egallagan boʻlishi kerak. Ukamiz hamma imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirib, oʻqishga kirdi. Ammo, u bilan, birga yurgan haligi yigit oʻqishga ilinolmadi. Toʻgʻrirogʻi, imtihondan yiqildi. Ammo, keyinchalik biz qiziq xabar eshitdik. Oʻsha imtihondanyiqlgan yigit ham (1) institutga kiribdi. Hozir adashmasam, toʻrtinchi kursda, ukamiz bilan bir kursda oʻqiyotgan kean. Uzoq oʻylab oʻtirishning hojati yoʻq, albatta. Bu oʻrinda ham ^^Chinnixon Ibrohimova^^ aytganlardek, osha telefon qilish, pul qudrati, ba’zi kishilarning amal kuchi koʻzini koʻrsatgan. Kimdir oʻzining qobiliyati yetarli boʻlmaganfarzandini oʻqishga, joylash uchun yaxshi mutaxasis boʻlib yetishadigan oʻsmirning oʻrnini band qilgan. Bu tarbiya ishi boshida turgan ba’zi kishilarningoʻzi tarbiyaga muhtoj ekanligini koʻrsatmaydimi?
Partiya tashkilotlari oʻquv yurtlarida ishlovchi kommunistlar, boʻlgʻuvsi mutaxasislarni tarbiyalovchi oʻrtoqlarni ma’naviy soflik, burchga sadoqat ruhida tarbiyashlari kerak. Ularga partiyaviy burchni chuqur his etish ruhini singdirmay turib, bu muhim ishda biror bir oʻzgarsh yasah mumkin emas.
Ikkinchi bir masala ham koʻpdan meni oʻylantirib keladi. Bu – qiz chiqarish, kelin tushirish jarayonidagi dahmazalarga taaluqli. Oramizda hali hayot qadrini, jamiyat oldidag mas’uliyatni toʻla anglab yetmagas, endigina mustaqil haytoga qadam qoʻyayotgan kuyovlariga yengil mashinaning kalitini tutquzayotgan “mehribon” ota-onalar ham uchraydi. Bu ishlari bilan ular goʻzal hayotimizning qadr-qimmatini oyoq osti qilmayotirlarmi? Odatda bu toifadagi kishilarning koʻpchiligi ma’naviy qashshoqdirlar. Bordi-yu ulardan: “Shaxsiy kutubxonangizda qaysi yozuvchilarning asarlari koʻproq?” – deb soʻrasangiz yoki shanbaliklarda qanday qatnashganligi bilan qiziqsangiz, biror-bir joʻyali javob olomaysiz. Bizning turmush tarzimizga xos boʻlgan koʻpgina yangi an’analarga ular deyarli rioya qilishmaydi. Koʻpincha oʻz farzandlarini yoshlikdan mehnatga oʻrgatmaydilar. Yengil yelpi hayot kechirish yoʻliga oʻtib olgan takasaltanglar koʻpayayotganligining sabablaridan bir ham shu emasmi? Partiya, Komsomol tashkilotlari bur borada izchil, qizgʻin, eng muhimi, kun sayin ish olib bormoqlari lozim.
$$Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti$$ning XVI va XVII plenumnlaridan keyin kadrlarning topshirilgan ishining pirovard natijasi uchun mas’uliyatini oshirish borasida koʻp ish olib borilmoqda. Partiya tashkilotlari [lenincha] sogʻlom, prinsipial tanqid va oʻz-oʻzini tanqidni kuchaytirib, ishdagi, turmushdagi salbiy holatlarni tamomila bartaraf etish choralarini koʻra boshladilar.
$$Sovet kishisi$$ning ma’naviy dunyosi gʻoyat goʻzaldir. Turmushimizdan bunga juda koʻp misllar keltirish mumkin. Lekin mas’uliyat unutilgan joyda, burch haqida shunchaki gap yuritilgan joyda, loqaydlik hamkuchayadi, ishdagi salbiy holatlar avj oladi. Aks holda sotsialistik turmush qonun-qoidalarini buzib, jinoyat yoʻliga kirgan, partiya safidan oʻchirilib ketgan ayrim shaxslar yana rahbarlik lavozimlariga oʻtirib qolganliklarini qanday baholash mumkin? Partiya organlari xuddi mana shu oʻrinda prinsipial yoʻl tutmoqlari, har bir kommunistning partiya oldidagi mas’uliyatini kuchaytirmoqlari lozim deb oʻylayman. Partiya saflarining sofligi bizning muqaddas shiorimiz boʻlib kelgan va shunday boʻlib qolishi kerak.
$$KPSS Ustavi$$ talablari biror-bir tarzda buzilishiga loqaydlik bilan qarash partiya oldida kuda katta jinoyat deb hisoblanmogʻI darkor. Zero, loqaydlik hech qachon yaxshilikka olib bormaydi. Uning oqibatlarini hali hozirgacha koʻrib turibmiz. Binobarin, hayotda hamisha aktiv, partiyaviy pozitsiyada turaylik, also loqay boʻlmaylik.
Total words
516
Unique words
413
Annotated anthroponyms
2
Toponyms
4
TTR
0.800
Hapax
350
Distribution
Top frequency chart
Dataset