🔍

Article

IJROKOM FERMAGA KELDI

By A. Niyozov. “Sovet Oʻzbekistoni” muxbiri • in 1985

$$“Pravda” nomli kolxoz$$ $$Tergachi qishloq Soveti$$dagi yirik xoʻjalik. Bu yerda paxtachilik bilan birga chorvachilikni intensive rivojlantirishga ham katta ahamiyat berilmoqda. Mana, qishning qahrli, saryogʻin kunlari boshlanib, chorvadorlar qishlov deb atalmish muhim imtihondan oʻtmoqdalar. Qishloq soveti Soveti navbatdagi yigʻilishni qishlov qanday oʻtayotganligiga bagʻishladi. Ijrokom yigʻilishni oʻtkazish uchun qishloq Sovetining a’zolari va kolxoz chorvadorlari fermaga toʻplandilar.
- Qishlovga har doimgidan ham puxta hozirlik koʻrgan edik, - deya gap boshladi bosh zootexnik [Umar Akbarov] hisob berar ekan.
- Koʻzlanganidan ancha koʻp miqdorda dagʻal xashak, silos, lavlagi kabi
ozuqa jamgʻarildi. Hisob-kitoblarga koʻra, u may oyining birinchi yarmiga qadar yetishi kerak. Shunday boʻlsa-da yem-xashakni tejab-tergab ishlatyapmiz. Ozuqa mollarga bulgʻulatib berilyapti. Har kuni atala berishni ham kanda qilmayapmiz. $$Qishlov$$ paytida ham sigirlarning mahsuldorligini oshirishga erishilmoqda. Sutdagi moy miqdori normadagi 3.7 protsent oʻrniga 4.2 prosentni tashkil qilyapti. Goʻsht yetishtirish planini bozordan mol sotib olmay bajardik.
Shunday boʻlsa-da oʻtgan yilgiga qaraganda goʻsht yetishtirishda 12 protsent, sut boʻyicha 8 prosent oʻsishga muvaffaq boʻlindi. Buzoq olish plani ham oshirib bajarildi. $$Kosonsoy rayon Soveti$$ning deputati ^^Maxbuba Rahmatullayeva^^, qishloq Sovetining deputati ^^Oynisa Otamirzayeva^^, ^^Matluba Hamidova^^ kabi sogʻuvchilar, [Bahodir Maqsudov], [Abdugʻaffor Joʻrayev] singari molboqarlar yaxshi ishlab, mehnatda oʻrnak koʻrsatdilar.

Total words

183

Unique words

161

Annotated anthroponyms

6

Toponyms

4

TTR

0.880

Hapax

146

Distribution

Top frequency chart

Dataset