$$Respublika Vazirlar Mahkamasi$$ning 2011-yil 18-noyabrdagi "Har yili yong‘in xavfsizligi oyligini o‘tkazish to‘g‘risida"gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 25-noyabrdan 25-dekabrgacha o‘tkazilayotgan "Yong‘in xavfsizligi oyligi" davomida $$Chirchiq shahar yong‘in xavfsizligi bo‘linmasi$$, uning yirik korxonalarni yong‘inlardan muhofaza etuvchi 3-harbiylashtirilgan otryadi shaxsiy tarkibi xalq xo‘jaligi obyektlari va aholi turar joylarida yong‘inlarning oldini olishga qaratilgan choralarni yanada kuchaytirdi.
Jumladan, o‘ta muhim toifalangan obyektlar qatoriga kiruvchi "Maksam-Chirchiq" ochiq aksiyadorlik jamiyati va uning tasarrufidagi korxonalarda ishchi-xizmatchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, qishki mavsumda yoritish va isitish manbalaridan noto‘g‘ri foydalanish, nosoz elektr va gaz moslamalarini ishlatish oqibatida yong‘inlar kelib chiqishi mumkinligi, ularning oldini olish uchun nimalarga e’tibor qaratish lozimligi haqida tushunchalar berildi.
Ishchilarga yo‘riqnomalar tarqatish bilan birga, ish joylari yong‘in-texnik qoida talablariga javob berishi lozimligi haqida ham suhbatlar, yong‘in paytida odamlar va qimmatbaho mol-mulkni qutqarishga oid ko‘rgazmali mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Oyliq tadbirlari paytida aniqlangan 80 dan ortiq qoida buzarlarga jarimalar solindi.
"Maksam-Chirchiq" korxonalarida olib borilgan tadbirlar natijasida shahardagi birorta korxona va muassasada yong‘inga yo‘l qo‘yilmadi. Qismlar xodimlari shahar yong‘in xavfsizligi bo‘limi xodimlari bilan birga shahardagi 44 ta mahalla va ko‘p qavatli uylarida ham yong‘inlarni oldini olish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazishdi. O‘n mingdan ortiq aholi turarjoylarining yong‘inga qarshi holati tekshirildi, qo‘lbola isitish va yoritish moslamalaridan foydalanish holatlari bo‘yicha bayonnomalar tuzilib, choralar ko‘rildi.
Oylik tadbirlarida fuqarolar faol ishtirok etgani bois hududlarda yong‘in ro‘y bermadi. Tadbirlarda ^^"Gulzor",^^ "[Umid",] "Quyosh", "Hamkor" va [Mirzo] [G‘olib] mahallalari jamoalari faol ishtirok etib, xonadonlarda yong‘inga olib keluvchi holatlarni bartaraf etishda soha mutaxassislariga amaliy yordam berdi. Ular yordami bilan 1700 tadan ortiq nosoz elektr qurilmalari manbadan uzib qo‘yildi, yong‘in xavfsizligi qoidalarini bajarmagan kishilarga nisbatan ma’muriy choralar ko‘rildi.
Masalan, shahardagi "^^Yulduz^^" (bu mahallada 6 ta yong‘in sodir bo‘lgan), "Muruvvat" (4 ta yong‘in ro‘y bergan), "[Navro‘z]" (6 ta yong‘in qayd etildi) mahallalari, "Kommunal-servis" uy-joy mulkdorlar shirkati, "Kommunalchi", "Ishonch", "Quvvat", "Tezkor" kabi firmalarda, shuningdek shaharning sog‘liqni saqlash bo‘limi tasarrufidagi bolalar va katta yoshdagilar shifoxonalarida o‘tkazilgan reydda bu mahalla, shirkati va firmalarda yong‘in xavfsizligi qoidalariga to‘la amal qilinmayotgani, "Yong‘in xavfsizligi oyligi" tadbiriga loqayd munosabatda bo‘linayotgani ma’lum bo‘ldi. Binolarni yoritish va isitish tarmoqlari yong‘in xavfsizligi qoidalari talablariga javob bermayotgani tufayli shahar hokimligiga axborotnomalar tayyorlandi.
Mahallalarda fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan hamkorlikda yong‘inni o‘chirishga oid amaliy taktik mashqlar ham o‘tkazildi. Shu bilan birga, maktablarda, kollej va litseylarida o‘quvchi-talabalar ishtirokida o‘tkazilgan yong‘in o‘chirish amaliy o‘quv-taktik mashqlarida texnika vositalaridan foydalanilganligi yaxshi samara berdi.
"Maksam-Chirchiq", "O‘zbekkimyo-mash" OAJ korxonalari rahbariyatining yordami bilan shahardagi 14-Mehribonlik uyiga 6 million so‘mlik yong‘indan avtomatik tarzda xabar berish moslamalari va uskunalari olib berildi. Shifoxonalarning aksariyat qismi birlamchi yong‘in o‘chirish vositalari bilan ta’minlandi.
Amalga oshirilgan tadbirlar natijasida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan Chirchiqda yong‘in sodir bo‘lishi kamayishiga erishildi.