1985 yil 24 fevral kuni xalqimiz oʻn birinchi chaqiqirq $$Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti$$ga va oʻn sakkizinchi chaqiriq $$Oʻzbekiston SSR xalq deputatlari$$ $$mahalliy Sovetlar$$ga oʻz vakillarini saylaydilar. Mamlakatimiz hayotidagi ana shu muhim ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga molik bu saylovlarga respublikamizda gʻoyat keng va katta tayyorgarlik koʻrilmoqda.
Respublikamizning Asosiy Qonuni – $$Oʻzbekiston SSR Konstitutsiyasi$$ning birinchi moddasida: $$“Oʻzbekiston Sovet Sotsialsitik Respublikasi$$ ishchilari, dehqonlari va ziyolilarining, barcha millatlari va elatlari mehnatkashlarining iroda va manfaatlarini ifodalovchi sotsialsitik umumxalq davlatidir”, - deb yozilgan. Uning ikkinchi moddasida esa: $$“Oʻzbekiston SSR$$da butun hokimiyat xalqnikidir.
Xalq davlat hokimiyatini $$Oʻzbekiston SSR$$ning siyosiy negizini tashkil etgan xalq deputatlari Sovetlari orqali amalga oshiradi.
Davlatning boshqa hamma organlari xalq deputatlari Sovetlari nazorati ostida ishlaydi va ularga hisob berib turadi”, - deyilgan.
Hozirgi vaqtda respublikamizda $$Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti$$, $$Qoraqalpogʻiston Avtonom Respublikasi Oliy Soveti$$ hamda $$Oʻzbekiston SSR xalq deputatlari mahalliy Sovetlari$$dan, ya’ni xalq dputatlari oblast, rayon, Shahar, posyolka, qishloq va ovul Sovetlaridan iborat 1605 ta Sovetlar mavjud boʻlib, ularda 103 mingta yaqin xalq vakillari ish olibbormoqdalar.
Har bir davlat hokimiyat organining xarakteri, mohiyati koʻp jihatdan uning saylanish tartibiga bogʻliqdir.
$$Sovet saylov sistemasi$$, ya’ni xalq deputatlari Sovetlariga oʻtkaziladigan saylov tartibi haqiqiy, chinakam va eng demokratik [rinsiplarga asoslangan. Bu prinsiplar eng avvalo mamlakatimizning Asosiy Qonuni – $$SSSRKonstitutsiyasi$$ning “Saylov sistemasi” deb nomlangan maxsus bobida mustahkamlab qoʻyilgan Unda xalq deputatlari Sovetlariga deputatlar qanday qilib, qay tarzda, kimlar tomonidan va kimlardan saylanishi ravshan belgilab berilgan. Bu tartib va qoidalar har bir ittifoqchi va avtonom respublikalarning konstitutsiyalarida va shuningdekm xalq deputatlari Sovetlariga sayloivlar oʻtkazish tartibini belgilab beruvchi SSSR hamda ittifoqdosh va avtonom respublikalarning maxsusu qonunlarida keng va batafsil bayon etilgan. Amaslan, bizning $$Oʻzbekiston SSR xalq deputatlari$$ Sovetlariga oʻtkaziladigan saylovlar tartibi respublikamiz Konstitutsiyasida hamda $$“Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti$$ga saylov toʻgʻrisida”gi va $$“Oʻzbekiston SSR xalq deputatlari mahaliy Sovetlari$$ga saylov toʻgʻrisida”gi Qonunlarda mufassil bayon qilingan.
Shuni ham aytish kerakki, saylovga tayyorgarlik ishlari bilan bogʻliq ba’zi masalalar an’anaga koʻra huquqiy normalalr bilnagina emas, balki mehnatkashlarining jamoat tashkilotlari tomonidan tajriba asosiada ishlab chiqilib, jamoatchilik fikri bilan ma’qullangan va hayotda sanalgan odatlar bilan ham tartibga solinadi.
Xulosa qilib aytganda sovet saylov sistemasi qonunlarda belgilangan prinsiplar, normalar va tartublar yigʻindisidan, shuningdek, sotsialsitik jamiyatimkiz a’zolari tomonidan ma’qullangan tashkiliy odatlardan iboratdir.
Bu tartibning asosiy xususiyati eng avvalo shundan iboratki, xalq deputatlari Sovetlari yuqoridan pastgacha, aya’ni $$SSSR Oliy Soveti$$dan tortib qishloq va ovul
Sovetlarigacha bevosita xalq tomonidan, xalqning oʻz vakillaridan, uning xohishini erkin ifodalanishini ta’minlovchi usulda saylanadi. Saylovlarni xalqning oʻzi uyushtiradi, davlat esa tartib hamda normalarni belgilash, oʻz ixtiyoridagi barcha vositalarni xlq ixtiyoriga berib qoʻyish, saylov bilan bogʻliq xarajatlarni oʻz hisobiga olish bilan koʻmaklashadi.
$$SSSR Konstitutsiyasi$$da, ittifoqdosh va avtonom respublikalar konstitusiyalarida va Sovetlarga saylov toʻgʻrisidagi qonunlarda belgilangandek, mamlakatimizda xalq deputatlarining barcha Sovetlariga deputatlar saylash umumiy, teng, va toʻppa-toʻgʻri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yoʻli bilan oʻtkaziladi. Sovet saylov sistemasining eng asosiy prinsiplari ana shulardan iborat.
Deputatlar saylash nima uchun umumiy deyiladi? Chunki, saylov kunigacha yoki saylov kuni 18 yoshga toʻlganlardan tortib SSSRning barcha grajdanlari (aqldan ozganligi qonunda belgilangan tartibda aniqlangan kishilar bu hisobga kirmaydi) kelib chiqishi, sotsila va mulkiy ahvoli, irqi va millati, jinsi, ma’lumoti, tili, dinga munosabati, ma’lum bir joyda qamcha vaqtdan beri yashayotganligi, mashgʻulotimning turi va xususiyatidan qat’iy nazar, Sovetlarga deputatlar saylash va $$SSSR Oliy Soveti$$dan boshqa hamma Sovetlarga deputat boʻlib saylanish huqulariga egadirlar. $$SSR Oliy Soveti$$ga esa 21 yoshga yetgan $$SSSR grajdanlari$$ saylanishi mumkin.
Darvoqea, bu yerda shuni ta’kidlab oʻtmoq zarurki, $$SSSRning hozirgi Konstitutsiyasi$$ qabul qilingunga qadar, ya’ni 1977 yilga qadar ittifoqdosh va avtonom respublikalalr Oliy Sovetlariga 21 yoshga toʻlganlar, $$SSSR Oliy Soveti$$ga esa 23 yoshga toʻlganlar deputatlikka saylanish huquqiga ega edilar. Endiliklar, yuqorida aytganimizdek, ittifoqdosh va avtonom respublikalalr $$Oliy Sovetlari$$ga deputat qilib Yoshi 18 ga toʻlganlar, $$SSSR Oliy Soveti$$ga esa 21 yoshga toʻlganlar saylanishi mumkin. Bu $$Kommunistik partiya$$ va $$Sovet hukumati$$ning kommunistsiz quruvchi yosh avlodga nisbattan gʻamxoʻrligi va ishonchi yanada ortganligining timsolidir.
Bu huquqlar faqat qogʻozdagina emas, balki amalda joriy qilingan. Bunga misol sifatida juda koʻplab faktlar keltirishimiz mumkin. Masalan, 1982 yil 20 iyunda $$Oʻzbekiston SSR xalq deputatlari mahalliy Sovetlari$$ga saylangan 102 ming 699 deputatdan 35 ming 702 kishi Yoshi 30 gacha boʻlgan grajdanlardir.
$$Kapitalistik mamlakat$$larda ahvol tamomila boshqacha. Bu davlatlarning birontasida bunday umumiy saylov huquqi yoʻq. Ularda saylovlar umumiy deb jar solinsa-da, amalda, turli toʻsiqlar, senzlar belgilanib, qanchadan qancha grajdanlar, ayniqsa yoshlar saylov huquqidan mahrum etiladi va saylovlarda qatnashmaydi. Masalan, $$Amerika Qoʻshma Shtatlari$$ning kostitutsiyasiga binoan Kongress palatalari vakili qilib Yoshi 25 ga yetgan amerikalik, senatorlikka esa Yoshi 30 dan kamboʻlmagan amerikalik saylanadi. Shu boisdan bu mamlakatda yoshlarning keng qatlami saylovlarda qatnasha olmaydilar.
Koʻpchilik kapitalistik mamlakatlarda oʻrtoqlik senzi mavjud, ya’ni saylash huquqidan foydalanishi uchun saylovchi oʻzi ovoz beeradigan joyda ma’lum vaqtdan beri (bir yil, ikki yil) yashayotgan boʻlishi shart. Ishsizlikdan ish qidirib yashash joyini tez-tez oʻzgartitib turuvchi koʻplab kambagʻal grajdanlar ana shu oʻrtoqlik senzi tufayli saylovlarda qatnasha olmaydilar.
$$Kapitalistik davlatlar$$da ma’lumot (oʻqitish va yozishni bilish) senzi ham mavjud. Shuning uchun qanchadan-qancha grajdanlr savodsizlgi tufayli saylovlarda ishtirok etmaydilar. Mashgʻulotning turi va xarakteriga qarab ham koʻpgina kishilar saylash huquqidan mahrum etiladi.
$$Sovetlar mamlakati$$da saylovlarning umumiyligini ta’minlash va saylov yoshidagi barcha grajdanlarga saylovlarda qatnashish imkoniyatini yaratish uchun turli tadbiriy choralar koʻriladi. Masalan, 18 yoshga toʻlgan grajdanlardan tortib barcha sovet grajdanlari saylovchilar roʻyxatiga kiritiladi. Paroxodlar, vokzallarda, aeroportlar, sanatoriylar, dam olish uylari, kasalxonalar, tugʻruqxonalar, ekspeditsiyalarda ham saylov uchastkalalri tuziladi. Kasalligi va qariligi tufayli saylov uchastkasiga kelolmaydigan saylovchilarga transport vositalari ajratib qoʻyiladi.
Sovet saylov sistemasining demokratik prinsiplaridan yana bir – saylovlarning tengligidir. Har bir saylovchi bir ovozga ega, ya’ni ayni Sovetga oʻtkazilayotgan saylovda u faqat bir marotaba ovoz berishi mumkin, u saylovchilar roʻyxatiga ham faqat bir yerda kiritiladi, xolos.
Saylov toʻgʻrisidagi qonunlarimizga koʻra bir ittifoqdosh respublikaning grajdanlari boshqa ittifoqdosh Respublika territoriyasida saylov huquqlaridan shu Respublika grajdanlari bilan teppa-teng foydalanadilar.
Teng saylov huquqi yana shu bilan ta’minlanadiki , xalq deputatlarining barcha Sovetlariga deputatlar saylash aholi soni jihatidan bir-biriga teng boʻlgan saylov okruglari boʻyicha oʻtkaziladi.
Har bir saylov okrugidan tegishli Sovetga bir deputat saylanadi, hamma deputatlarning vakolatlaari, huquq hamda vazifalalri tengdir. Har bir saylovchi oʻz deputati orqali Sovetlar ishiga bir xil ta’sir koʻrsatadi.
Sovet saylov sistemasining demokratik prinsiplaridan yana biri- barcha Sovetlarga saylovchilarning toʻppa-toʻgʻriligidir. Bu shuni bildiradiki, barcha Sovetlarga ya’ni qishloq va ovul Sovetidan boshlab to $$SSSR Oliy Soveti$$gacha deputatlar toʻgʻridan-toʻgʻri bevosita saylovchilar tomonidan saylanadi.
Bu prinsipning demokratik xususiyati shundan iboratki, saylovchilar kimni saylayotganligini, kimdan hisobot talab qilishini, kimga murojaat etishini aniq bilib oladilar. Saylovlarning bevositaligi deputat bilan saylovchilar aloqasini mustahkamlaydi va deputatning faoliyatini saylovchilar nazorat qilib turishiga imkon yaratadi. Bu esa oʻz navbatida deputatning saylovchilar oldidagi ma’suliyatini oshiradi.
Deputatlar oʻz saylovchilari bilan, uchrashib turadilar, ularga oʻzlarining deputatlik faoliyati haqida, oʻzi saylangan Sovetning ishi haqida hisobot berib turadilar, saylovchilarning arizasi va shikoyatlarini ko‘radilar, ularning taklif va mulohazalarini tegishli davlat organlariga yetkazadilar va hal etilishini ta’minlaydilar.
Saylovlar toʻgʻrisidagi qonunlarga asosan, deputatlar Sovetlarga yashirin ovoz berish yoʻli bilan saylanadi, har bir saylovchi oʻz hohishi va irodasini boshqalarning ta’sirisiz erkin ifoda etadi. Asosiy Qonunimizga koʻra saylovchilarning oʻz istaklarini erkin ifoda etishini nazorat qilishga yoʻl qoʻyilmaydi. Ovoz berishning yashirinligini ta’minlash maqsadida saylov uchastkalarida saylov byulletenlarini toʻldirish uchun maxsus xonalar ajratiladi.
Saylovlarning umumiyligi barcha sovet grajdanlarning saylanish va saylash huqulari tengligi saylovlarning toʻppa-toʻgʻriligi saylovchilar roʻyxatining koʻrinadigan joyga osib qoʻyilishi saylovlarda barcha saylov yoshidagi grajdanlarning qatnashishiga va oʻz xohishlarini erkin izhor etishlariga keng sharoit yaratadi.
$$SSSR grajdanlari$$ga oʻz saylov huquqlaridan toʻla foydalansihlari uchun barcha imkoniyatlar yaratiladi. Saylovlarni oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar: mablagʻ, qogʻoz, va boshqalar davlat hisobidan boʻladi. Saylovlarni oʻtkzaish uchun mehnatkashlaarga va ularning jamoat tashkilotlariga jamoat binolari, bosmaxonalalr, transport va aloqa vositalari berib qoʻyiladi.
Mamlakatimozda Sovetlarga boʻladigan har bir saylov umumxalq bayramiga, sovet xalqining birdamlik bayramiga, partiya va xalqimizning birligi namoyishga, sovet demokratiyasi tantanasi bayranmga aylanib ketadi.
Total words
1,221
Unique words
668
Annotated anthroponyms
0
Toponyms
33
TTR
0.547
Hapax
477
Distribution
Top frequency chart
Dataset